Kurs ishi ob`yekti: Oilada axloqiy munosabatlarni shaklantirishda oilalardagi muhitni o’rganish, barkamol shaxs shakllanishida ota-onaning vazifalari va burchlarini o’rganib chiqish va tahlil qilish.
Kurs ishi predmeti: Oilaviy tarbiya va oiladagi shart –sharoitlarni o’rganish, oila muhitida ta’lim – tarbiya jarayoni, axloqiy munosabatlarning o’ziga xosligini o’rganish, tahlil qilish va uslubiy tavsiyalar berish.
Kurs ishi maqsadi: Oilada axloqiy munosabatlarni shakllantirishni to’g’ri yo’lga qo’yish tadqiqot natijalariga ko’ra yo`l-yo’riqlar ko’rsatib tavsiyalar berish.
Bitiruv ishining mavzusi, muammo va maqsadiga mos ravishda qo’yidagi vazifalarni ochish masalalari qo’yiladi:
O’zbek millatiga xos bo’lgan milliylik, o’zbek oilalarida axloqiy munosabatlarni shakllanganlik darajasini o’rganish, tahlil qilish.
Sharq mutafakkirlarining oilada farzand tarbiyasi haqidagi qarashlarini tahlil qilish.
Oilada farzand tarbiyasida ota-onaning roli va shaxsiy namunasining ahamiyatini ochib berish.
Farzand tarbiyasida milliy qadriyat, an’ana va urf-odatlarni mohiyatini ochib berish.
Farzand tarbiyasi borasida ota-onalar bilan olib borilgan amaliy ishlarni tahlil qilish.
Umumiy nazariya va metadologiyaga tayangan holda bitiruv ishining mavzusini ochib berish uchun qo’yidagi bir-biriga yaqin va bir-birini to’ldirib boradigan
Kurs ishi usullaridan foydalanildi:
Oilalarda axloqiy munosabatlarni shakllantirishga doir ilmiy va uslubiy adabiyotlarni tahlil qilib chiqish.
Mahallalardagi oilalar bilan olib borilgan ishlarni ko’zatish.
Oilalar bilan tanishib, ota-onalar bilan o’z farzandini qanchalik darajada bilishi haqida suhbatlashish.
Ota-onalar bilan ijtimoiy psixologik treninglar hamda testlar va farzand tarbiyasiga doir turli xil savol-javoblar olib borish.
Tadqiqot natijalarini statistik va psixologik tahlil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |