Bitiruv-malakaviy ishning ilmiy yangiligi. Ish jarayonida inson aqlining faoliyati o’zi tomonidan kuzatilmaydi. Ta’lim-tarbiyada bu jarayonning mustaqillik darajasini nazorat qilish, uni farqlash hamda rivojlantirish-o’qituvchining vazifasi. Buning uchun o’qituvchidan ziyraklik, ta’lim jarayonining har bir bosqichida har bir o’quvchi shaxsi, intellektual salohiyati, intilish va qiziqishlarini bilish talab qilinadi.
Masalan, o’qish darslarida kichik maktab yoshidagi o’quvchilar o’rganayotgan matnlar orqali bevosita axliq-odob tuhunchalari bilan to’qnash keladilar. Butun o’quv yili davomida ko’plab insoniy fazilatlarni farqlab oladilar va ushbu fazilatlarni o’zlarida muzassam etishga harakat qiladilar. Ko’plab maqol va matallarning mazmun-mohiyatini o’zlashtirib oladilar. Darslikda berilgan nasriy va she’riy asarlar bilan tanishadilar, ularda ko’tarilgan g’oyalar, insoniy fazilatlarni ulug’lovchi hikmatlar, hadislarni o’qiydilar, o’rganadilar. Agar biz o’qish darslarini odobnoma darslari bilan bog’lab o’tsak, har bir o’rganayotgan mavzudan axloqiy fazilatlarni ulug’lovchi qarashlarni topib, o’quvchilar ongiga singdira olsak, yoshlarimizni komil inson qilib tarbiyalashga katta hissa qo’shgan bo’lamiz.
Bitiruv-malakaviy ishning joriylanishi. Bitiruv-malakaviy ish NamDU pedagogika fakul’teti va sport tarbiyaviy ish yo’nalishi bo’yicha boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasida bajarildi. Kafedraning kengaytirilgan yig’ilishida muhokama qilinib, himoyaga tavsiya etildi.
Bitiruv-malakaviy ishning obyekti.
Biz bitiruv malakaviy ishimizni tajribadan o’tkazish maqsadida Namangan shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limiga qarashli 31- maktabning 1-D sinfini tajriba sinfi, 1-B sinfni nazorat sinfi etib belgiladik.
Bitiruv-malakaviy ishning tuzilishi. Bitiruv-malakaviy ish kirish, ikki bob, tajriba-sinov ishlari, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.
I bob. Boshlang’ich sinflarda integratsiyalashning nazariy asoslari
Do'stlaringiz bilan baham: |