Mavzu: O’qituvchining sinfdan va maktabdan tashqari ishlarini amalga oshirish metodikasi reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 179 Kb.
bet7/11
Sana16.06.2023
Hajmi179 Kb.
#1490229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O’QITUVCHINING SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI ISHLARINI AMALGA OSHIRISH

Pedagogik texnika-o‘qituvchining nafaqat ta’lim–tarbiya jarayonida, balki butun kasbiy faoliyatida zarur bo‘lgan umumiy pedagogik bilim va malakalari majmuidir. Pedagogik texnikaning muhim jihatlari-bu avvalo o‘qituvchining mahoratini belgilovchi kasbiy ko‘nikmalari hisoblanadi, ya’ni uning savodli va ifodali so‘zlay olishi, o‘z fikr-mulo­hazasini va bilimini tushunarli tilda ta’sirchan bayon qilishi, his-tuyg’u­sini jilovlay olishi, o‘zining shaxsiy xususiyatlariga xos mimik va panto­mimik qobiliyatlarga ega bo‘lishi, aniq imo-ishora, ma’noli qarash, rag‘batlantiruvchi yoki istehzoli tabassum, so‘zning cheksiz qudrati orqa­li o‘quvchilar ongiga, tafakkuriga ta’sir o‘tkazishi, hozirjavoblik, pedagogik- psixologik bilimlarga ega bo‘lishi kabilardir.
O‘qituvchining pedagogik texnikasi qanday ko‘nikma va malaka­lardan iborat ekanligi, pedagogik texnika vositasida o‘qituvchi ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni zamonaviy talablar asosida qanday tashkil qilishi, o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishida qanday ahamiyatga ega ekanligi kabi muammolar hozirgi kungacha dunyo olimlarining diqqatini o‘ziga jalb etib kelmoqda.
Hozirgi kunda pedagogik texnika tushunchasi ikkita sinfga bo‘lib o‘rganiladi. Birinchi sinf komponentlari o‘qituvchining shaxsiy axloqiy fazilatlari va xulqi bilan bog‘liq bo‘lib, ta’lim–tarbiya jarayonida o‘z–o‘zini boshqarish malakalarida namoyon bo‘ladi:

  • ta’lim-tarbiya jarayonida o‘z xatti-harakatini boshqarishi, (mi­mi­­ka, pantomimika);

  • ta’lim-tarbiya jarayonida o‘z xissiyotini, jilovlay oli­shi va turli ta’sirlarga berilmaslik;

  • mukammal ijtimoiy perseptiv qobiliyatlarga (diqqat, kuzatuv­chan­lik, xayol) egaligi;

  • nutq texnikasini (nafas olish, ovoz, nutq tempi) bili­shi va o‘z o‘rnida qo‘llay olishi.

Texnikaning 2-sinf komponentlari o‘qituvchining shaxs va jamoaga ta’siri, ta’lim-tarbiya jarayoni texnologik tomonini qamrab oladi:

  • o‘qituvchining didaktik, tashkilotchilik, konstruktiv, kommu­nika­tiv qobiliyatlari;

  • ta’lim bir reja asosida o‘z oldiga qo‘yilgan talablarning baja­rilishini nazorat qilishi;

  • ta’lim muassasasida, jamoada ta’lim-tarbiya bilan bog‘liq ijodiylikni tashkil eta olishi;

  • o‘quvchilar bilan pedagogik muloqot jarayonini muvozanatda saqlab boshqara olishi.

  • If moral education, and social develo’ment. Moral education and faulto’ human social breakdown and social benefit (theft, extremism, lies, fraud, etc.) face. Moral education to meet the needs of ‘eo’le looqing for ways to communicate with ‘eo’le and to im’rove the qualito’ of social.1

  • Agar odamning axloqiy Tarbiyasi to’g‘ri bo‘lsa, u ijtimoiy rivojlanadi. Axloqiy Tarbiyasi nosoz odamning ijtimoiy sifatlari nuray boshlaydi va ijtimoiy illat (o‘g‘rilik, nashavandlik, yolg‘on so‘z, firibgarlik va hokazo) larga duchor bo‘ladi. Axloqiy Tarbiyasi yaxshi odam ehtiyojini qondirishning to’g‘ri yo’llarini izlaydi hamda odamlar bilan muloqotda bo‘lib, yaxshi ijtimoiy sifatlari takomillashib boradi.

O‘qituvchining tarbiyalanuvchi ob’ekti oldida o‘zini boshqarishida aktyorlik san’atiga xos bo‘lgan xususiyatlari, ya’ni mimik va ‘antomimik qobiliyatlari muhim rol o’ynaydi. Aktyor bir obrazni ta’lim bir muddatda tayyorlab, bir yoki bir necha marotaba bir xil ko‘ri­nishda sa’nada namo’yish esa, o‘qituvchi butun o‘quv yili davo­mida, har bir darsda yangi mavzuni o‘tilgan mavzular bilan bog‘lab, zamonaviy innovatsion usullar vositasida o‘quvchilar ongiga etkazish uchun shuqur tayyorgarlik ko‘radi, sinf jamoasidagi o‘ziga xos pedagogik va ‘sihologik muhitni, har bir o‘quvchining shaxsiy xususiyatlarini e’tibor­ga olib pedagogikfaoliyat ko‘rsatishga majbur. Bunday ulkan ma’suliyatni yuqori saviyada bajarish uchun o‘qituvchidan yuksak pedagogik texnik tayyorgarlikka ega bo‘lish talab etiladi.



Download 179 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling