Mavzu: Operatsion tizim rivojlanish bosqichlari va sinflari
Download 470.62 Kb.
|
Mavzu Operatsion tizim rivojlanish bosqichlari va sinflari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.5.rasm. Jarayon segmentlarining kompyuter xotirasida joylashishi.
Mantikiy(logik) hotira.
Xotirani, yacheykalar chiziqli to`plami kurinishida apparat tashkil etish, dasturchining dastur va malumotlar saqlanishi ko`rinishi haqidagi tassavuri bilan mos kelmaydi. Kupgina dasturlar bir-biriga bog`lik bo`lmagan xolda yaratilgan modullardan tashkil topgan. Bazan jarayon tarkibiga kiruvchi hamma modullar hotirada ketma-ket joylashadi va chiziqli adreslar maydonini tashkil qiladi. Biroq ko`pincha modullar hotiraning turli joylarida joylashtiriladi va turlicha foydalaniladi. Hotirani bosharish sxemasida, foydalanuvchining bunday tassavuriga mos keladigan ma’lumot va dasturlarni saqlash, segmentatsiya deyiladi. Segment-hotiraning aniq ko`rsatilgan qismi bo`lib, uning ichki qismida chiziqli adreslarni qo`llab quvvatlaydi. Segment protsedura, massiv, stek yoki skalyar miqdorlardan tashkil topgan bo`ladi, lekin odatda aralash tipdagi ma’lumotlardan iborat bulmaydi. Boshida segmentlar dastur kodi fragmentlarini (matn redaktori, trigonometrik kutubxona va x.k.) jarayonlar bilan umumlashtirish zaruriyatidan kelib chiqqan bo`lishi kerak, chunki ularsiz har bir jarayon o`zining adres makonida malumotlarning yana bir nusxasini saklashiga tug`ri kelar edi. Xotiraning, tizim bir nechta jarayonning malumotlarini aks ettiradigan aloxida qismlari bo`lib ular segmentlar deb nom oldi. Xotira shunday qilib, chiziqli ko`rinishdan ikki o`lchamli ko`rinishga keldi. Adres ikki komponentdan iborat bo`lib, ular: segment nomer iva segment ichidagi joylashgan o`rnidir. Keyinchalik, jarayonning turli komponentalarini(dastur kodi, malumotlar, stek va x.k.) turli segmentlarda joylashtirish qulay bo`lib qoldi. Yana shu narsa aniq bo`lib qoldiki, aniq segment ishini, unga segmentda saqlanadigan malumotlar ustida bajarilishi ruxsat berilgan operatsiyalar, masalan, murojaat xuquqi va operatsiyalar tipi kabi atributlar qiymatini berib, nazorat qilish mumkin bo`lib qoldi. 2.5.rasm. Jarayon segmentlarining kompyuter xotirasida joylashishi. Bazi, jarayonni adres makonini tasvirlaydigan segmentlar 2.5 –rasmda ko`rsatilgan. Aksariyat zamonaviy operatsion tizimlar hotirani segment boshqaruv hususiyatiga ega. OTlarning bazi arxitekturalarida (masalan Intel) segmentlash qurulmalar tomonidan qo`llanadi. Jarayon murojaat qiladigan adreslar, operativ xotirada mavjud bo`lgan real adreslardan shu taxlitda farq qiladi. Har bir aniq holatda dastur foydalanadigan adres, har xil usullar yordamida tasvirlanishi mumkin. Masalan, adres, berilgan matnda odatda simvolli bo`ladi. Kompilyator bu simvolli adres va o`zgaradigan adreslarni bog`laydi (masalan, n bayt modul boshidan). Dastur generatsiyalagan bunday adres odatda mantiqiy adres (virtual xotirali tizimlarda u ko`pincha virtual xotira) deb nomlanadi. Barcha mantikiy adreslar tuplami mantikiy(virtual) adreslar maydoni deb ataladi. Download 470.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling