Mavzu: Optik aloqa tizimlarining texnik ekspluatatsiyasi


Raqamli tolali optik aloqa tizimlari va tarmoqlarini ekspluatasiya qilishga oid normalar


Download 192.06 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi192.06 Kb.
#1578175
1   2   3
Bog'liq
4-Mustaqil ish

Raqamli tolali optik aloqa tizimlari va tarmoqlarini ekspluatasiya qilishga oid normalar


Ekspluatatsiya qilishga oid normalar TEOni ekspluatatsiyaga tushirishda, ekspluatatsiya jarayonida va ularni qayta tiklashda maqsadli normalarni bajarish uchun o'rnatiladi.
Gipotetik etalon (to'liq raqamli) traktiga, maqsadli normalarga qaraganda yuqoriroq, boshlang'ich ekspluatasion normalar (Maintenance Perfomance Objectives, MPO) aniqlanadi.
Ekspluatatsion normalar nazorat qilinuvchi parametrlarning oxirgi chegaraviy qiymatlari (limitlar va chegaralar)ni beradi, ular ob'ektni ishga tushirishda yaroqlilik/yaroqsizligini yoki texnik xodimni ekspluatasiya jarayoniga aralashuvini aniqlaydi. Ekspluatatsiya jarayonida ekspluatatsion normalar uzluksiz
(aloqani uzmasdan) nazorat olib borishni ko'zda tutadi.
Ekspluatatsion nazorat yordamida maqsadli normalarni ta'minlovchi, sifat ko'rsatkichlarini normada saqlash uchun uch prinsip ishlatiladi:

  • ekspluatatsiyaga tushirishda chegaralarni hisoblash uchun ishlatiladigan, gipotetik etalon trakt uchun boshlang'ich ekspluatatsion normalar;

  • ekspluatatsion chegaralarni hisoblashda, uzatish muhiti va appara-turaning eskirishini hisobga oluvchi koeffisient qo'llaniladi;

  • ekspluatatsion chegarani hisoblash uchun formulalarga chegaraviy kattaliklarni o'lchash davomiyligiga bog'liqligi kiritiladi.

Sifatni kamayishi (DPL - Degraded Rerfomance Limit) va ruxsat etilmaydigan sifat (UPL - Unacceptable Perfomance Limit) ekspluatasion chegaralar, uzluksiz nazorat natijalari bo'yicha xizmat ko'rsatuvchi xodim aralashuvi zarurligini aniqlaydi.
Raqamli traktda xatolik parametrlariga qo'yiladigan normalarni aniqlash uchun real raqamli traktni bir turdagi uchastkalarga shunday ajratishni amalga oshirish kerakki, bunda real trakt normalari bir turdagi uchastkalar tashkil etuvchilarining yig'indisiga teng bo'lsin.
Sinxron raqamli TOATli traktning transport tarmog'ining ma'lum
(tranzit yoki mahalliy) uchastkasiga ta'luqliligini aniqlash quyidagilarni e'tiborga olgan holda amalga oshiriladi:

  • xatolik ko'rsatkichlarini o'lchash natijalari bo'yicha;

  • xorijiy davlatlarning xalqaro trafigining berilgan trakti orqali tranzitni tashkil etish imkoniyati bo'yicha;

  • sinxron raqamli TOATning magistral trakti transport tarmog'ining ham tranzit, ham mahalliy uchastkasiga ta'luqli bo'lishi mumkin; - mahalliy tarmoqning sinxron raqamli TOAT traktlari transport tarmog'ining mahalliy uchastkasiga ta'luqli;

  • sinxron raqamli TOATning xududiy trakti transport tarmog'ining mahalliy uchastkasiga ta'luqli



Download 192.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling