O’quvchilar bilan sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar
Download 65.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqMaktabdagi to‘garak ishlarini o ‘quvchi tarbiyasiga ta’siri. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlaming maqsadi va vazifalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning mohiyati va vazifalari
Maktabdagi to‘garak ishlarini o ‘quvchi tarbiyasiga ta’siri. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlaming maqsadi va vazifalar REJA: 1. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning mohiyati va vazifalari 2. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar jarayonida o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash 3. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etish shakllari 1. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning mohiyati va vazifalari O’rta umumta’lim maktab o’quvchilari ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilash uchun o’qituvchi va tarbiyachilar sinfdan va maktabdan tashqari ishlar imkoniyatidan keng ravishda foydalanadilar. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga turli anjumanlar, kechalar, o’tkir zehnlilar musobaqasi, ekskursiyalar o’tkazish, kino-teatrlarga borish, zavod va fabrikalarga ekskursiya tashkil etish, devoriy gazetalar chiqarish va boshqalar kiradi. Sinfdan tashqari ishlar ikki turga bo’linadi: ta’limiy va tarbiyaviy. Sinfdan tashqari ta’lim ishlariga maktabda ma’lum fan yuzasidan tashkil etiladigan ishlar: to’garaklar, olimpiadalar kiradi. Biz ushbu kurs ishimizda mavzuimiz muammosi yuzasidan sinfdan tashqari tashkil etiladigan tarbiyaviy ishlarga ko’proq to’xtalamiz. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning asosiy maqsadi va vazifasi o’quvchilarning axloqiy, mehnat, estetik tarbiyasini yaxshilashdir. Sinfdan tashqari ishlar o’uvchilar qobiliyatini rivojlantiradi, o’qishga bo’lgan havasini oshiradi va ular shaxsini har tomonlama rivojlantirish uchun imkoniyat tug’diradi. Sinfdan tashqari ishlarning asosiy xususiyati shundan iboratki, ular maktab bilan hayot aloqasini mustahkamlaydi. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish san’atkorlar, ishchilar, olimlar, dehqonlar hayoti bilan yaqindan tanishish imkoniyatini beradi. O’quvchilar turli sohalarda ishlayotgan kishilar bilan tanishib, ular kabi Vatanga, xalqqa xizmat qilish istagi paydo bo’ladi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar ixtiyoriy xarakterga ega. Bolalar bunday ishlarga o’z hohishlari bilan ishtirok etishadilar. Bir kishi bir necha tadbirlarda ham qatnashishi mumkin. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish to’g’ri emas. Ular o’z hohishlari va qobiliyatlari asosida chora tadbirlarda ishtirok etishlari mumkin. Sinfdan tashqari ishlar oldiga bir necha talablar qo’yiladi: 1) Barcha tarbiyaviy ishlar istiqlol, milliy g’oyaga qaratilishi lozim; 2) Sinfdan tashqari ishlar o’quvchilar bilimini mustahkamlashi, jismoniy jihatdan sog’lomlashtirishga yordam berishi lozim. 3) Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar ta’limiy ishlar bilan mustahkam aloqada olib borilishi lozim. Maktabda o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish sifatini yaxshilash uchun maktabdan tashqari ishlar ham olib boriladi. Ularga madaniy-ma’rifiy, ta’limiy-tarbiyaviy, sog’lomlashtirish kabi tadbirni kiritish mumkin. Ushbu chora-tadbirlar bolalar tashkiloti tomonidan reja asosida o’tkaziladi. Sinfdan va maktabdan tashqari ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish vazifalari davlat qonun qoidalarida bayon etilgan. Darsdan va maktabdan tashqari ta’limiy va tarbiyaviy ishlar maktab o’quvchilari hayotida katta o’rin egallaydi. Shuning uchun bunday ishlarni to’g’ri va mazmunli tashkil etish maqsadga muvofiqdir, chunki o’quvchilar bo’sh vaqtlaridan dam olish, sevimli ishlari bilan shug’ullanish, aqliy, axloqiy, estetik sifatlarini yanada rivojlantirish uchun to’la foydalansinlar. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar majburiy mashg’ulotdan tashqari o’tkaziladigan tadbirlar kiradi. Maktabdan tashqari ishlarni asosan bolalar va o’smirlar tashkilotlari o’tkazadilar. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar o’quvchilar darsda hamma uchun majburiy bo’lgan o’quv dasturiga muvofiq ravishda o’tkaziladigan ta’lim va tarbiya ishlarining davomi va yanada rivojlantirilishidir. Shu asosda sinfdan va maktabdan tashqariishlar o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, o’quvchilarning darsdagi ishlari takrorlanmaydi. O’zbekistonning o’ziga xos yo’li bilan rivojlanishi, fan va texnikani taraqqiyoti ta’sirida o’quvchilarda o’quv dasturi talablari chegarasidan tashqariga chiquvchi xilma-xil qiziqishlar paydo bo’ladi. Bu qiziqishlarni o’quv mashg’ulotlari jarayonida qondirish mumkin bo’lmaydi. Buning uchun o’quvchilar bilan darsdan tashqari vaqtlarda ularning qiziqishlariga qarab har xil mashg’ulotlar tashkil etish zarur. Sinfdan tashqari mashg’ulotlar o’quvchilar bilan ularni ham aqliy, ham jismoniy va axloqiy mashq qildiruvchi xilma-xil ish turlarini ko’proq o’tkazishga imkon beradi. Ular o’quvchilarda fan va texnikaga qiziqish, ijodiy mehnatga muhabbatni tarbiyalashga, ma’naviyat va axloqni shakllantirishga yordam beradi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning asosiy vazifalaridan biri o’quvchilarning umummilliy va maxsus bilimlarini kengaytirish, turli xil ijodiy qobiliyatlarini, iste’dodlarini aniqlash va privojlantirishga yordam beradi, ularda tashabbuskorlik va mustaqillik sifatlarini tarbiyalaydi. Maktablarda o’quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ishlari o’z xarakteri va mazmuniga ko’ra juda ham xilma-xildir. Ularni bir necha guruhga ajratish mumkin. 1) Ta’lim xarakteridagi mashg’ulotlar. Bu mashg’ulotlarning asosiy maqsadi ayrim fanlarni chuqurroq o’rganish, o’quvchilarda ilm-fanga qiziqish uyg’otishdir. O’quvchilar darsdan tashqari vaqtlarida ilmiy va ommabop kitoblarni mutolaa qiladilar. O’quvchilar o’lkashunoslik ishlarida ham qatnashadilar. Ular jonajon o’lkamiz bo’ylab ekskursiyalarda ishtirok etadilar. Bunday yurishlar ularda vatanparvarlik fazilatlarini tarbiyalaydi. Turli xil mutaxassis va odamlar bilan muomalada bo’lib, axloq-odob qoidalariga qilishni o’rganadilar. 2) Texnikaviy to’garaklarda shug’ullanish. Bularning maqsadi – o’quvchilarni hozirgi zamon texnikasi bilan tanishtirish, mehnat qilish xususiyatlarini rivojlantiradi. 3) Siyosiy-tarbiyaviy xarakterdagi mashg’ulotlar. Bularga siyosiy tadbirlar, shanbaliklar, slyotlar, kechalar, san’at festivali, tarbiyaviy soatlar va boshqa tadbirlarni kiritish mumkin. 4) Maktabda sinfdan tashqari ishlarning asosiy bo’limlaridan biri o’quvchilarning badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni o’qish uchun foydalanish yo’lga qo’yishdir. Har bir bo’sh vaqtidan o’qish uchun foydalanish odatga aylanishi kerak. Bu odatni esa tarbiyalash lozim. Bu ishlar asosan kutubxona mudirasi va sinf rahbarlari, maktab tashkilotchisi va bolalar yetakchisi ishtirokida o’tkaziladi. Ba’zi o’quvchilar kitob o’qish bilan birga badiiy ijod bilan ham shug’ullanadilar. O’qituvchilar, sinf rahbarlari bunday ijodkorlikni har tomonlama va muntazam rag’batlantirishi kerak. Yosh qalamkashlarning eng yaxshi asarlarini devoriy gazeta e’lon qilish va maktab radiosi orqali eshittirishi maqsadga muvofiqdir. O’quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan va maktabdan tashqari ishlar tarbiyaning umumiy tamoyillari asosida quriladi. Shu bilan birga turli xil mashg’ulot va tadbirlarni tashkil etishda o’ziga xos tamoyillar mavjud. Bu tamoyillarni ko’rib chiqamiz. 1) O’quvchilar bilan olib boriladigan barcha sinfdan va maktabdan tashqari ishlar milliy istiqlol g’oyasi asosida bo’lishi lozim. 2) O’quvchilarning sinfdan tashqari ishlarining ma’lum bir bo’limini, shakllari va mazmunini qiziqish va qobiliyatlarni hisobga olgan holda ixtiyoriy tanlashi kerak. 3) Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar ommaviy xarakterga egadir. 4) To’garaklarni tashkil etishda va sinfdan tashqari tadbirlarni o’tkazishda o’quvchilarning mustaqilligi va tashabbuskorligiga tayanish lozim. 5) Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar ijtimoiy foydali yo’nalishda va ijodiy xarakterga ega bo’lishi lozim. 6) Sinfdan va maktabdan tashqari barcha tadbirlar maktab ta’lim-tarbiya ishlarining vazifalariga bo’ysunishi shart. Ana shu tamoyillarni hisobga olib sinfdan va maktabdan tashqari tashkil etilganda ularning samarasi va natijasi ko’proq bo’ladi. Yuqorida qarab chiqilgan har bir qismga taalluqli sinfdan va maktabdan tashqari ishlar turli to’garaklarda, klublarda jamiyatlarda, ommaviy tadbirlarni o’tkazish jarayonida amalga oshiriladi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning barcha shakllarini uch guruhga bo’lish mumkin: O’quvchilarning individual ishlari; To’garaklar, ulardan har biri konkret faoliyat turi bilan qiziquvchi nisbatan oz sonli o’quvchilarni qamrab oladi; Ko’pchilik o’quvchilar uchun tashkil etiladigan ommaviy tadbirlar. Individual (yakkama-yakka) ish to’garaklari tashkil etishda dastlabki bosqich hisoblanadi. U shundan iboratki, ayrim o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida fanni chuqurroq o’rganish bilan shug’ullanadilar. Maktabda tashkil etiladigan sinfdan va maktabdan tashqari ishlar o’quvchilarning bilim saviyasini oshirish bilan birga, ularni axloq-odob, estetik ruhda tarbiyalaydi, ma’naviyatini shakllantiradi. Download 65.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling