Mavzu: O`qituvchining kompyuter texnologiyalari asosidagi faoliyati Reja
Ta`lim jarayonida kompyuter texnologiyalari multimediali o`quv kontentlardan foydalanish o`rni va samarasi
Download 408.9 Kb.
|
Mustaqil ishi
Ta`lim jarayonida kompyuter texnologiyalari multimediali o`quv kontentlardan foydalanish o`rni va samarasi.
Shiddat bilan o‘zgarib borayotgan hozirgi davrda axborot oqimini ko‘p ekanligi undan o‘zimizga foydali va kerakligini ajrata olish ham hozirda muhim va dolzarb muammoga aylanmoqda desak ham bo‘ladi. Bunday vaziyatlarda o‘quvchi yoshlarni ham ongini zaharlamaydigan yengil yelpi axborot oqimlaridan himoya qilish vazifasi ham barchamizning burchimizga aylanib ulgurdi. Turli vositalarda, tarmoqlarda kelayotgan axborotning rost yoki yolg‘on foydali yoki befoyda ekanligini bilish uchun esa barchamiz fikrlashimiz ishonchli va ishonchsiz manbalarni ajrata olishimiz juda muhimdir. Ma’lumotlarning ko‘pligi sinflarda darslarning qiziqarli va mazmunli o‘tishiga ham sabab bo‘layotganligini ham aytib o‘tish muhim. Darslikdagi mavzuga doir, yoki darslikda berilgan ma’lumotlardan tashqari boshqa manbalardan shu mavzuga tegishli bo‘lgan turli tuman qiziqarli ma’llumotlarni qidirib toppish o‘qituvchi uchun xozirgi kunda unchalik muammo bo‘lmay qoldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Lekin shu ko‘p ma’lumotni o‘quvchiga yetqazib berish (aynnan shu vaqt oralig‘ida) birmuncha qiyinchilik tug‘dirishi munkin. Shu ma’lumotlarni saralab keraklilarini o‘quvchiga tez va oson va eng asosiysi tushunarli tarzda yetqazish asosiy muammo bo‘lmoqda. Ma’lumotlarni to‘plab ularni oson usulda bayon etishning usullaridan biri bu infografik materiallar tayyorlash xisoblanadi. Masalan infografik slayd qilishimiz munkin dars uchun yoki xujjat ko‘rinishida plakat ko‘rinishida taqdim etishimiz, qisqagina videorolik tayyorlab olish mumkin. Bu ishlarni amalga oshirish uchun esa amaliy dasturlar bilan tanish bo‘lishimiz kerak. Hozirgi kunda kompyuter savodxonligiga ega bo‘lmaslik xuddi o‘qish yozishni bilmagan o‘quvchi timsolidek gap. Har bir o‘qituvchi minimal darajada bo‘lsa ham kompyuterda amaliy dasturlarda xujjat qilish taqdimot tayyorlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi zarur. Shundan keyingina u boshqa imkoniyatlardan ham foydalanishga o‘ta oladi. Keyingi yillarda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida axborot- kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ni joriy etish, xususan, multimedia texnologiyalaridan foydalanish ta’lim tizimi mazmunini boyitish, tashkil etish shakllari hamda sifatini oshirish borasida katta ijobiy ishlar amalga oshrilmoqda. Respublikаmizdа tаʼlim tizimi tubdаn islоh qilinib, uzluksiz tаʼlim, jumlаdаn, оliy vа о‘rtа mахsus tаʼlim tizimidа kаttа о‘zgаrishlаr аmаlgа оshirildi. Хususаn, bu bоrаdа pedаgоgikа оliy tаʼlim muаssаsаlаri tаlаbаlаrining mediаkоmpetentligini rivоjlаntirish sаmаrаdоrligigа erishish kаttа аhаmiyаt kаsb etаdi. Dunyо rivоjlаnishining аsоsiy tendensiyаlаri оrаsidа ахbоrоtlаshgаn jаmiyаtgа о‘tish muhim vаzifа, yаʼni jаmiyаtning bаrchа jаbhаlаridа mediа vоsitаlаrining tаʼsiri dоlzаrb muаmmо sаnаlаdi. Yevrоpа Ittifоqi Pаrlаment Аssаmbleyаsining qоnunchilik yig‘ilishi tаvsiyаsigа binоаn dаsturiy vоsitаlаrning ishlаb chiqаrilishi yоshlаr vа kаttаlаrning mediаkоmpetentligi shаkllаnishigа turtki bо‘lаdi, shuningdek, zаmоnаviy jаmiyаtning mediа mаdаniyаtigа tаʼsir etаdigаn аjrаlmаs оmil sifаtidа qаrаlаdi. Multimedia vositalari yordamida shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirish jarayoni zamonaviy, ko‘ptarmoqli, predmetga yo‘naltirilgan multimediali o‘quv vositalarini ishlab chiqishni va foydalanishni talab etadi. Ular tarkibiga keng ma’lumotlar bazasi, ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bilimlar bazasi, sun’iy intellekt tizimlari, ekspert-o‘rgatuvchi tizimlar, o‘rganilayotgan jarayon va hodisalarning matematik modelini yaratish imkoniyati bo‘lgan laboratoriya amaliyotlari kiradi. Multimedia tushunchasi — turli shakldagi axborotlarni qayta ishlovchi vositalar majmuasini anglatadi [2, 36]. Multimedia texnologiyalari — bu turli shakldagi axborotlarni qayta ishlovchi vositalar majmuasidir. Multimedia texnologiyalariga avvalo, tovushlar, video-elementlarni qayta ishlovchi vositalar kiradi. Bundan tashqari, multiplikatsiya (animatsiya) va yuqori sifatli grafika ham multimedia texnologiyalari qatoriga kiradi. Ehtimol, kelajakda multimedia vositalari ma’lumotning boshqa turlari, masalan, virtual voqelik bilan ishlash imkonini berishi ham mumkin. Multimedia vositalarini ta’limda qo‘llash quyidagilarga imkoniyat yaratadi: ta’limning gumanizasiyalashuvini ta’minlash; o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish; ta’lim oluvchining shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish (o‘zlashtirganlik, bilimga chanqoqlik, mustaqil ta’lim olish, o‘zini o‘zi tarbiyalash, o‘zini o‘zi kamol toptirishga qaratilgan qobiliyatlilik, ijodiy qobiliyatlari, olgan bilimlarini amaliyotga qo‘llay olishi, o‘rganishga bo‘gan qiziqishi, mehnatga bo‘lgan munosabati); ta’lim oluvchining kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirish; kompyuter vositalari va axborot elektron ta’lim resurslari yordamida har bir shaxsning alohida (individual) ta’lim olishi hisobiga ochiq va masofaviy ta’limni individuallashtirish va differensiyalash imkoniyatlari sezilarli darajada kengayadi; ta’lim oluvchiga faol bilim oluvchi subyekt sifatida qarash, uning qadrqimmatini tan olish; ta’lim oluvchining shaxsiy tajribasi va individual xususiyatlarini hisobga olish; mustaqil o‘quv faoliyatini olib borish, bunda ta’lim oluvchi mustaqil o‘qib va rivojlanib boradi; ta’lim oluvchilarda, o‘zlarining kasbiy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish uchun hozirgi tez o‘zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarga moslashuviga yordam beradigan zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini hosil qilish. Interfaollikning ta’minlanishi axborotlarni taqdim etishning boshqa vositalari bilan taqqoslaganda raqamli multimedianing muhim yutuqlaridan hisoblanadi. Interfaollik ta’lim oluvchining ehtiyojlariga mos ravishda tegishli axborotlarni taqdim etishni nazarda tutadi. Interfaollik ma’lum bir darajada axborotlarni taqdim etishni boshqarish imkonini beradi: ta’lim oluvchilar dasturda belgilangan sozlovlarni individual tarzda o‘zgartirishi, natijalarini o‘rganishi, foydalanuvchining muayyan xohishi haqidagi dastur so‘roviga javob berishi, materiallarni taqdim etish tezligini hamda takrorlashlar sonini belgilashi mumkin. Lekin multimediadan foydalanishda bir qator jihatlarni e’tiborga olish muhim. Multimediada taqdim etilayotgan o‘quv materiallari tushunish uchun qulay bo‘lishi, zamonaviy axborotlar va qulay vositalar orqali taqdim etilishi talab qilinadi. Multimedia texnologiyalarining barcha imkoniyatlarini to‘liq ochib berish va ulardan samarali foydalanish uchun ta’lim oluvchilarga salohiyatli (kompetentli) o‘qituvchining ko‘magi zarur bo‘ladi. Darsliklardan foydalanilgandagi singari, multimedia vositalarini qo‘llashda ham ta’lim strategiyasi ta’lim jarayonida o‘qituvchi nafaqat axborotlarni taqdim etish, balki ta’lim oluvchilarga ko‘maklashish, qo‘llab-quvvatlash va jarayonni boshqarib borish bilan shug‘ullangandagina mazmunan boyitilishi mumkin. Odatda, chiroyli tasvirlar yoki animasiyalar bilan boyitilgan taqdimotlar oddiy ko‘rinishdagi matnlarga qaraganda ancha jozibali chiqadi va ular taqdim etilayotgan materiallarni to‘ldirgan holda zaruriy emosional darajani ta’minlab turishi mumkin. Multimedia vositalari har xil ta’lim yo‘nalishlari (stillari) uyg‘unligida qo‘llanilishi va ta’lim olish hamda bilimlarni qabul qilishning turli ruhiy va yoshga doir hususiyatlariga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan foydalanilishi mumkin: ayrim ta’lim oluvchilar bevosita o‘qish orqali, ba’zilari esa eshitib idrok etish, boshqalari esa (videofilmlarni) ko‘rish orqali ta’lim olishni va bilimlarni o‘zlashtirishni xush ko‘radilar. Multimedia vositalari ta’lim berishning samarali va istiqbolli quroli (instrumentlari) bo‘lib, u o‘qituvchiga an’anaviy ma’lumotlar manbaidan ko‘ra keng ko‘lamdagi ma’lumotlar massivini taqdim etish; ko‘rgazmali va uyg‘unlashgan holda nafaqat matn, grafiklar, sxemalar, balki ovoz, animasiyalar, video va boshqalardan foydalanish; axborot turlarini ta’lim oluvchilarning qabul qilish (idrok etish) darajasi va mantiqiy o‘rganishiga mos ravishda ketma-ketlikda tanlab olish imkoniyatini yaratadi. Multimedia - zamonaviy texnik va dasturiy vositalardan foydalangan holda interaktiv dasturiy ta'minot nazorati ostida vizual va audio effektlarning o'zaro ta'siri, ular matn, ovoz, grafik, fotosuratlar, videolarni bitta raqamli tasvirda birlashtiradi. Vizual va eshitish orqali kirish Multimedia odatda bir vaqtning o'zida bir nechta media formatlaridan foydalanishni o'z ichiga oladi, ammo ma'lumotni seriyaliroq taqdim etish orqali yanada samaraliroq ta'limga erishish mumkinligi bahsli. An'anaga ko'ra, multimedia dizaynining asosiy yo'nalishi "ko'p" ga qaratilgan bo'lib, natijada ma'lumotlar turli formatlarda taqdim etiladi. Integratsiyalashgan modeldan ko'rinib turibdiki, vizual va eshitish kiritish o'rtasida bevosita axborot oqimlari mavjud. Ijodiy sanoat ijodkorlik, analitik yondashuv va texnologik ko'nikmalarni talab qiladigan har qanday faoliyat turiga teng ravishda jalb qilinishi mumkin. Multimedia texnologiyalarini bilgan mutaxassis butun faoliyati davomida ijodning istalgan sohasida o„zini sinab ko„rishi mumkin. Reklama biznesi ham an'anaviy multimedia texnologiyalari (televidenie), ham yangilarini - Internetni o'z ichiga oladi. Iste'molchilar e'tiborini jalb qilish uchun tashqi reklamada aql bovar qilmaydigan kombinatsiyalar qo'llaniladi. Sanoat, biznes va ofis ichidagi aloqalar odatda zamonaviy multimedia taqdimotlarini ishlab chiqadigan ijodiy xizmatlar tomonidan ishlab chiqilgan. O'yin-kulgi va tasviriy san'at filmlar va kompyuter o'yinlarini yaratish uchun maxsus effektlar va animatsiyadan foydalanadi. O'yin-kulgi va san'at shu qadar chambarchas bog'langanki, yangi janr - video o'yinlar paydo bo'ldi. Virtual haqiqat moddiy voqelik bilan birga mavjud bo'lib, hodisalar va ranglar bo'yicha ikkinchisidan ustun turadi. Multimedia texnologiyalari turli maqsadlar uchun avtomobillar va mashinalarni loyihalashda faol ishtirok etmoqda. Zamonaviy muhandis SAPR (Kompyuter yordamidagi dizayn) yoki CAE (Computer Aided Engineering) bo'yicha ko'nikmalarga ega bo'lishi kerak. Ushbu texnologiyalar mahsulotni bir vaqtning o'zida turli burchaklardan ko'rish imkonini beradi, bu esa tahlil va kamchiliklarni bartaraf etishni sezilarli darajada osonlashtiradi. Multimedia eng murakkab texnologik operatsiyalarni taqlid qilishda ajoyib ishni bajaradi. Virtual treningdan o'tgan haydovchilar va uchuvchilar osongina haqiqiy transport boshqaruviga o'tishlari mumkin. Bu yerda multimediadan maktab kompyuter kurslari, elektron almanaxlar va ensiklopediyalar yaratish uchun foydalaniladi. Talabalar taqdimotlar va tasvirlangan amaliy tadqiqotlarni turli formatlarda ko'rishlari mumkin. O'quv o'yinlarining yangi usullari maktab o'quv dasturlari va o'quv markazlarini to'ldiradi. Sof amaliy bilimlar uchun o'quv o'yini har qanday nazariyadan yaxshiroqdir. Multimedia materialini yaratish har xil tarkib formatlaridan foydalanishni o‟z ichiga oladi. Agar chiroyli tuzilgan matn asosiy ma’lumotlarni yetkazsa, unda fotosuratlar, audio, video, infografika va boshqa komponentlar maqolada tasvirlangan voqea muhitiga o‟quvchini jalb qilish imkonini beradi. Odamlar obrazlarni tasavvur qilishadi va siz bu obrazlarni ko‟rsatishingiz kerak Umuman olganda, materialga turli xil tarkibiy qismlarni joylashtirish uchun ko‟plab imkoniyatlarning mavjudligi ularni barcha maqolalarda doimiy ravishda ishlatilishini anglatmaydi. Bunday vaziyatda, asosiy narsa haddan oshmaslikdir. Savolni amaliy tomondan ko‟rib chiqing va hikoyangizning mazmunini yetkazishga va o`quvchini tasvirlangan voqealar muhitiga solishga imkon beradigan vaziyatdagina infografiyalardan foydalaning. Ushbu tarkibiy qismlarning barchasi o‟quvchiga kerakli his-tuyg‟ularni uyg‟otishi va uni sizning hikoyangiz qahramonlari bilan hamdard bo‟lishga undashi va materialni o‟qishiga to‟sqinlik qilmasligi kerak. Multimedia materiallarini yaratish uchun turli xil vositalar soni va imkoniyatlarining o‟sishi bilan ulardan foydalanishning dolzarbligi va keraklik darajasi masalasi ochiq qolmoqda. Ta'limda multimedia texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari aniq afzalliklar bilan tavsiflanadi: - bilimlarni o'zgaruvchan egallash usullarini nozik sozlash; - individual shaxsiy fazilatlarni rivojlantirish; - o'quv jarayonlarida faol ishtirok etish. Texnologiyalari hamma joyda faol joriy etilayotgan multimediali o'qitish usullari o'qitish modelini ham o'zgartirdi. Talabaning standart ma'ruzadagi kabi materialdan chalg'itish imkoniyati yo'q. Endi u muammolarni hal qiladi, texnika bilan bevosita hamkorlik qiladi va o'qituvchi uni faqat kerak bo'lganda qo'llab-quvvatlaydi. Shunga ko'ra, baholash samaradorligi oshadi: kompyuterni "aldash" qiyinroq va buning usullari mavzuni ancha chuqurroq bilishni talab qiladi, bu allaqachon o'z-o'zidan natijadir. Multimedia texnologiyalarining turlari Multimedia texnologiyalarini qo'llash quyidagilarga bo'linadi: - umumiy yoki individual foydalanish; - professionallar yoki oddiy iste'molchi uchun; - interaktiv va interaktiv bo'lmagan foydalanish uchun; - ma'lumotdan mahalliy yoki masofadan foydalanish. Multimediali o‟qitish texnologiyalari o'quv jarayonini boyitadi, o'quv ma'lumotlarini idrok etish jarayonida o'quvchining aksariyat hissiy komponentlarini jalb qilgan holda o'rganishni yanada samarali qiladi. Ta‟lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarining joriy etilishi dasturiy va metodik ta‟minotni takomillashtirish, moddiy baza, shuningdek, o„qituvchi mutaxassislar malakasini oshirishni talab etadi. Multimedia vositalari pedagog-kadrlarining malakasini va mahoratini yanada oshirishlarida ham muhim ahamiyatga molikdir. Multimedia texnologiyalaridan foydalanish tajribasi shuni ko'rsatadiki: - o'quvchilarning mehnatga qiziqishi va faolligi keskin oshadi; - fikrlashning algoritmik uslubi rivojlanadi, optimal qarorlar qabul qilish, o'zgaruvchan harakat qilish qobiliyati shakllanadi; - o'qituvchi muntazam ishlarning massasidan ozod qilinadi, olingan natijalar asosida ijodiy faoliyat uchun imkoniyat ta'minlanadi. Materiallar va usullar (Materials and methods) Multimedia orqali o'rganishda miya bir vaqtning o'zida ikki xil ma'lumotni kodlashi kerak: vizual va eshitish. Taxmin qilish mumkinki, bu raqobatdosh ma'lumot manbalari talabani to'ldirishga yoki "yuklashga" moyil bo'ladi. Biroq, psixologik tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, og'zaki ma'lumotlar vizual rasm bilan birga bo'lsa, aslida yaxshiroq eslab qoladi. 1974 yilda Baddeley va Hitch ikki katta, mustaqil komponentlar, odatda parallel ishlaydigan xotirani ish nazariyasini taklif - biri vizual va boshqa og'zaki (yoki akustik) hisoblanadi, qaysi bizga beradi bir vaqtning o'zida ko'zlarimiz va quloqlarimizdan ma'lumotlarni qayta ishlash [3]. Bu aralashtirilgan ta'lim o'quvchini haddan tashqari oshirib yuborishi yoki haddan tashqari ko'tarishi shart emas, lekin haqiqatan ham foydali bo'lishi mumkin. Og'zaki va vizual tarzda taqdim etilgan narsalar yaxshiroq esda qolishi haqiqati, birinchi marta Allan Paivio tomonidan taklif qilingan va keyinchalik Richard Meier va uning sheriklari tomonidan multimediada qo'llanilgan ikki tomonlama kodlash nazariyasida o'z aksini topgan. Bir qator tadqiqotlar orqali Meyer va uning hamkasblari multimediada ikkilamchi kodlash nazariyasini sinab ko'rdilar. Ular ketma-ket hikoya qilish bilan animatsiyani o'z ichiga olgan [1] [8]. Multimediani o'rganayotgan talabalar animatsiya elementlari va matnni alohida o'rganadigan multimediani o'rganayotganlarga qaraganda mavzularni yaxshiroq yetkazishlarini bir necha bor ko'rsatdi. Ya'ni, monomedik emas (faqat vizual o'rganish) emas, balki multimedia kursida o'rganganlarini qo'llash vaqti kelganida ular sezilarli darajada yaxshiroq edi. Keyinchalik bu natijalar boshqa tadqiqot guruhlari tomonidan tasdiqlandi. Dastlab, ushbu multimedia ta'lim tadqiqotlarining ta'lim mazmuni avtomobil tormozlari, velosiped nasosining printsipi yoki bulut hosil bo'lish jarayoni kabi sabablarga asoslangan tizimlarga asoslangan mantiqiy ilmiy jarayonlar bilan chegaralangan. Ammo vaqt o'tishi bilan modallikning ta'siri boshqa sohalarga ham tarqalishi mumkinligi aniqlandi va bular sababiy tizimlar bo'lishi shart emas. Ma'lumot vizual va og'zaki (hikoya) bo'lishi mumkin va kodlanishi kerak. Agar ma'lumot og'zaki kodlangan bo'lsa, bu o'quvchiga kognitiv yukni kamaytiradi va u unga keladigan ma'lumotni yaxshiroq engishi mumkin. O'shandan beri Meyer buni "Modaliy effekt" yoki Modallik printsipi (multimediali o'rganishning kognitiv nazariyasining tamoyillaridan biri) deb ataydi. Bugungi kunda multimedia texnologiyalari — ta’lim jarayonini axborotlashtirishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biridir. Ta’lim jarayoniga multimedia texnologiyalarini joriy etish talabalar va o‘quvchilarni intellektual rivojlantirish hamda jamiyatimizni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirishning muhim shartidir. Shu sababli ham bugungi kun o‘qituvchisi tinimsiz o‘z ustida ishlashi, keng ijodiy tafakkurga ega, ilg‘or pedagogik va multimedia texnologiyalarini samarali qo‘llay oladigan shaxs sifatida o‘z kasbiy-mutaxassisligi uchun zarur fazilatlar egasi bo‘lishi davr talabidir. Ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarining joriy etilishi dasturiy va metodik ta’minotni takomillashtirish, moddiy baza, shuningdek, o‘qituvchi mutaxassislar malakasini oshirishni talab etadi. Multimedia vositalari pedagog-kadrlarining malakasini va mahoratini yanada oshirishlarida ham muhim ahamiyatga molikdir. Oliy ta‟lim talabalari o‟quv jarayonida elektron ta‟lim va an‟anaviy ta‟lim resurslaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‟lishi kerak. Chunki talabalarning juda katta vaqti mosofadan turib ta‟lim olishga qaratilgan bo‟lib, jarayonni samarali tashkil etishda sifatli elektron ta‟lim resursi katta ahamiyat kasb etadi. Misol uchun Buxoro muhandisliktexnologiya institutining NGI ta‟lim yo‟nalishi talabalari uchun yaratilgan “Axborot texnologiyalari fanidan multimediali electron ta‟lim resursini”ni keltirishimiz mumkin. Multimediali o‟qitish o‟quv kursi asosiy tarkibiy qismida interaktiv elementlardan foydalanilganligi talabalar va o‟qituvchilar orasidagi muloqotni yanada faollashtiradi va intensivlikni oshiradi. Multimediali elektron ta`lim resursi tarkibida interaktiv elementlarni qo`llashning ba`zi jihatlarini ko`rib chiqamiz. O'quv multimedia vositalarini yaratish texnologiyasi deganda algoritmik retseptlar ketma-ketligi, ularning natijasi turli darajadagi interaktivlikka ega bo'lgan va o'quv quroli vazifasini bajaradigan ob'ektlarni ishlab chiqish tushuniladi. O'quv multimedia vositalarini yaratish texnologiyasini ishlab chiqish bo'yicha tadqiqotlar bilan ko'plab olimlar shug'ullangan bo‟lsada, ularni yaratish bosqichlarining soni va mazmuni: loyihalash, ishlab chiqish, amalga oshirish to'g'risida umumiy fikr bildirishgan. Lekin bu bosqichlar mazmunini ochishda mualliflar multimediali o„quv vositalarining interaktivlik xususiyatlarini to„liq hisobga olinmagan. Bugungi kunda multimediali o`qitish texnologiyalari ta‟lim jarayonini axborotlashtirishning istiqbolli yo„nalishlaridan biridir. Ta‟lim jarayoniga multimedia texnologiyalarini joriy etish talabalar va tinglovchilarni intellektual rivojlantirish hamda jamiyatimizni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirishning muhim shartidir. Shuning uchun ham bugungi kun o„qituvchisi tinimsiz o„z ustida ishlashi, keng ijodiy tafakkurga ega, ilg„or pedagogik va multimedia texnologiyalarini samarali qo„llay oladigan shaxs sifatida o„z kasbiy-mutaxassisligi uchun zarur fazilatlar egasi bo„lishi davr talabidir. Foydalanilgan adabiyotlar: Abdurahmonova.M. O‘zbek tilshunosligidagi zamonaviy yo‘nalishlar. Ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Toshkent. 2020. Ботвенко М.А. Компьютерная лингводидактика. / Учебное пособие.М. 2009. Saidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar – T.: “Moliya”. 2003. Полат Е.С. Новые педагогические и информационные технологии в системе образования., - М.: 1999. Usmanov A.I. Zamonaviy axborot texnologiyalari. T.: № “Akademiya”, 2007. Yevropa Ittifoqi Parlament Assambleyasining qonunchilik yig‘ilishi. Hujjat №8753. – Fransiya, Strasburg. 6 iyun 2000 y R.X.Alimov. ―Axborot texnologiyasi va tizimlari‖ ,Т.: 2011.-36 b. Babadjonov S.S. Pedagogika oliy taʼlim muassasalari talabalarining mediakompetentligini rivojlantirish muammosini yechish yo‘llari // Halq ta'limi – Toshkent, 2017. Karimova, M. O., & Saidullaeva, A. R. (2020). Pedagogical basis of the use of universal and national values in teh spiritual and moral education of children in the family. PalArch’s Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 17(7), 8547-8555. Urinova, N. M., & Abdullaeva, N. (2021). Opportunities to use project-based teaching technology in the development of students’ research competence. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 2344-2348. Urinova, N., & Abdullaeva, N. (2020). Opportunities for formulating research skills for higher education students. Молодой ученый, (11), 193-195. Абдулазизова, Н. А., & Закирова, Д. С. (2016). VALUE OF DISTANCE LEARNING IN CONTINUING EDUCATION. Учёный XXI века, (12 (25)), 42-45. Ахмедов, Б. А. (2020). Сиддиков Бахтиёр Саидкулович, Джалалов Бахромжон Бегмурзаевич МОДЕРНИЗАЦИЯ ОБРАЗОВАНИЯ-ОСНОВНОЙ ФАКТОР В ФОРМИРОВАНИИ ИННОВАЦИОННОЙ КОМПЕТЕНЦИИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ. Academy, 9, 60. Ахмедов, Б. А., Сиддиков, Б. С., & Джалалов, Б. Б. (2020). МОДЕРНИЗАЦИЯ ОБРАЗОВАНИЯ-ОСНОВНОЙ ФАКТОРВ ФОРМИРОВАНИИ ИННОВАЦИОННОЙ КОМПЕТЕНЦИИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ. Academy, (9 (60)), 20-22. Рафикова, Д., & Каримова, М. (2021). Нормативно-правовое обеспечение процессов модернизации высшего педагогического образования Республики Узбекистан. Общество и инновации, 2(8/S), 214-226. Сиддиков, Б. С., & Джалалов, Б. Б. (2016). OBJECTIVES OF THE YOUTH ACTIVITY BY TEACHING TRAINING. Учёный XXI века, (6-2 (19)), 41-44. Download 408.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling