Butunni uning tashkil etuvchi qismlarga ajratishga yo’naltirilgan fikrlash (tafakkur) usuli analiz deb ataladi. - Butunni uning tashkil etuvchi qismlarga ajratishga yo’naltirilgan fikrlash (tafakkur) usuli analiz deb ataladi.
- Predmetlar yoki hodisalar orasida bog’lanishlar o’rnatishga yo’naltirilgan tafakkur usuli sintez deb ataladi.
Taqqoslash usuli qaralayotgan sonlar, arifmetik misollar, masalalarning o’xshash va farqli alomatlarini ajratishdan iborat. - Taqqoslash usuli qaralayotgan sonlar, arifmetik misollar, masalalarning o’xshash va farqli alomatlarini ajratishdan iborat.
- Umumlashtirish – bu o’rganilayotgan ob’yektlardan umumiy muhim tomonlarini ajratish va ularni muhim bo’lmaganlaridan ajratishdan iborat.
- Didaktik adabiyotlarda mustaqil ish tushunchasi har xil ta’riflanadi. Mustaqil ishning B.P.Yesipov bergan ta’rifini eng to’g’ri ta’rif deb tan olish kerak:
- “O’quvchlarning o’qitish jarayoniga qo’llaniladigan mustaqil ishlari bu o’qituvchining bevosita qatnashuvisiz, maxsus ajratilgan vaqt davomida uning topshiriqlari bo’yicha bajariladigan ishdir; bunda o’quvchilar topshiriqda qo’yilgan maqsadga erishishga o’z kuchlarini sarflaydilar, aqliy yoki jismoniy harakatlar natijasini biror shaklda ifodalab ongli ravishda intiladilar”.
Mustaqil isihlar quyidagilarga ko’ra o’zaro farq qiladi: - Mustaqil isihlar quyidagilarga ko’ra o’zaro farq qiladi:
- 1) didaktik maqsadlari bo’yicha;
- 2) o’quvchilar mustaqil ishlayotgan material bo’yicha
- 3) o’quvchilardan talab qilinadigan faoliyat xarakteri bo’yicha;
- 4) tashkil qilinish usuliga ko’ra.
Do'stlaringiz bilan baham: |