Mavzu: Operatsion tizim rivojlanish bosqichlari va sinflari


Qatiy belgilangan(fiksirlangan) bo`limli sxemalar


Download 470.62 Kb.
bet27/53
Sana22.12.2022
Hajmi470.62 Kb.
#1041046
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   53
Bog'liq
Mavzu Operatsion tizim rivojlanish bosqichlari va sinflari

Qatiy belgilangan(fiksirlangan) bo`limli sxemalar
Tezkor hotirani boshqarishning eng oddiy yo`li uni oldindan(generatsiya bosqichida yoki tizim yuklanishi vaqtida) bir qancha qatiy belgilangan ulchamdagi bo`limlarga bo`lishdan iboratdir.
Kelib tushayotgan jarayonlar u yoki bu bo`limga joylashtiriladi. Shu sababli fizik adreslar maydonining shartli bo`linishi yuzaga keladi.
Jarayonning mantiqiy va fizik adreslari bog`lanishi uni aniq bir bo`limga yuklash vaqtida yoki bazan kompilatsiya vaqtida yuzaga keladi.
Har bir bo`lim o`zining jarayonlar navbatiga ega, yoki hamma bo`limlar uchun jarayonlar global navbati mavjud bo`lishi mumkin.
Bu sxema IBM OS/360 (MFT), DES RSX-11 va shunga yaqin boshqa sistemalarda qo`llanilgan.
Hotirani boshqarish tizimi jarayonni xajmini baholaydi, unga mos keluvchi bo`limni tanlaydi, jarayonni bu bo`limga yuklaydi va adreslarni sozlaydi.
2.6. rasmda fiksirlangan bo`limli sxemalar ko`rsatilgan:(a) navbati umumiy bo`lgan jarayonlar,(b)-aloxida navbatli jarayonlar
Bu sxemaning kamchiligi ko`rinib turibdiki, bir vaqtda bajariladigan jarayonlar soni bo`limlar soni bilan cheklangan. Boshqa muhim kamchiligi shundan iboratki,taklif qilinayapgan sxema, ichki fragmentlashdan, yani jarayonga ajratilgan, ammo ishlatilmagan xotira qismini yo`qotish bilan qattiq zararlanadi. Fragmentatsiya, jarayon o`ziga ajratilgan bo`limni to`liq band qilmasligi yoki bazi bo`limlar, bajariladigan foydalanuvchi dasturlari uchun kichik bo`lganligidan kelib chiqadi.

2.6.rasm. Overleyli(qoplangan )tuzilish.
Jarayon mantiqiy adreslar maydoni hajmi, unga ajratilgan bo`lim hajmidan katta (yoki eng katta hajmdan ham katta) bo`lgan holatlarda, bazan overley nomli yoki qoplanadigan tuzilishli tashkil etadigan texnikadan foydalaniladi.
Asosiy g`oya – faqat ayni vaqtda kerak bo`lgan dastur ko`rsatmalarini hotirada saqlab turishdir.
Overlay tuzilish dasturining kodining diskda aniq hotira ko`rinishida bo`ladi va overley kerakli vaqtda uni drayver orqali o`qib ishlatadi. Overley strukturaning tavsifini yozish uchun odatda maxsus sodda (overley description language) tildan foydalaniladi. Dasturda ishlatiladigan hamma fayllar dasturning ichki chaqiriqlariga daraxt ko`rinishdagi fayl yordamida to`ldiriladi.

Shuni nazarda tutish kerakki,overleyli strukturani tashkil etish ko`p jixatdan lokallilik xossasiga bog`liqdir, bu esa o`z navbatida xotirada ayni vaqtda faqat kerak malumotlarni saqlash imkonini beradi.





Download 470.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling