Mavzu: O‘quvchilarda suisidal harakatlarni oldini olish


Download 161.22 Kb.
bet3/5
Sana25.12.2022
Hajmi161.22 Kb.
#1066314
1   2   3   4   5
Bog'liq
OvBJT9xUTT8HVMXVlxZ04QKXpbJLoiiQEIv9v0rO

3-topshiriq:
Sehrli stul” mashqi.
Maqsad: baxt xissini shakllantirish, hayotiy qadriyatlarni mustahkamlash, o‘ziga ishonch xissini uyg’otish.
Kerakli jixozlar: uchburchak, to‘rtburchak va doira shaklida qirqilgan rangli qog’ozlar-o‘quvchilar uchun, rangli qog’oz parchalari- trener uchun.
O’tkazilish tartibi:
O’quvchilar o‘zlariga yoqqan shakllardan birini tanlaydi. Natijada uchburchak guruxi, to‘rtburchak guruxi va doira guruxlaridan iborat 3 ta gurux hosil bo‘ladi.
Uchburchaklar – fazilatlar guruxi
To‘rtburchaklar – tashqi ko‘rinish guruxi
Doiralar – ijobiy tilaklar guruxi
Doira o‘rtasiga bitta stul qo‘yiladi. Trener quticha ichidagi rangli qog’oz parchalariga o‘sha sinfda avval o‘tkazgan metodikalar natijasida aniqlangan ruhiy tushkun holatda, noxush holatlarga ta’sirchan, biroz e’tibortalab 3 ta o‘quvchining ismini oldindan yozib qutichaga solib qo‘yadi.
Trener so‘zi:
Hozir men qutichani yaxshilab aralashtiraman, quticha ichidagi qog’ozchalarga sinfimizdagi hamma o‘quvchilar ismi yozilgan, lekin sehrli stulimiz bitta, eng baxtli inson shu stulga o‘tiradi. Qutichani aralashtirib bitta qog’ozchani olib, ichidagi ismni o‘qiydi. Ismi chiqqan o‘quvchi chiqib stulga o‘tiradi. Uchburchaklar stulga o‘tirgan o‘quvchini fazilatlarini aytib maqtashadi, to‘rtburchaklar esa tashqi ko‘rinishiga qarab maqtashadi, doiralar bo‘lsa o‘sha sehrli stulda o‘tirgan o‘quvchiga ijobiy tilaklarni bildiradilar.
Shunday qilib, 3 ta o‘quvchini sehrli stulga o‘tkazib mashqni yakunlaymiz.
Baxtli bo‘lish muammolarsiz, baxtsiz voqyea-hodisalardan xolis bo‘lib yashash degani emas, faqat ularni hayotning bir qismi deb qabul qilish, ularga chidash va bardosh berib yashashga o‘rganish kerak deganidir.
Bunday holatlarni bartaraf etishning turli usullar mavjud:

  • chuqur nafas olish va chiqarish

  • choy, sharbat yoki suv ichish

  • yostiqni mushtlash

  • atrofdagilarga ko‘rsatmasdan yig’lab olish xam yordam berishi mumkin.

O’zingiz uchun qulay bo‘lgan tinchlanish uslini tanlang.
Maqsad: O’quvchilarni mashg’lotdan olgan bilimlarini mustahkamlanganligini aniqlash, xulosa qilishga o‘rganish.
Trening so‘ngida koptokni bir-biriga otib quyidagi jumlani davom ettirish taklif etiladi...
“ Men baxtli inson bo‘la olaman, chunki....”
Endi siz bu savolga umuman boshqa tarzda javob berasiz, chunki xamma narsaga boshqa nuqtai-nazardan qarayapsiz, asosiysi, baxtga boshqa insonlarga yaxshilik qilish, ularga baxt ulashish orqali ham erishish mumkinligiga mashg’ulot davomida ishonch xosil qildik. Shuning uchun har bir kuningiz kutilmagan xushxabar va yangiliklarga boy bo‘lishini istab qolamiz. Mashg’ulotimizni bir rivoyat bilan yakunlamoqchiman.
Ayni kunlarda asabiylashish holatlari kuzatilayotgan quyidagi kishilar guruhini alohida ta’kidlab o’tish joiz:

Download 161.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling