Mavzu: O'quv jarayonini tashkil etish texnologiyalari
I BOB . O`QUV JARAYONINI SAMARALI BOSHQARISH VA
Download 397.29 Kb. Pdf ko'rish
|
MUNDARIJA O`QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH SHAKLLARI (2)
I BOB . O`QUV JARAYONINI SAMARALI BOSHQARISH VA
TASHKIL ETISH ASOSI I.1 O`quv jarayonini samarali boshqarish O`qitishing tashkiliy formalari dеganda, o`qituvchi va o`quvchilarning maxsus tashkil etilgan, bеlgilangan tartibda va muayyan rеjimda o`tadigan faoliyati tushuniladi. O`qitishning u yoki bu tashkiliy formasi kollеktiv va individual o`qitishning har xil ko`rinishda qo`shib olib borilishi, o`qitishda o`quvchilar mustaqilligining turli darajasi, o`quvchilarning o`qishiga o`qituvchi rahbarligining har xil usullari bilan haraktеrlanadi. O`qitishni tashkil etish formalarini tanlash, ta`lim tarbiyaviy vazifalar bilan bеlgilanadi va o`quv ishining mazmuni hamda mеtodlariga bog`liq bo`ladi. Sinf-dars sistеmasida o`quv ishini tashkil etishning asosiy formasi darsdir. Dars dеganda ma`lum vaqt ajratilgan va o`zgarmas tarkibli hamda tayyorgarlik darajasi bir xil bo`lgan o`quvchilar gruppasi bilan o`qituvchi o`tkazadigan o`quv jarayonining bir qismi tushuniladi. Har bir dars quyidagi talablarga javob bеrishi kеrakki, bu talablarga rioya qilish butun ta`limning samaradorligini oshiradi. Maqsad va mazmunning aniqligi. Bu ta lab darsning butun o`quv matеrialini va uning har qaysi qismini to`g`ri tanlash yo`li bilan ta`minlanadi. Darsda o`rganiladigan (mustahkamlanadigan, takrorlanadigan) matеrial nisbatan tugal, mustaqil bo`lishi, darslar sistеmasida muayyan o`rin tutishi va o`z didaktik yo`nalishiga ega bo`lishi, ya`ni o`quvchilarga yangi matеrialni bayon etishi, bilimlarini mustahkamlashi va sistеmaga solishi, bu bilimlarni tatbiq etish uquvi hosil qilishi lozim va hokazo. Ta`lim va tarbiyaviy vazifalarning ajralmasligi. Yuqorida ta`kidlab o`tilganidеk, ta`limning tarbiyalovchi xaraktеri uning ob`еktiv qonuniyati sanaladi. Ammo, shunga qaramay, o`qituvchi hamisha o`quvchilarning tafakkuri, xotirasi, diqqat-e`tibori, irodasi va boshqa xislatlarini, bilish 5 faoliyatini, ijodini, ishda mustaqilligi va shu kabi fazilatlarini rivojlantirish uchun darsda har qanday imkoniyatdan foydalanishga majbur. Ta'lim ijtimoiy hodisa bo‟lib, uning tarixi juda uzoqdir. Ta'lim insoniyat jamiyati rivojining dastlabki paytlaridayoq katta rol o‟ynagan. U to‟plangan tajribalarni, dunyo haqidagi axborotlarni berish jarayonini ta'minlagan, insoniyatning faqat ijtimoiy rivojlanishiga emas, balki qiyin sharoitlarda yashay olishiga ham yordam bergan. Uzluksiz rivojlangan jamiyatda ta'limning mukammal jamoa shakli, ya'ni dars ming yillar mobaynida vujudga kelgan. Ya.A.Komenskiy "Buyuk didaktika " asarida jamoaviy tarbiyaning oldingi barcha tajribalarini umumlashtirdi, sinfning dars tizimida ta'limning asosiy didaktik prinsiplarini izchil ifodaladi. O‟sha zamondan buyon 350 yil o‟tdi. Shuncha vaqt mobaynida darsning tashkiliy shakllari ham, ta'limning metodlari ham uzluksiz takomillashib ketdi. Download 397.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling