Mavzu: O’qituvchining sinfdan va maktabdan tashqari ishlarini amalga oshirish metodikasi reja: I. Kirish II. Asosiy qism
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilishda pedagogik qobiliyatlarning o’rni
Download 179 Kb.
|
O’QITUVCHINING SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI ISHLARINI AMALGA OSHIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogik mahoratning asosiy negizi bu
2.Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilishda pedagogik qobiliyatlarning o’rni.
Pedagogik mahorat–izlanish, ijodiy mehnat ma’suli. pedagogik mahorat hamma o‘qituvchilar uchun bir qoli’dagi ish uslubi emas, balki u har bir o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida yuzaga keladigan jaraoyondir. Mahoratli pedagog deganda - ravon va ta’sirchan nutqqa ega bo‘lgan, o‘tilayotgan mavzuga o‘quvchi diqqatini torta oladigan, qobiliyatli, mavzuga mos ko‘rgazmalar ijod qilib, undan unumli foydalana oladigan, har qanday sharoitda ham o‘quvchi qalbiga yo’l topa oladigan, har bir darsi jarayonida bolaning qiziqishi va faoliyatini oshirisha oladigan kishini tushunamiz. V.A. Suxomlinskiy o‘zining «Chin insonni qanday tarbiyalash kerak» degan asarida «O‘qituvchining mehnatini biror narsa bilan qiyoslab ham, taqqoslab ham bo‘lmaydi». To‘quvchi bir soatdan keyin roq o‘z ishining hosilini ko‘radi., ‘o‘lat erituvchi bir necha soatdan so‘ng olovdagi metal oqimidan shodlanadi. Bu uning orzusini yuksak cho‘qqisi; er haydovchi, don se’uvchi g‘allakor bir necha o’ydan keyin dalada o‘stirgan boshoqlari va bir siqim donidan zavqlanadi. O‘qituvchi esa o‘z ijodining ma’sulini ko‘rish uchun yillab mehnat qilishi kerak. O‘qituvchi har bir minut, har bir daqiqada o‘zining o‘ttizta yoki qirqta tarbiyalanuvchisidan har birini ko‘rib turishi, u shu daqiqada nimalar yo’layotganligini, qanday g‘am-alamlar uni tashvishlantirayotganligini bilishi kerak degan fikrlarni bayon etadi. Pedagogik mahorat bir qator kom’onentlardan tarkib topadi. U pedagogika va psixologiya bo’yicha ilmiy bilimlarni, ya’ni kasbiy bilimlar, kasbiy qobiliyat, pedagogik etika va pedagogik texnikani o‘z ichiga oladi. Pedagogik mahoratning asosiy negizi bu – kasbga oid bilimlarni ‘uxta o‘zlashtirishdan iboratdir. O‘qituvchi o‘quv yurtidayoq ilmiy bilimlar sistemasini ‘uxta egallab olishi kerak. pedagogik mahoratni egallashda psixologiya va pedagogika faniga doir bilimlar katta rol o’ynaydi. Ilmiy psixologik va pedagogik bilimlar sistemasining mavjudligi o‘qituvchiga faqat o‘z sinfini hamda ayrim o‘quvchilarni o‘rganish va ularning to’g‘ri fe’l atvorlarini tushunishgagina emas, balki bolalar jamoasi va uning har bir a’zosini rivojlanish istiqbolini ham belgilash imkonini beradi. Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi pedagogik mahoratga ega bo‘lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi. Ijodkorlik hamisha uning hamkori bo‘ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste’dodli kishidagina pedagogik mahorat bo‘lishi mumkin. Qobiliyat esa faoliyat jarayonida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Qobiliyatli va mahoratli o‘qituvchi oldida esa hozirgi kun talabi asosida vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qila oladigan, buyuk vatanni dildan sevadigan va bu yo’lda o‘z jonini ham ayamaydigan yoshlarni vatanga mehr – muhabbat ruhida tarbiyalash vazifasi turadi. O‘qituvchilik kasbini egallashga intilayotgan har bir inson o‘zida avvalo iroda, sabr-matonat, pedagogik mahoratni, o‘qituvchilik ixtisosligiga xos bilim, malaka, ko‘nikmalarni egallashi lozimdir. Mahoratli o‘qituvchi o‘zini mahorat egasi sanasa u quyidagi bilim, ko‘nikma, malakalarni egallagan bo‘lishi zarurdir. 1.O‘qituvchi dunyoqarashi keng, hamma voqea, hodisa ustida erkin fikr yurita olishi zarurdir. 2. Mustaqil O‘zbekistonimiz o‘qituvchisi birinchi galda o‘zi o‘qitadigan fanni chuqur egallagan bo‘lgandagina o‘quvchilarda umumiy va kasbiy ta’lim sifatini oshira oladi va ularda fan - texnika hamda amaliy faoliyatga qiziqish va istaq hosil qila oladi. 3.O‘qituvchi hozirgi zamon fan-texnika talabiga muvofiq yaxshi dars berishi va uning har minutidan unumli foydalanishi zarur. 4.O‘qituvchi yaxshi o‘qituvchi bo‘lishi uchun pedagogika, psihologiyaga qo‘shib, o‘z fanining metodikasini yaxshi bilmog‘i lozim. 5.O‘qituvchining umumiy madaniyati yuqori bo‘lishi bilan birga bu kasb adabiyot va san’at sohasidagi bilimlarga ega bo‘lishni talab qiladi. 6.O‘qituvchi pedagoglik odobiga rioya qilishi kerak. pedagoglik odobi o‘qituvchilik kasbiga xos fazilatlardan bo‘lib, u o‘qituvchining bolalar bilan ishlashi jarayonida uning tajribasi mahorati oshadi. 7. O‘qituvchi pedagoglik mahoratiga va har tomonlama bilimga ega bo‘lishi kerak, chunki unga o‘quvchilar har sohada murojaat qilishlari mumkin.Va nihoyt o‘qituvchida o‘qituvchiga xos bo‘lgan qobiliyatlar mujassam etgan bo‘lishi lozim. Ayrim pedagoglar kasbiy mahorat sirlarini egallash uchun avvalo ta’lim va tarbiya metodlarini takomillashtirishga intiladilar. Bu tabiiy hol, chunki aynan metodlar yordamida pedagog o`z o`quvchilarini turli o`quv faoliyatiga jalb qiladi. Bu bilan o`quvchilarda muayyan bilim, ko`nikma, malakalar va xulqni shakllantiradi. Pedagog faoliyatining muvaffaqiyatli kechishi uning shaxsi, harakateri, o`quvchilar bilan muomilasiga ham ko`’ jihatdan bog‘liq bo`ladi. Lekin, tajribali pedagog uning hatti-harakati o`quvchilarga qanday ta’sir ko`rsatatganligiga ahamiyat berib, unga kerakli tuzatishlar kiritib, takomillashtirib boradi. Bunday o`qituvchilarning ilhombaxsh muammolaridan o`quvchilarda o`qishga intilish o`zlarida yanada yaxshi roq o`qishni uddalay olishiga ishonch hissi ‘aydo bo`ladi. Bu holda ta’lim va tarbiya metodlari pedagog shaxsida mujassamlangan sifatlarni amalga oshirish va undan o`quvchiga axloqiy fazilatlarni o`tkazish vositasiga aylanadi.Shuning uchun ham, pedagogik mahoratni o`qituvchi shaxsi sifatlarining majmui sifatida qarab, uni o`qituvchi yuqori darajada psixologik-pedagogik tayyorgarlikka ega bo`lishi bilan bog‘liq bo`lishini e’tirof etish lozim. Demak, pedagogik mahorat tushunchasi bir-biri bilan bog‘liq bo`lgan bir necha qismlardan tashkil topar ekan. Bunday holda pedagogik mahoratni « pedagogik sistema» sifatida tasavvur qilinadi va u quyidagicha ta’riflanadi: « Pedagogik mahorat shaxs sifatlari majmui va o`qituvchi tomonidan professional-pedagogik faoliyatni mutsaqil ravishda yuuqori saviyada tashkil etishni ta’minlash bo`lib, u pedagogni o`z faoliyati mohirligining eng yuqori cho`qqisiga erishganligini bildiradi». Bundan ko`rinib turibdiki, pedagogik mahorat-bu pedagogik faoliyatning barcha turlarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs va har tomnlama rivojlantirish maqsadlariga yo`naltirish, o`quvchilarda dunyoqarash qobiliyatni shakllantirish va ularda ijtimoiy zarur mehnatga moyillik uyg’otishdir. Muhandis-muallim pedagogik mahorati nazariyasini yaratishda Ural davlat professional-pedagogik universitet olimlari (Bezrukova V.S., Romantsev G.M., Tkachenko V., Zeere.F) munosib hissa qo`shganlar. O`zbekitsonda bu masala bo`o’icha pedagog olimlardan Jo`raev R.X., Nishonaliev U.N., Mirsaidov K.J., Choriev T. va boshqalar samarali ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borganlar. Pedagogik mahorat yaxlit sistema sifatida quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: pedagog shaxsining insonparvarlik yo`nalishiga ega bo`lishi, uning qiziqishlari, qadriyat yo`nalishlari va ideallarining oliy maqsadga-barkamol avlod tarbiyalab etishtirishga yo`naltirilganligi; mutaxassislik fanlari, o`qitish metodikasi, pedagogika va psixologiyadan professional bilimlarga ega bo`lishi;-pedagogik qobiliyatga ega bo`lishi (muloqotga moyillik, ishchanlik, kelajakni tasavvur qila olish, kasbiy mutsaqillik, sensor axborotlarni tezlik bilan anglash (« yo’zidan uqib olish»)); pedagogik texnikani egallashi, ya’ni o`z-o`zini boshqara olishi, o`zaro ta’sir etish va hamkorlikda ishlashni uddalashi. Xalqimizda «birinchi o`qituvchi» iborasi hurmat bilan tilga olinadi, e’zozlanadi. Ustozning rasmi xonadon to`ridan jo’y oladi. Bolaning fanga bo`lgan qiziqishida ham uning o`qituvchi shaxsiga bo`lgan hurmati alohida o`rin tutadi. Ustozning diqqatiga sazovor bo`lgan bola tartib intizomli bo`lishga, berilgan vazifalarni o`z vaqtida uddalashga harakat qila boshlaydi. Bunday munosabatlar oqibat natijada ijobiy samara bera boshlaydi.Ustoz bilan o`quvchi orasida do`stona, samimiy munosabatlarning o`rnatilishida o`qituvchining kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadi. Kasbiy mahoratning asosi – fundamental bilimlardir. O`qituvchining kasbiy bilimi bir tomondan mutaxassislik faniga, ikkinchi tomondan o`quvchiga, uning fanni o`zlashtirishiga yo`naltirilgandir.Ta’lim – tarbiya tizimining zamonaviy yutuqlarini, bola tarbiyasiga oid ‘sihologik – pedagogik bilimlarni, usul va metodlarni mukammal egallagan va ularni o`qitish tizimiga joriy eta biladigan, malaka va ko`nikmalari shakllangan o`qituvchigina bola nazariga tushadi. Shuning uchun o`qituvchining «kasbiy bilimi» tushunchasini keng ma’noda uning mutaxassislik fani bilan bola tarbiyasiga oid bilimlari majmuasi manosida tushunish lozimdir. O`qituvchi vaziyatlarni echishda, yuzaga kelgan ziddiyatlarni bartaraf etishda mutaxassislik va psixologik – pedagogik bilimlarni umumiy, sintezidan foydalanadi. Mutaxassislik va shaxs tarbiyasiga oid bilimlarning biri ikkinchisini to`ldiradi, ular har bir o`qituvchining shaxsiy sifatlari, fazilat va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda o`ziga hos bilim va tarbiya berish tusini oladi. Pedagogik kasbiy bilimlar asosida pedagogik ong shakllanadi. Ular asosida har bir o`qituvchining o`z «qoidalari, tamoyillari» shakllanadi. Ushbu «qoida va tamoyillar» har bir o`qituvchining o`zigagina hos bo`lgan faoliyatida amalga oshiriladi. Mutaxassislik, shuningdek, bola tarbiyasiga oid bilimlar, fan va texnikaning yutuqlari, ilg`or ish tajribalar hisobiga mudom yangilanib turadi. Bu esa o`qituvchining doim o`qishi, o`rganishi, yangilikka intilib ijod qilishini talab etadi. Download 179 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling