Mavzu: O‘quvchilarni individual xususiyatlari. Kirish. Individuallik tushunchasi
O’QUVCHILARNI INDIVIDUAL SIFATLARI, LAYOQAT VA UNING TURLARI
Download 57.93 Kb.
|
0 Курс иши
- Bu sahifa navigatsiya:
- Layoqat turlari
O’QUVCHILARNI INDIVIDUAL SIFATLARI, LAYOQAT VA UNING TURLARI
Bugungi kunda maktab yoshidagi o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida ularning psixologik holatlarini hisobga olish va o`quvchilar individual xususiyatlarini ta`lim faoliyatida yuqori samaradorlikka erishish kafolatini keltirib chiqaradi. Shu sababdan o`quvchilarning individual xususiyatlari ahamiyatini ta’kidlagan holda ta`lim jarayonida his-tuyg`ularni alohida e`tiborga olish zarur. O`quvchilarning ayni vaqtdagi holati bilimlarni o`zlashtirishni ta`minlaydi. Bu ayniqsa layoqat va uning turlarida nomayon bo’ladi. Layoqat turlari Tabiiy layoqat Tug‘ma xususiyatlar bo‘lib, oliy nerv faoliyati xususiyatlari, miya yarim sharlari faoliyati bilan bog‘liq biologik, fiziologik sifatlar tushuniladi. Ijtimoiy layoqat Ijtimoiy layoqat bola tug‘ilgandan keyin uni o‘rab turgan muhit, muloqot asosida, qobiliyatlarni rivojlantirishi uchun zarur shart–sharoitlar yaratilganda rivojlanadi. Bular asosan ota-ona tomonidan yaratiladi. Tabiiy layoqatni rivojlantirish uchun ijtimoiy layoqat muhiti bo‘lmasligi mumkin. Agar bolada bilim, malaka va ko‘nikmalarni o‘stirish uchun harakat qilinmasa eng kuchli layoqat ham layoqatligicha qolib ketaveradi, u qobiliyatga aylanmaydi. Eng talantli, mashhur shaxslarning eng buyuk ishlari, erishgan muvaffaqiyatlari asosida ijtimoiy layoqat va asosan tinimsiz mehnat, intilish, ijodkorlik va bilimga chanqoqlik yotadi (Qobiliyat bu 1% layoqat, 99% mehnatdan iborat). SHuni unutmaslik kerak-ki, qobiliyatsiz inson bo‘lmaydi. Agar inson adashib o‘zidagi xaqiqiy iqtidor yoki layoqatni bilmay biror bir yo‘nalishni tanlagan bo‘lsa, u atrofdagilarga layoqatsiz, qobiliyatsiz bo‘lib ko‘rinadi, lekin aslida u o‘z vaqtida qanday qobiliyatlari borligini seza olmagani, o‘rganmagani sababli qobiliyatsizlar toifasiga kirib qolgan. Xar bir ongli insonning qobiliyati, zehni bolaligidan e’tiborga olinib o‘zi xohlagan faoliyatda shug‘ullanish va undan qoniqish imnoniyatini yaratish shart. Iqtidorli odam genial yoki talantli bo‘lmasligi mumkin, lekin u har qanday ishda mardlik, chidamlilik, o‘z-o‘zini boshqara olish, tashabbuskorlik kabi fazilatlarga ega bo‘lib, o‘zlari shug‘ullanadigan ishni sidqidildan bajarsa, ba’zan o‘zi iste’dodli, lekin kamharakat, dangasa kishilardan ko‘ra ko‘proq foyda keltiradilar. Iqtidorli kishilarda iste’dod sohibi bo‘lish imkoniyati bor. U tinimsiz mehnat, o‘z qobiliyatini rivojlantirish yo‘lida barcha qiyinchiliklarni engishi va harakat qilishi zarur. Iqtidorli yoshlarning tavsifnomasi kuyidagicha: Kasbiy zukkolik darajasi Ilmiy izlanuvchanlik CHet tillarni egallagan bo‘lishi Jismonan sog‘lom bo‘lishi Zamonaviy texnologiyalardan xabardor bo‘lishi Mustaqil bilim olish qobiliyati Ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishi Intellektual sifatlarga ega bo‘lishi Olimpiada, musobaqalar – iqtidorli yoshlarni izlab topish va ularning ijodiy faoliyatini maqsadga muvofiq shakllantirishning eng ma’qul usuli hisoblanadi. Iqtidorli yoshlar bilan ishlash: Talabalarning imkoniyatlari, mayl va qobiliyatlarini aniqlash maqsadida kasbiy yo‘nalish bo‘yicha psixologik va diagnostik testdan o‘tkazish. Test natijalariga asoslangan holda talabalarni qiziquvchanligi va qobiliyatiga qarab mos guruxlarga ajratish. Iqtidorli talabalarni imkoniyat darajasini hisobga olgan holda shaxsiy reja asosida mustaqil va ijodiy faollikka jalb qilish. Iste’dodli talabalar uchun ayrim fanlar bo‘yicha ekstern usulidan foydalanishni yo‘lga qo‘yish kerak. Tejalgan dars soatlari hisobidan ularga qo‘shimcha o‘quv kurslari tashkil kilish zarur (masalan: chet tili, komp’yuter, menejment kabilar) Iqtidorli yoshlarni va ularning ilmiy rahbarlarini moddiy rag‘batlantirish masalalari ko‘rib chiqilishi kerak. Iqktidorli yoshlarni aniqlash va rivojlantirish bo‘yicha hozirgi kundagi vazifalar quyidagilardan iborat: Talab darajasidagi psixologik va diagnostik testlarni yaratish; Qobiliyat va iqtidorni oldindan aniqlaydigan maxsus gurux yoki kichik markaz tashkil qilish; Rivojlangan mamlakatlar ta’lim va hunar sohalaridagi tajribalarni o‘rganish va malaka almashish uchun iqtidorli yoshlarni chet ellarga yuborish Iqtidorli yoshlarga faol ijod etishi, me’yorda yashashlari uchun iqtisodiy shart-sharoit yaratish Internet va boshqa zamonaviy texnologiya vositalari asosida barcha soha yangiliklaridan xabardor bhlish imkoniyatini yaratish Iqtidorli yoshlarni aniqlash mezonlari: Aqli Fahm-farosati Mantiqiy fikrlashi Ijod qila olishi Ma’naviy saviyasi Ruxiy xolati Mehnatsevarlik tuyg‘usi Insonparvarlik va vatanparvarlik tuyg‘usi Jismoniy barkamollik XULOSA
O‘quvchilarni o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari yoki qiziqmasliklarini qanday tushuntirish mumkin? Bunday savollar juda ko‘p va bunga faqatgina pedagogika va tarbiyaviy ishlar metodikasi fani aniq javob topib beradi. Maktab o’quvchilarining individual xususiyatlari kasb tanlashning ijtimoiy ahamiyatga molik sabablarini shakllantirish uchun darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarda katta imkoniyatlar mavjud. Bu ish maktab direktori, sinfdan va maktabdan tashqari ishlar tashkilotchisi, sinf rahbarlari, fan o’qituvchilari, ota-onalar, ma`rifiy-ma`daniy muassasalar xodimlari, mehnat jamoalari bilan mustaxkam hamkorlikda amalga oshiriladigan birgalikdagi kuch-g’ayratlari bilan yo’naltiriladi va u umumiy tarzda amalga oshirilishi kerak. Kasbga yo’naltirish – yoshlarni erkin va mustaqil kasb tanlashga ilmiy-amaliy jihatdan tayyorlash sistemasidir. O’quvchilarni kasb tanlashga tayyorlash jarayonida ularni individual xususiyatlari bilan ijtimoiy, unumli mehnatga va ijtimoiy munosabatlarga faol qo’shilib ketishga intilish bilan qurollantirilishi muhimdir. Bu o’z navbatida umumiy ta`lim maktabidan ixtisoslashish va ishlab chiqarish tajribasi jihatlarini o’zida mujassamlashtirgan kasbga yo’naltirish shakllarini izlab topishni talab etadi. Download 57.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling