Mavzu: Organizmning aerob imkoniyatlari va chidamlilik Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti
Download 0.85 Mb.
|
Organizmning anarob imkoniyatlari va chidamlilik
Shu bilan birga, aerob yuklamaning nisbiy quvvati qancha kichik bo‘lsa, chidamlilikni MKI ga bog‘liqligi shuncha ko‘p namoyon bo‘ladi. Shundan kelib chiqqan holda, nima sababdan, chidamlilikni namoyon qilishni talab qiladigan sport turlari vakillarida, boshqa turdagi sportchilarnikiga, ayniqsa, xuddi shu yoshdagi mashq bajarmaganlarnikiga nisbatan MKI yuqori bo‘lishi tushunarlidir. Agar, mashq bajarmagan 20—30 yoshli erkaklarda MKI o‘rtacha 3—3,5 l/min ga (yoki 45—50 ml/kg⋅min) teng bo‘lsa, stayer yuguruvchilar va chang‘ichilarda bu ko‘rsatkich 5—6 l/min ga (yoki 80 ml/kg⋅min dan ortiq) yetadi.
Mashq qilmagan ayollarda MKI o‘rtacha 2—2,5 l/min ga (yoki 35—40 ml/kg⋅min) teng, chang‘ichi ayollarda esa — 4 l/min atrofida (yoki 70 ml/kg⋅min dan ortiq). MKI ning absolut ko‘rsatkichlari (l O2/min) gavda kattaliklari (vazni) bilan bog‘liq bo‘ladi (4.1, A-rasm). Shuning uchun, MKI ning eng yuqori absolut ko‘rsatkichlari eshkak eshuvchilar, suzuvchilar, velosipedchilar, konkida yuguruvchilarda namoyon bo‘ladi.
Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling