Mavzu: Optik diapazonda ishlovchi radiouzatuvchi qurilmalar


Kaskadlardan tuziladigan asosiy qismlarga quyidagilar kiradi


Download 60.1 Kb.
bet3/4
Sana22.06.2023
Hajmi60.1 Kb.
#1646583
1   2   3   4
Bog'liq
radiolaqa qurilmalari

Kaskadlardan tuziladigan asosiy qismlarga quyidagilar kiradi:
- Ketma-ket ulangan tashqi qo‘zg‘atishli generatorlardan iborat YuCh yoki O‘YuCh signalni quvvat bo‘yicha kuchaytirish qismi;
- Katta ko‘paytirish koeffisienti talab qilinadigan hollarda qo‘llaniladigan chastotani ko‘paytirgichlari qismi;
- Diskret chastotalar ko‘pligini vujudga keltirishga mo‘ljallangan chastota sintezatori;
- Tarkibida chastota sintezatori va chastotaviy yoki fazaviy modulyator bo‘lgan qo‘zg‘atkich;
- Amplitudaviy modulyatsiyani amalga oshirishga mo‘ljallangan amplitudaviy modulyator;
- Impulsli modulyatsiyani amalga oshirishga mo‘ljallangan impulsli modulyator;
Tarkibida filtr, yo‘naltirilgan ajratkich, ferritli bir yo‘nalishli va moslashtiruvchi qurilmalar bo‘lgan va RU chiqishini antenna bilan ulaydigan antenna-fider qurilmasi;
- RU parametrlarini boshqarish yoki stabillash uchun xizmat qiladigan avtomatik rostlash qismi. Ularga chastotani avtomatik sozlash, kuchaytiruvchi kaskadlar elektr zanjirlarini avtomatik qayta sozlash qurilmalari, moslashtirgich qurilmasini avtomatik qayta sozlash, quvvatni avtomatik boshqarish va issiqlik rejimini avtomatik ushlab turish kiradi. Zamonaviy avtomatik rostlash qurilmalari mikroprotsessorlar asosida quriladi.
Xar xil ko‘rinishdagi RUlar turlari mos ravishda kaskadlar va qismlar kombinatsiyasidan tashkil topadi. RUning umumiy tuzilish sxemasi 3.1-rasmda keltirilgan. Uning ishlash prinsipini ko‘rib chiqamiz.

Radiouzatgichlarning tasnifi
Radiouzatgichlar beshta asosiy belgilar bo‘yicha sinflarga bo‘linadi:
- vazifasiga ko‘ra;
- foydalanish ob’ektiga ko‘ra;
- chastotalar diapazoniga ko‘ra;
- quvvatiga ko‘ra;
- nurlanish turiga ko‘ra.
Radiouzatgichning vazifasi shundan iboratki u foydalanadigan radiotexnik tizim orqali aniqlanadi va uzatiladigan ma’lumot turiga bog‘liq. Shuning uchun ular radioaloqa, radioeshittirishtelevizion, radiolokatsion, radioo‘lchov, radionavigatsion, radioboshqaruv va boshqa radiouzatgichlar turlariga bo‘linadi.
Foydalanish ob’ekti radiouzatgichni o‘rnatish joyi orqali aniqlanadi va bu uning ishlatishi sharoitlariga ta’sir qiladi. Bu belgi bo‘yicha radiouzatgichlar er ustida statsionar, samolet, sun’iy yo‘ldosh, kema, ko‘chma, mobil radiouzatgichlarga ajratiladi. Ya’ni, ular avtomobillarga, temir yo‘l transportiga va boshqa er ustida harakatdagi ob’ektlarga o‘rnatiladi.
Chastotalar diapazoni bo‘yicha RUlar radiochastotalar diapazonini qabul qilish bo‘icha mos ravishda o‘ta uzun to‘lqinli, uzun to‘lqinli, qisqa to‘lqinli, ultra qisqa to‘lqinli, detsimetrli, santimetrli, millimetrli RUlarga ajratiladi. Birinchi beshta diapazon uzatgichlari umumiy nomda yuqori chastota RUlari, keyingi uchta diapazon uzatgichlari o‘ta yuqori chastota RUlariga birlashtiriladi. Shunday qilib YuCh va O‘YuCh diapazonlari RUlari orasidagi chegara 300 MHz hisoblanadi.
300 MHzdan kichik bo‘lgan chastotalarda uzatgich YuCh diapazonga, 300 MHzdan yuqori bo‘lgan chastotalarda O‘YuCh diapazoniga kiritiladi.
Antennaga beriladigan YuCh yoki O‘YuCh signal quvvati bo‘yicha RUlar uzluksiz rejimda quvvat nurlanishi bo‘yicha kichik - 100 W gacha, o‘rta – 100...1000 W, katta – 1 kW…10 kW, o‘ta katta - 10 kW dan yuqori quvvatli RUlarga ajratiladi.
Nurlanish turi bo‘yicha uzatgichlar uzluksiz va impulsli rejimlarda ishlaydigan RUlarga ajratiladi. Birinchi holda axborot uzatilayotganda signal uzluksiz, ikkinchi holda esa impulslar tarzida nurlantiriladi.
RU turlarini tavsiflash uchun yuqorida aytilgan beshta razryaddan qaysi turiga tegishli ekanligini ko‘rsatish kerak.
Download 60.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling