1.8-rasm. Murakkablashgan ikkilamchi struktura. a- βcβ-zveno; b-βαβαβ; v-β β β
Domen oqsillar. Ko`pchilik yirik molekulali globulyar oqsillarning ikkilamchi strukturasi yanada murakkab. Uning alohida avtonom globulyarli funktsional qismlari – domenlar deyilib, yaxlit molekula esa – domen oqsil deb aytiladi. Ular o`zaro ikkilamchi strukturadagi α-spiral va β-strukturalari bir-biri bilan qisqa, polipeptid zanjirining aylanuvchi qismlari bilan bog`lanadi.
Domenlar tarkibida o`rtacha 100-150 ta aminokislota qoldig`i ―avtonom – kichik globula‖ uchun javobgar, eni 2,5 nm atrofida.
Ko`pchilik oqsillarning, masalan, immunoglobulinning domenlari strukturasi va bajaradigan vazifasiga muvofiq turlicha bo`lishi aniqlangan.
Oqsillarining struktura domenlari α-spiral va β-strukturaning soni, shuningdek domenda ularning joylashish xususiyatlariga qarab bir nechta guruhga bo`linadi:
α-oqsillar - ko`p sonli α-spirallarga ega (mioglobin, gemoglobin, kaltsiy bog`lovchi oqsillar).
β-oqsillar – asosan antiparallel β-qatlamdan iborat (ximotripsin).
α+ β-oqsillar – bu oqsillarda faqat α-spiraldan tuzilib asosan antiparallel
β-qatlamdan iborat qismlari bor (insulin, lizotsim, ribonukleaza, sitoxrom b5).
α / β oqsillar. Zanjirda α-spiral va β-strukturalar navbatma-navbat keladi. Markazda joylashgan β-struktura o`zaro–parallel, (geksokinaza, karboksipeptidaza, LDG).
Ikkilamchi strukturasi aniq bo`lmagan domen oqsillar.
Oqsillarning uchlamchi strukturasi. Polipeptid spiralining fazoviy qurilishiga oqsilning uchlamchi strukturasi deyiladi. Uchlamchi struktura shakliga ko`ra globulyar va fibrillyar oqsillarga bo`linadi. Globulyar oqsillar asosan elipssimon, fibrillyar (ipsimon) oqsillar esa – uzun (tayoqcha) shakliga ega.
Uchlamchi strukturani ko`rinishi
fibrillyar
|
oqsillar
|
faqat
|
beta-
|
strukturaga,
|
globulyar
|
oqsillar esa
|
alfa-spiralga ega, degan fikrga asos
|
bo`la
|
olmaydi. Chunki
|
shunday
|
fibrillyar oqsillar borki, ular qatlam
|
varaqchali
|
ikkilamchi
|
strukturaga
|
emas,
|
balki spiral
|
ko`rinishida
|
bo`ladi.
|
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |