###Galogenni organik moddani yondirish yo’li bilan aniqlash.
Filtr qog’oz tasmasi xloroform bilan ho’llanadi va to’nkarilgan stakan tagida yoqiladi. Qog’oz yonib bo’lgach, stakan devorlarida suvning shudringsimon tomchilari hosil bo’ladi. Stakan to’g’ri qo’yilib, unga bir tomchi kumush nitrat eritmasi tomiziladi. Loyqa yoki suzmasimon oq cho’kma hosil bo’lishi xloroformda galogen borligini ko’rsatadi:
CHCl3 + O → CO2 + H2O + HCl
HCl + AgNO3 → ↓AgCl + HNO3
Savollar, masalalar va mashqlar
1. Quyidagi uglevodorodlarning galogenlar bilan reaksiyasi tenglamasini yozib, hosil bo’lgan uglevodorodlar galogenli hosilalarining nomlarini ayting.
a) C2H6 + Br2
b) CH3 – CH = CH2 + Br2 →
v) CH3 – CH2 – CH = CH2 + HBr →
g) Toluol + CI2
2. Uglevodorodlarning galogenli hosilalari qanday reaksiyalarga kirisha oladi?
3. Uglevodorodlarga nisbatan ularning galogenli hosilalarining izomerlari soni ko’p bo’lishiga sabab nima? Misollar keltiring.
4. Quyidagi birikmalarning struktura formulalarini yozing: a) 2-xlor-3-metil pentan; b) propiliden xlorid; v) 5-yod-2-metil-1-geksin; g) 2,4-dihlor-5-metilgeptan.
5. 2.4-dixlor-2-metilbutanga ishqorning suvdagi va spirtdagi eritmasi ta`sir ettirilganda sodir bo’ladigan reaksiyalarning tenglamalarini yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |