Mavzu: Orqa miya jarohatlarida shoshilinch yordam


oyoqlari darmonsizlanib, harakat kamayadi, kuchsizlanadi. Orqa miya


Download 32.28 Kb.
bet3/4
Sana07.03.2023
Hajmi32.28 Kb.
#1244704
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Orqa miya jarohatlarida shoshilinch yordam

oyoqlari darmonsizlanib, harakat kamayadi, kuchsizlanadi. Orqa miya

chayqalishining og‘ir hollarida, qaysi joy jarohatlanishiga qarab, tetraplegiya

yoki paraplegiya paydo bo‘ladi. Qisqa muddatda siydik tutilib, tizza va

Axill reflekslari yo‘qoladi, sezuvchanlik unchalik buzilmaydi.

Orqa miya lat yeyishi. Bunda orqa miyaning ayrim qismlari nekrozga

uchrashi, yumshab qolishi va qon quyilishi kuzatiladi. Ularning oqibatida

orqa miya o‘z vazifasini bajarmaydi, natijada, falajlik paydo bo‘ladi.

Sezuvchanlik va chanoq a’zolarining ishi buziladi. Kasallik asta-sekinlik

bilan tuzala boshlaganida orqa miyada organik zararlanishga xos belgilar

paydo bo‘ladi. Bunda mushaklar tonusi, pay reflekslarining baland bo‘lishi

bilan birga patologik reflekslari ham paydo bo‘ladi. Orqa miyaning o‘z

tomirlaridan qon quyilishi — gematomiyeliya, pardalar tomirlaridan qon

quyilishi — gematoraxis deb ataladi.

Gematomiyeliya orqa miyaning markaziy kanal va shox sohasining

kulrang moddasida bo‘ladi. Bunda orqa miyaning zararlanganligiga xos

belgilar birdan paydo bo‘lib, keyinchalik yo‘qolib ketishi mumkin. Orqa

miyaning oldingi shoxiga o‘tish natijasida parez va plegiyaga olib keladi.

Dissotsiyalashgan tipdagi sezuvchanlik buzilgan bo‘ladi, ya’ni chuqur

sezuvchanlik bilan taktil sezuvchanlik saqlanib, og‘riq va harorat

sezuvchanligi buzilgan bo‘ladi. Gematoraxisda qon qattiq miya pardasidan

ichkariga (subdural va subaraxnoidal) va tashqariga (epidural) qon quyilishlar

kuzatiladi. Gematoraxis jarohatlangan vaqtdan boshlab, klinik manzaralar

paydo bo‘lguncha oradan bilinmay turadigan vaqt (kasallikning yashirin

davri) o‘tishi xarakterlidir. Bu vaqt bir necha daqiqadan bir necha soatgacha

davom etadi. Subaraxnoidal qon quyilishida miya pardasining ta’sirlani-

shiga xos belgilar (ensa mushagining tarangligi, Kernig, Brudzinskiy


Download 32.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling