Mavzu: O’qitish metodlari va ularning tasnifi
Download 371.5 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Klaster” metodi.
“Klaster” metodi. Klaster (g’uncha, bog’lam) metodi o’quvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu)lar xususida erkin, ochiq o’ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g’oyalar o’rtasidagi aloqalar to’g’risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. “Klaster” metodi aniq ob’yektga yo’naltirmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog’liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning o’quvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o’zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatinig bir maromda bo’lishini ta’minlashga xizmat qiladi. Bu metoddan o’quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etilgan mashg’ulotlar jarayonida foydalanish mumkin.
Misol tariqasida 4-sinf o’quvchilariga “to’g’ri to’rtburchak” shakli tasvirlangan varaqalar tarqatilib, “Shu tushunchaga oid nimani bilsangiz yozing!” deb o’qituvchi topshiriq beradi. O’quvchilar bilganlarini qog’ozga tushirishadi va o’qituvchi bu varaqlarni terib, kim to’g’ri to’rtburchakka oid tushunchalarga oid qay darajada bilim va malakaga ega ekanliklarini bilib oladi.
Download 371.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling