Mavzu: O‘qituvchi va o‘quvchilarning jonli muloqotini tashkil etish. Reja


 Pedagogik nizolar va ularni bartaraf etishning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 304.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana27.10.2023
Hajmi304.63 Kb.
#1727230
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O‘qituvchi va o‘quvchilarning jonli muloqotini tashkil etish.

4. Pedagogik nizolar va ularni bartaraf etishning o‘ziga xos xususiyatlari 
“Muloqot madaniyatida so‘z aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi” (Aziz Yunusov). 
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqot jarayonida adashishi, xatolikka yo‘l qo‘yishi 
mumkin emas. O‘qituvchi muloqotida birgina adashish yoki qo‘pollik uning 
pedagogik faoliyatida tuzatib bo‘lmas xatoliklarni keltirib chiqaradi. O‘qituvchi o‘z 
muloqoti bilan nimalarga qodir ekanligini muntazam bilib, xato va kamchiliklarini 
darhol tuzatib borishi kerak. Quyidagi psixologik testlar oson yechiladi va natijalari 
asosida siz muloqotingizda ro‘y berishi ehtimoli bo‘lgan kamchiliklarni aniqlaysiz 
va uni o‘z vaqgida bartaraf etishingiz mumkin. 
1. O‘z muloqotingizdan qoniqasizmi? Hurmatli o‘qituvchi, qaerda bo‘lmasin 
muloqot jarayonida erishayotgan muvaffaqiyatlaringiz pedagogik faoliyatingizda va 
kundalik hayotingizda muhim ahamiyatga ega. Zero, o‘quvchilarni, do‘stlaringizni, 
ba’zan uchraydigan hasadgo‘y hamkasblaringizni va rahbarni sizga nisbatan 
munosabati muloqotda qanday inson ekanligingizga bog‘liq. Kishilarga hamdard 
bo‘lish, ko‘maklashish, iltimosini bajarish yoki bajarmaslik sizning xohish-
istagingiz.
Ushbu vaziyatlarda muloqotingiz qay darajada ekanligini bilishni istaysizmi? 
Quyidagi test savollariga javob bering. Har bir javob uchun yig‘ilgan ballar 
miqdoriga 
qarab 
muloqotda 
nimalarga 
qodir 
ekanligingizni 
hamda 
kamchiliklaringizni bilib olasiz.


1. Muloqot jarayonida hamkasblaringiz bilan tez-tez bahslashib turasizmi? a) 
yo‘q (1 ball); b) ba’zan sharoitga qarab (2 ball); v) aksariyat hollarda (3 ball).
2. Bozorda sotuvchi sizga qo‘pollik qildi. Qanday javob qaytargan 
bo‘lardingiz? a) Jimgina undan nari ketardim (1 ball); b) unga jiddiy tanbeh berardim 
(2 ball); v) so‘ziga yarasha so‘z bilan javob qaytarar edim (3 ball). 
3. Agarda majlisga kechiksangiz, o‘zingiz qanday holatga tushasiz? a) o‘zimga 
nisbatan va atrofimdagilarga nisbatan g‘azab uyg‘onadi (3 ball); b) hech narsa qila 
olmasligimni tushunib, asabiylashmayman (1 ball); v) ozgina asabiylashaman (2 
ball).
4. Hamkasblaringizdan biri sizdan beruxsat stolingizdan ruchka yoki kitob oldi, 
unga siz qanday munosabat bildirasiz? a) hech qanday, balki bu holatni sezmasman 
(1 ball); b) nimani olgan bo‘lsa, joyiga qo‘yishni eslataman (2 ball); v) norozi 
bo‘lganligimni aytaman, chunki hozir ruchka yoki kitob olgan bo‘lsa, keyinchalik 
stolimdan biror muhim narsani olishi mumkin, masalan, kerakli hujjatlarimni (3 
ball).
5. Hayotga nisbatan munosabatingiz qanday? a) konservativ (eskilik tarafdori) 
fikrda (2 ball); b) radikal (keskin o‘zgarishlar tarafdori) fikrda (3 ball); v) katta 
yoshli bo‘lishga qaramasdan jiddiy munosabatda emas (1 ball).
6. Omadsizlikka duchor bo‘lganingizda qanday ahvolga tushasiz? a) sababini 
o‘zimdan qidiraman (2 ball); b) bunga ba’zi shart-sharoitlar va tanish kishilar sabab 
bo‘lganini ko‘raman (3 ball); v) chuqur nafas olaman va barcha ishlarimni qaytadan 
boshlayman (1 ball).
7. Sizning fikringizcha, hamkasblaringiz sizni qanday baholashadi? a) do‘st va 
insonparvar kishi sifatida (2 ball); 6) o‘ziga qattiq ishongan kishi sifatida (3 ball); v) 
xotirjam va vazmin kishi sifatida (1 ball).
8. Qaysi hayvon bilan xayolan chiqisha olasiz? a) ayiq (1 ball); b) mushuk (2 
ball); v) yo‘lbars (3 ball).
9. Biror kishi bilan janjallashib qolganingizda, yarashish uchun sabab izlashga 
harakat qilasizmi? a) hech qachon (3 ball); b) doimo (1 ball); v) ba’zan ( 2 ball).
10. Suhbatdoshingiz sizning suhbatingizni tinglamasa? a) nimaga mening 


suhbatim uni qiziqtirmayotganligini odob bilan so‘rayman (2 ball); b) 
namoyishkorona suhbatni to‘xtataman yoki umuman qayrilib ketvoraman (3 ball); 
v) vaziyatni xotirjam baholayman, sukut saqlab, so‘ngra muloqotni davom ettiraman 
(1 ball).
11. Maktabda sizning farzandingizni bir bola xafa qildi? a) o‘qituvchini jalb 
qilib, darhol chora ko‘rishni talab qilaman (3 ball); b) muammoni hal qilishni 
farzandimning o‘ziga havola etaman (1 ball); v) o‘sha bolaga qanday “javob” 
qaytarish kerakligini farzandimga o‘rgataman (2 ball).
12. O‘zaro murosaga kelishda doimo peshqadamlik qilasizmi? a) hech qachon 
(3 ball); b) sharoitga qarab (2 ball); v) ko‘pincha, ha (1 ball).
1
13. Taksida ketayotganingizda haydovchiga yo‘l harakatiga taalluqli bo‘lgan 
biror narsani o‘rgatasizmi? a) hech qachon (1 ball); b) ha, agarda u uzoq bir masofani 
tanlab yursa (2 ball); v ) avtomashinani boshqarishda mening asabimga tegadigan 
nojo‘ya harakat qilsa, noroziligimni bildiraman (3 ball).
14. Siz o‘zingizni ulfatlaringizning jonu dili deb hisoblaysizmi? a) ba’zan (2 
ball); b) doimo (3 ball); v) yo‘q (1 ball).
15. Siz doimo odamlarga nisbatan e’tiborlimisiz? a) har doim emas (3 ball); b) 
doimo (1 ball); v) vaziyatga qarab (2 ball).
Endi yig‘ilgan ballaringiz natijasi bilan tanishing:
• 24 ball va undan kam. Siz muloqotda yengil tabiatlisiz, shu bilan birga 
jur’atsiz, tortinchoq insonsiz. Qat’iyatsizligingiz ba’zan hayotda bajarayotgan 
ishingizga hamda biror maqsadga erishishingizga xalal beradi. Doimo xotirjamlikni 
sevishingiz va o‘zingizni himoya qilishga o‘rganishingiz kerak. Ushbu xususiyatlar 
sizda mutlaqo yo‘q. 
• 24 dan 31 ballgacha. Siz bilan muloqot qilish huzur bag‘ishlaydi, biroq 
sizning kayfiyatingiz o‘zgaruvchan. Ba’zan his-tuyg‘ularingiz tez-tez ko‘tarilib, 
do‘stona muloqotga xalaqit beradi. Sabr-toqatli bo‘ling, salbiy his-tuyg‘ularingizni 
nazorat qiling. Ularni arzimagan sabablar bilan yuzaga chiqishiga erk bermang.
• 32 ball va undan yuqori. Ba’zan siz hatgo darg‘azab insonga aylanasiz. Buni 


o‘zingiz yaxshi bilasiz, ammo biror chora ko‘rolmaysiz. Siz o‘zingizni 
janjallashayottan yoki bahslashayotgan kishingizning o‘rniga qo‘yib ko‘ring, bu 
inson sizga qanday ko‘z bilan qarayotganligini tasavvur qiling. Uning obrazi sizga 
yoqadimi? Siz haddan tashqari talabchansiz va boshqalarni tanqidiy nazar bilan 
ko‘rasiz. Odamlar siz bilan murosaga kelishga, til topishga qiynalishadi. Atrof-
muhitingizda sizni o‘rab turgan kishilar bilan samimiy munosabatda bo‘ling, 
ularning kamchiliklarini kechirishni o‘rganing.

Download 304.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling