Mavzu. O‘qish darslarida hikoya o‘tish uslubiyoti. Tuzuvchi. G‘aniyeva Umida


Download 236.99 Kb.
Sana19.01.2023
Hajmi236.99 Kb.
#1101907
Bog'liq
Mavzu.-boshlang‘ich talim

Mavzu. O‘qish darslarida hikoya o‘tish uslubiyoti.

Tuzuvchi. G‘aniyeva Umida

Reja.

Reja.

  • O‘qish darslarda hikoyaviy mavzularning maqsad,vazifalari va ta'limiy-tarbiyalayaviy ahamiyati.
  • Hikoyalarni janriy xususiyatlarga ko‘ra o‘rganish.
  • Kichik yoshdagi o`quvchilaming hikoyani idrok etishdagi psixologik xususiyatlari

Bugungi kunda yoshlarimiz boshlang’ich ta’limda bilimni mustahkam olsa, ularning kelajagi mustahkam bo’lishga shubha ham qolmaydi. Shu sababli boshlang’ich ta’limda o’quvchilarga bilim berishda hikoyalardan foydalanish samarali natija beradi. O’quvchilar hikoyani o’qish davomida undagi voqealarni hayot bilan bog’laydi, ulardan xulosa chiqaradi. Boshlang’ich sinflarda hikoyalarning o’rni muhimdir. O’quvchilarga hikoyalarni o’qitish davomida ularda vatanparvarlik, adolat, rahimdillik, tinchlikni qadrlash kabi bir qancha hislatlarni tarbiyalashimiz mumkin. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga hikoya o’tish davomida ularni kitob o’qishni sevishga o’z fiklarini erkin bayon etishga o’rgatishimiz mumkin. Bu esa bugungi kunda o’qituvchilar oldiga qo’yilayotgan asosiy talablardan biridir.
Boshlang‘ich sinflarga ta’lim berish jarayonida hajm jihatidan ixcham bo‘lgan badiiy asar janrlaridan ya’ni hikoyalar o‘qitiladi. Boshlang’ich sinf o‘qish darslarida o‘qituvchi o‘rganilayotgan hikoyaning mazmuniga mos bo‘lgan, o’quvchilar ongiga singdirilishi oson kechadigan uslublardan foydalanishi zarur. Hikoyalar hajmi qisqa mazmuni ochiqcha mazmunga ega bolgan janr hisoblanadi.
Hikoya — bu epik tur janrlaridan biri bo’lib kichik hajmli badiiy asar kishi hayotidagi ma’lum bir voqea hodisalarning muhim tomonlarini umumlashtirgan holda tasvirlaydi. Hikoya ko'pincha biron kishi hayotida sodir bo'lgan ma’lum bir epizodni tasvirlaydi. Hikoyaning mazmuni ertakdagidanda ortiqroq haqiqiy hayotga juda yaqindir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasidagi psixologik, pedagogik tadqiqotlarni tahlil qilish quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi:
-nutqni rivojlantirish – bolaning individual psixik rivojlanishida markaziy о`rin tutuvchi ijtimoiy-tarixiy tajribani о`zlashtirishining murakkab, kо`p omilli jarayonidir;
-nutqni rivojlantirish – bu malakali pedagogik rahbarlikni nazarda tutuvchi ijodiy jarayon, lekin u stixiyali jarayon emas;
boshlang’ich sinflarda o’quvchilarga hikoyalarni o’tish, bolalar ongini rivojlantirish, ularni zamonaviy ruhda tarbiyalash,yaxshi va yomonni ajratish, o’z fikrini erkin bayon etish, teran fikrlashga o’rgatish va boshqa bir qancha ijobiy xususiyatlarning shakllanishiga asos bo’ladi.
Download 236.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling