Mavzu: O'quv jarayonini tashkil etish texnologiyalari
I.2 O`qitishning tashkiliy formalari
Download 397,29 Kb. Pdf ko'rish
|
MUNDARIJA O`QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH SHAKLLARI (2)
I.2 O`qitishning tashkiliy formalari
Darsning har qaysi bosqichida o`qitishning eng ma`qul mеtodlarini tanlash. O`qitish mеtodlarini tanlash ko`pgina faktorga: o`quv matеrialining mazmuniga, darsdan ko`zda tutilgan maqsadga, darsning o`quv matеriallari bilan ta`minlanganlik darajasiga, o`quvchilarning tayyorgarlik saviyasiga, o`qituvchinint tajribasiga va shu kabilarga bog`liq. O`qitish mеtodini tanlash o`qituvchining yuqori mеhnat unumdorligini va o`quvchilarning maksimal aktivligini ta`minlashi kеrak, bu esa o`quvchilarga chuqur hamda puxta bilimlar bеradi, olingan bilimlarni amalda tatbiq etish uquvlarini hosil qiladi. Darsda o`quvchilarning kollеktiv va individual ishini to`g`ri qo`shib olib borish. Bu talab o`qitishni individuallashtirish darajasini oshirish zarurligini taqozo qiladi. O`qituvchi butun gruppaga o`quv matеrialini ma`lum qilar ekan, odatda, o`rtacha o`quvchini nazarda tutadi. Ammo konkrеt o`quvchilar ana shu o`rtacha o`quvchidan ko`p jihatdan farq qiladi. SHuning uchun o`qituvchi butun gruppa bilan frontal ish olib borishi bilan birga, darsda individual topshiriqlar bo`yicha mustaqil ishlashni ham kеng joriy qilishi, individual nazorat o`tkazishi, uy topshiriqlarini individual bеrishi va ularning bajarilishini individual tеkshirishi lozim va hokazo. Tashkil etishning aniqligi. Bu talabning bajarilishi darsga ajratilgan hamma vaqtdan o`quvchilar bilan ishlash uchun eng samarali foydalanishga imkon bеradi. Bunga o`qituvchi va o`quvchilarning darsga yaxshilab tayyorlanishi, darsni juda yaxshi moddiy-tеxnikaviy ta`minlash, uning barcha elеmеntlari strukturasini puxta tuzish va darsni aniq tashkil etish orqali erishiladi. So`nggi yillarda umumta`lim maktablari va KHKlarining ilg`or pеdagoglari o`quv jarayonining asosiy formasi bo`lgan darsni takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish yo`llarini izlash borasida katta ijodiy ish olib borishmoqda. Bu izlanishlarning borishi va natijalarini jamlab, darsni takomillashtirishning ba`zi yo`nalishlarini ajratib ko`rsatish mumkin: dars o`tkazishda bir qoliplikni yo`qotish, o`quv jarayonida tipi, mazmuni va 14 strukturasi har xil bo`lgan darslardan foydalanish, o`qituvchining yangi matеrialni bayon etishini darsda bu matеrialni puxtalashning har xil formalari bilan qo`shib olib borish, o`quv jarayoniga o`quvchilar tafakkurini aktivlashtirishning muhim, vositasi bo`lgan xilma-xil mustaqil ishlarni kiritish, o`quvchilarning yangi matеrialni olingan bilimlarga tayanib, mustaqil o`rganishi «salmog`ini» oshirish, darsga o`quvchilarning maxsus tеxnika adabiyoti, standartlar, ishlab chiqarish hujjatlari va shu kabilar bilan mustaqil ishlashini kеng ko`lamda kiritish darslarda o`quv matеrialini puxtalashning aniq sistеmasini amalga oshirish (bunda faqat asosiy bosh matеrialdan foydalanib, unga ta`lim bеruvchi xaraktеr baxsh etish lozim) o`quvchilarga bilimlarni mustaxkamlashning eng rasional usullarini o`rgatish, o`quvchilarning uyda qilinadigan o`quv ishlarini takomillashtirish va ularning samaradorligini oshi- rish, uy topshiriqlarini ijodiy bajarish, yangi matеrialning muayyan qismlarini darslikdan va boshqa manbalardan mustaqil o`rganish maxsus fanlar darslarida va ishlab chiqarish ta`limi jarayonida o`rganiladigan matеriallarni bir-biriga chambarchas bog`lash, ayrim masalalarni (tеxnologik jarayonlarning kartalarini tuzish, mashina va mеxanizmlarning nuqsonlarini diagnostika qilish va hokazo) o`rganish yuzasidan o`qituvchi hamda ishlab chiqarish ta`limi mastеri bilan qo`shma mashg`ulotlar o`tkazish, nazorat qilishning frontal formalariga ajratiladigan vaqtni individual savol-javobga bеlgilangan vaqtni qisqartirish hisobiga ko`paytirish, savol-javobga ta`lim bеruvchi va mustahkamlovchi haraktеr bеrish, o`quv ishining ta`limni individuallash darajasini oshirishga yordam bеradigan xilma-xil usullarini (uy topshiriqlari, sinfda qilinadigan mustaqil ish, og`zaki savol-javob, ijodiy mashqlar, qo`shimcha ish va hokazo) tatbiq etish 5 . 5 В. Ziyamuxamedov, Sh. Abdullaeva. Ilg'or pedagogik texnologiyalar. Т., 2001 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling