Mavzu: oqsilning murakkablashgan ikkilamchi strukturasi. Reja: oqsillarning ikkilamchi sturukturasi oqsillarning uchlamchi sturukturasi
Download 158.56 Kb.
|
Oqsillarning ikkilamchi tuzilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.7-rasm. a- α -spiral; b-prokollagen
MAVZU:OQSILNING MURAKKABLASHGAN IKKILAMCHI STRUKTURASI. REJA: 1.OQSILLARNING IKKILAMCHI STURUKTURASI 2.OQSILLARNING UCHLAMCHI STURUKTURASI 3.OQSILLARNING TO’RTLAMCHI STURUKTURASI 4.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI Rentgenostrukturali tahlil usulining natijalari asosida oqsil molekulasining yana ikkita tuzilish darajasi borligi aniqlandi: murakkablashgan ikkilamchi struktura va domen oqsillar. Murakkablashgan ikkilamchi strukturada oqsil strukturalar bir-biri bilan o`zaro bog`langan holatda bo`ladi, ya’ni bunda oqsillardagi α-spiral va β-struktura
Superspiralning qisqa qismlari globulyar oqsillar (bakteriorodopsin, gemeritrinlar)da, tartibli shakldagi ko`proq hollarda fibrillyar oqsillarda uchraydi. Keratinda 3 ta α-spiral zanjirlar superspiral holatidagi birlamchi agregatlar – protofibrillalarni hosil qiladi, ular esa o`z navbatida oqsillarning murakkabroq tuzilishi – mikrofibrillalarga birlashtiradi. Kollagenli spiral. Kollagen odam organizmida keng tarqalgan suvda erimaydigan tolasimon oqsil bo`lib, umumiy oqsil miqdorining 30% ni tashkil etadi. Boshqa moddalar bilan birgalikda odamdagi biriktiruvchu to`qimaning asosiy qismini tashkil etuvchi kollagen tolalarni hosil qiladi. Kollagenning birlamchi strukturasi mingga yaqin aminokislotalardan iborat singan chiziqqa o`xshaydi, chunki polipeptid zanjiri gli-pro-pro-OH tarkibli tripletlarning takrorlanishidan tuzilgan, ya’ni tarkibida antispiral aminokislotalar saqlaydi. Shu sababli ikkilamchi strukturasini shakllanishida odatdagi vintsimon simmetriyali α-spiralni hosil qila olmaydi va bukilgan holdagi spiral (α-zanjir) shakliga ega. Uchta parallel bukilgan α-zanjirlar murakkablashgan ikkilamchi struktura – superspiral (prokollagen yoki tropokollagen) ko`rinishida buralib, zanjirlar orasidagi tripletlar vodorod bog`lari yordamida mustahkamlangan. Spiral zanjirlarini bir-biriga yaqinlashishidan kompakt superspiral strukturali ko`rinish qabul qiladi. Kollagen tibbiyot amaliyotida katta ahamiyatga ega. Biopolimerlar asosida olingan kollagen plyonkalar, gubkalar yaralardan qon oqishni to`xtatishda, kuygan, trofik yaralarni davolashda ishlatiladi. Kollagenni qisman gidrolizlash yo`li bilan tayyorlangan jelatina oshqozon-ichaklardan qon ketganda qonni ivishini oshiruvchi eritma sifatida qo`llaniladi. Jelatinol preparati – jelatinani erkin aminokislotasi gidroliz mahsuloti bo`lib, undan natriy xloridning izotonik eritmasi tayyorlanib, plazma o`rnini bosuvchi modda sifatida ishlatiladi. Murakkablashgan ikkilamchi strukturaning yana bir boshqa guruhi βαβ strukturadan iborat, ya’ni α-spiral 2 ta bukilgan β-qatlam bilan o`zaro ta’sirlashgan variantidir. Ko`proq βαβαβ struktura uchraydi, shuningdek β β β (LDG, stafilokokkli nukleaza, T4-lizotsim va boshqalar) uchraydi.
Download 158.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling