Mavzu: O‘qituvchi va o‘quvchilarning jonli muloqotini tashkil etish. Reja
Muloqot siz uchun muhim ahamiyatga egami?
Download 304.63 Kb. Pdf ko'rish
|
O‘qituvchi va o‘quvchilarning jonli muloqotini tashkil etish.
2. Muloqot siz uchun muhim ahamiyatga egami? Ushbu test sizga atrof-
muhitdagilar bilan muloqot qilish va do‘stlaringiz siz uchun qanchalik ahamiyatga egaligini aniqlashga yordam beradi. Test natijalari asosida esa, qanday qilib kishilar bilan yaxshi muloqot o‘rnatish kerakligi va qanday kasbni tanlash lozimligi to‘g‘risida ma’lumot olasiz. 1. Agarda sizga yana bir marotaba kasb tanlash erkinligi berilganda, quyidagi kasblardan qaysi birini tanlar edingiz (bir xil maosh olish sharti bilan)? a) fizik-tadqiqotchi (0 ball); b) mehmonxona direktori (2 ball); v) baribir, axir maoshi bir xil-ku (1 ball). 2. Tasavvur qiling, siz juda muhim ixtiro yaratdingiz va mukofot oldingiz, so‘ngra qanday faoliyatni ma’qul ko‘rar edingiz? a) ixtiroimni hayotga tatbiq etish bilan shug‘ullanar edim (2 ball); b) laboratoriyada ixtiro yuzasidan faoliyatimni davom ettirar edim (0 ball); v) ixtiro bilan boshqa kishilar shug‘ullana qolsin, yangi ixtiro yuzasidan faoliyatimni boshlab yuborar edim (1 ball). 3. Oylik maoshi bir xil bo‘lgan quyidagi kasblarning qaysi birida ishlashni xohlar edingiz? a) uchuvchi bo‘lib (0 ball); b) tanlashda ikkilanaman (1 ball); v) advokat bo‘lib (2 ball). 4. Agarda siz ishlab chiqarish sohasida ishlaganingizda faoliyatingizni nimadan boshlar edingiz? a) kadrlar muammosi bilan shug‘ullanar edim (2 ball); b) texnologiya bilan ishlar edim (0 ball); v) menga bari bir (1 ball). 5. Sizningcha, o‘qituvchilikdan tashqari eng qiziqarli soha: a) menedjerlik (1 ball); b) jamoat arbobi bo‘lish (2 ball); v) rassomchilik (0 ball). 6. Siz qaerdan dala hovli olishni xohlar edingiz? a) o‘rmondan (0 ball); b) sokin qishloqdan (1 ball); v) hayot qaynagan, gavjum dala hovlilardan (2 ball). 7. Turli xil bayramlarda siz: a) har xil sovg‘alarni tanlash va kimnidir tabriklashga toqatingiz yo‘q (0 ball); b) bayramlarda sovg‘a qilishni yaxshi ko‘rasiz (2 ball); v) sovg‘a tanlay olmaysiz (1 ball). 8. Yaxshi kinofilmlarni ko‘rganda siz ko‘proq xuzur-halovat olasiz: a) yaxshi ulfatlaringiz bilan (2 ball); b) sevimli kishingiz bilan birga (1 ball); v) yolg‘iz o‘zingiz ko‘rganingizda (0 ball). 9. Sizni qachonlardir birorta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan mansabga saylashganmi? a) ayrim hollarda (1 ball); b) ko‘pincha (2 ball); v) hech qachon yoki ba’zi hollarda (0 ball). 10. Tasavvur qiling, siz xo‘jalik sohasida ishlaysiz. Qanday yo‘nalishni tanlagan bo‘lar edingiz? a) mijozlar bilan ishlashni (2 ball); b) tanlashda ikkilanaman (1 ball); v) ma’lumotlarni hujjatlashtirish bilan (0 ball). Endi yig‘gan ballaringiz natijasi bilan tanishing: • 6 ball va undan kam: umuman olganda siz odamovi, kamgap insonsiz va kishilar bilan muloqotdan ko‘ra yolg‘izlikni xush ko‘rasiz. Atrofingizdagi odamlar sizni sovuqqon, egilmaydigan, o‘zaro murosaga kelishni xohlamaydigan inson sifatida qabul qiladilar. Siz yaqin kishilaringizga doimo e’tiborli bo‘lishingiz va his- tuyg‘ularingizni hamda ruhiy kechinmalaringizni kimlargadir izhor qilishni o‘rganishingiz kerak. • 7-13 ball: sizni odamovi, kamgap inson deb bo‘lmaydi. Do‘stlaringiz davrasidagi qiziqarli muloqotlar sizga huzur-halovat bag‘ishlaydi, ammo ba’zan sizda o‘zingiz bilan yolg‘iz qolishga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Shunday paytlarda siz atrofingizdagi kishilarga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lishingiz mumkin, zero jahldor holatga tushib qolgan bo‘lasizda. Siz sabr-toqatli, muruvvatli va iltifotli bo‘lishingiz kerak, axir atrofingizdagi yaqin kishilar sizning o‘zgaruvchan kayfiyatingizni mutlaqo bilishmaydi. • 14-20 ball: siz juda ochiq ko‘ngilli, do‘stlikning qadriga yetuvchi va samimiy kishisiz. Siz har qanday inson bilan xohlagan mavzuingizda qiynalmasdan muloqot qila olishingiz mumkin. Tanqidni yengil qabul qilasiz, atrofingizdagi tanishlaringizga nisbatan g‘amxo‘r va iltifotlisiz, ularning ismini va siymosini darhol eslab qolasiz. Biroq, muloqotingizdagi yengillik samimiylikdan, soxta, yuzaki muloqotga aylanib ketishi mumkin. Bundan ehtiyot bo‘ling. Pedagogik jamoalardagi nizolarning kelib chiqishiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish maqsadida pedagogik jamoalarda tadqiqot ishlarini olib bordik. Pedagogik jamoalardagi shaxslararo munosabatlar va ulardagi nizolarning kelib chiqishini tadqiq qilish maqsadida o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarida tadqiqot ishini amalga oshirdik. Shaxslararo nizolar – bu odamlar orasida to‘qnashuv, kelishmovchilik, qarama- qarshilik vaziyatidir. Shaxslararo nizolar hayotda keng tarqalgan nizolardir. Bunday nizolar oiladagi va ishlab chiqarishdagi nizolarga bo‘linadi. Ishlab chiqarishdagi nizolarga quyidagilar kiradi: - xodim bilan xodim o‘rtasida; - xodim bilan rahbar o‘rtasida; - rahbar bilan rahbar o‘rtasida bo‘lishi mumkin. Shaxslar o‘rtasidagi nizo ko‘p hollarda ularning u yoki bu masalaga bo‘lgan nuqtai nazarlarining mos tushmasligi rahbarlar o‘rtasida resurslarni taqsimlash, xodimlar bilan rahbar o‘rtasida esa ish sharoitini qoniqarsizligi kabilar yuzasidan vujudga kelishi mumkin. Download 304.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling