Mavzu: O’qitish metodlari va ularning tasnifi


Download 122.02 Kb.
bet12/13
Sana06.02.2023
Hajmi122.02 Kb.
#1171128
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Muattar

Misol tariqasida 4-sinf o’quvchilariga “to’g’ri to’rtburchak” shakli tasvirlangan varaqalar tarqatilib, “Shu tushunchaga oid nimani bilsangiz yozing!” deb o’qituvchi topshiriq beradi. O’quvchilar bilganlarini qog’ozga tushirishadi va o’qituvchi bu varaqlarni terib, kim to’g’ri to’rtburchakka oid tushunchalarga oid qay darajada bilim va malakaga ega ekanliklarini bilib oladi.



Misol tariqasida 4-sinf o’quvchilariga “to’g’ri to’rtburchak” shakli tasvirlangan varaqalar tarqatilib, “Shu tushunchaga oid nimani bilsangiz yozing!” deb o’qituvchi topshiriq beradi. O’quvchilar bilganlarini qog’ozga tushirishadi va o’qituvchi bu varaqlarni terib, kim to’g’ri to’rtburchakka oid tushunchalarga oid qay darajada bilim va malakaga ega ekanliklarini bilib oladi.

Bunday metodlar turkumi anchagina: “Qarorlar shajarasi”, “Tajriba vositasida o’qitish sikli” (D.Kolb g’oyasi), “Beshinchi (oltinchi, yettinchi,…) ortiqcha”, “3/3 (“4/4”, “5/5”,…)” metodi, “rasmlarni to’g’ri joylashtir”, “Qizil va yashil rangli kartochkalar bilan ishlash”, “videotopishmoq”, “Zakovatli zukko”, “Qarama-qarshi munosabat”, “Bilaman, bilishni xohlayman, bilib oldim”, “Venn diagrammasi” va boshqalar.

“Zakovatli zukko” metodi. Mavjud bilimlarni puxta o’zlashtirishda o’quvchilarning fikrlash, tafakkur yuritish layoqatlariga qarab egaliklari muhim ahamiyatga ega. Bu metod o’quvchilarda tezkor fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish, shuningdek, ularning tafakkur tezliklarini aniqlashga yordam beradi. Metod o’z xohishlariga ko’ra shaxsiy imkoniyatlarini sinab ko’rish istagida bo’lgan o’quvchilar uchun qulay imkoniyat yaratadi. Ular o’qituvchi tomonidan berilgan savollarga qisqa muddatlarda to’g’ri va aniq javob qaytara olishlari zarur. Savollarning murakkablik darajasiga ko’ra har bir savolga qaytarilgan to’g’ri javob uchun ballar belgilanadi. Yakuniy ballarning o’rtacha arifmetik qimatini topish asosida o’quvchilarning tafakkur tezligi aniqlanadi. Ballarning belgilanishi o’quvchilarning shaxsiy imkoniyatlari to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lishlarini ta’minlaydi. Masalan: Qatorlarda bir kishidan vakil chaqirilib, ularga belgilangan savollar beriladi. 1 daqiqadan vaqt ajratilib, ballar aniqlanadi.




Download 122.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling