Kurs ishining maqsadi: O’qituvchining sinfdan tashqari ishlarini amalga oshirish metodikasining ilmiy-nazariy jihatdan asoslash.
Kurs ishining ob’ekti: Boshlang’ich sinf o’quvchilariga sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish metodikasini organish va tadqiq qilish.
Kurs ishining predmeti: Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish metodikasining mazmuni, shakli, vosita va metodlari.
Kurs ishining vazifalari: Mavzuga doir tibbiy, pedagogik, psixologik adabiyotlarni taxlil qilish va umumlashtirish.
2. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish metodikasining tashkil etish orqali ijtimoiy pedagogik muammolarini o’rganish.
3. Bo‘lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish metodikasiga tayyorlash.
Kurs ishining metodologik asoslari: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Inson huquqlari Umumjaxon Deklaratsiyasi”, O’zbekiston Respublikasining Yangi tahrirdagi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, Boshlang’ich ta’lim Konsepsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 7-fevraldagi farmoni bilan 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, «2022–2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning “Taraqqiyot strategiyasi” ,“O’zbekiston Respublikasida “Oila institutini mustahkamlash Konsepsiyasini tasdiqlash” to’g’risida, hukumat qarorlari va ilg’or tajribalar.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: tadqiqot jarayonida ilgari surilgan fikrlardan, yondashuvlardan hamda samaradorlikni ta’minlovchi tadqiqot natijalari tarbiyaviy ishlar metodikasi fanlari bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar yaratish, shuningdek metodik tavsiyanomalar yaratishda, ish tajribalarini ommalashtirishda samarali foydalanishga xizmat qiladi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va xajmi: ish kirish, 4ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, jami 35 sahifani tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |