O.Roziqov, M.Maxmudov, B.Adizov, A.Hamroyevlarning “Ona tili didaktikasi” darsligida ta’lim metodiga quyidagicha ta’rif keltirilgan: “Ta’lim metodi – o’qituvchi va o’quvchilarning ma’lumot mazmuniga yo’nalgan faoliyatini tartibga solish yo’lidir”. L.N.Skatkin o’zining kitobida o’qitish metodiga quyidagicha ta’rif berdi:
L.N.Skatkin o’zining kitobida o’qitish metodiga quyidagicha ta’rif berdi: O’qitish metodlari – bu darsda o’quvchilar bilish faoliyatlarini tashkil etish usulidir. Bu ta’rifga buyuk psixolog I.Ya.Lerner ham qo’shiladi. Lekin, uslubshunos olim Nikandirov o’zining doktorlik dissertasiyasida o’qitish metodlariga ta’rif berar ekan “O’qitish metodlari bu darsda o’quvchilarning bilish faoliyatlarini boshqarish usullaridir” deb ta’kidlaydi.
Bu ta’rifga buyuk psixolog I.Ya.Lerner ham qo’shiladi. Lekin, uslubshunos olim Nikandirov o’zining doktorlik dissertasiyasida o’qitish metodlariga ta’rif berar ekan “O’qitish metodlari bu darsda o’quvchilarning bilish faoliyatlarini boshqarish usullaridir” deb ta’kidlaydi. Moskva shahridagi “O’qitish mazmuni va metodlari ilmiy tadqiqot ishlari” institutining biologiya sektorida o’qitish metodlariga quyidagicha ta’rif berildi:
Moskva shahridagi “O’qitish mazmuni va metodlari ilmiy tadqiqot ishlari” institutining biologiya sektorida o’qitish metodlariga quyidagicha ta’rif berildi: “O’qitish metodlari – bu darsda o’qituvchi va o’quvchilarning ish faoliyati bo’lib, uning evaziga o’quv tarbiya ishlari hal etiladi”. Yoki shu institutning “Boshlang’ich ta’lim” sektorida A.M.Pishkalo rahbarligida quyidagicha ta’rif keltirildi:
Yoki shu institutning “Boshlang’ich ta’lim” sektorida A.M.Pishkalo rahbarligida quyidagicha ta’rif keltirildi: O’qitish metodlari – bu darsda o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati bo’lib, uning evaziga bilim beriladi, malaka va ko’nikmalar hosil qilinadi, o’quvchilarda dunyoqarash va mustaqil ishlash elementlari shakllanadi, ular hayotga va mehnatga tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |