Mavzu: Operatsion tizim rivojlanish bosqichlari va sinflari


Kompyuter hotirasini fizik tuzilishi (tashkil etilishi)


Download 470.62 Kb.
bet24/53
Sana22.12.2022
Hajmi470.62 Kb.
#1041046
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53
Bog'liq
Mavzu Operatsion tizim rivojlanish bosqichlari va sinflari

Kompyuter hotirasini fizik tuzilishi (tashkil etilishi)

Kompyuterning hotira qurilmasi ikki hil turga: asosiy (bosh hotira, tezkor hotira, fizik hotira) va ikkilamchi (ichki hotira) hotiraga bo`linadi.


Asosiy hotira bir baytli tartiblangan yacheyka massiviga ega bo`lib, har bir yacheyka o`zining adresiga (nomeriga) ega. Protsessor buyruqlarni asosiy hotiradan oladi, qayta ishlaydi va bajaradi. Buyruqlarni bajarishda asosiy hotiraning bir nechta yacheykalariga murojaat qilishga to`g`ri keladi. Odatda asosiy hotira yarim o`tkazgichli texnologiya asosida tayyorlanadi shuning uchun hotiradagi ma’lumotlar elektr manbasidan uzilgandan so`ng o`chib ketadi.
Ikkilamchi hotira (bu asosan disklardir) bu chiziqli birlik adresga ega bo`lgan joy va ularni ketma-ket joylashgan baytlar tashkil qiladi. Ikkilamchi hotiraning tezkor hotiradan farqi shundaki, u alohida energiyaga, katta hajmga, va samarali foydalanish imkoniyatiga ega.
2.4 rasmdagi ko`rsatilgan sxemaga yana bir nechta oraliq satxlarni qo`shish mumkin. Xar xil ko`rinishdagi hotiralar iyerarxiyaga, murojaat vaqti kamayib borishi, narxini oshishi va sig`imi oshishi tarzida birlashishi mumkin.

2.4. rasm. Xotira iyerarxiyasi.
Ko`pbosqichli sxemalar kuyidagicha ishlatiladi. Malumotlar odatda xotiraning yuqori satxlaridan qidiriladi, agar u yerdan topilmasa, malumotlar katta nomerli satxlarda ham saqlanadi. Shuning uchun, u keyingi satxdan qidira boshlaydi. Agar kerakli ma’lumotni topsa, uni yuqoriroq satxga o`tkazadi.


Maxalliylik (lokallilik)
Ma’lum bo`lishicha, bu usulda boshqarishni tashkil etish xotira satxlariga kirishni va aloqa chastotasini kamaytiradi.
Bu yerda muxim rolni,chegaralangan vaqt davomida, xotira adreslarining kichik bo`lagi bilan ishlash xossasi o`ynaydi. Bu empirik jixatdan kuzatiladigan xossa lokallilik prinsipi yoki murojaatlarni lokallashtirish deyiladi.
Protsessor KEShi, qurilmalarning bir qismi hisoblanadi, shuning uchun OTning hotira menejeri, asosan ma’lumotlarni kompyuterning asosiy va ichki hotira qismiga taqsimlash bilan shug`ullanadi. Bazi sxemalarda tezkor va ichki hotira o`rtasidagi oqimni dasturchi boshqaradi. Ammo bu bog`lanish dasturchi vaqtini yo`qotadi, shu sababli bu ishni OT ga yuklashga harakat qilinadi.
Fizik xotirada malumotlarni real joylashishini kursatuvchi asosiy xotiradagi adreslar- fizik adreslar deb ataladi. Dastur ishlaydigan fizik adreslar to`plami, fizik adreslar maydoni deb ataladi.



Download 470.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling