Mavzu: O’rta asr musiqa san’ati haqida Kirish Madaniyat rivojida antik madaniyatning ahamiyati


Download 28.16 Kb.
bet4/7
Sana23.04.2023
Hajmi28.16 Kb.
#1392190
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2. Mavzu

Abu Rayxon Beruniy (973-1048 yy). Xorazmda tavallud topgan bu mutafakkir, serqirra olim astronomiya, tarix, tibbiyot, riyoziyot, jug‘rofiya, geodeziya, meteorologiya, etnografiya, falsafa, filologiyaga oid 150 ga yaqin asarlar yaratgan. Bu asarlar Beruniy nomini jahonga taratdi. Shuningdek, uning xikoyalar, she'rlar bitganligi xam ma'lum. Beruniy o‘rta asrda birinchi bo‘lib globus yaratdi. U arab, fors, hind turkiy tillarni mukammal bilgan. Uning «Farmokanaziya», «Geodeziya», «Hindiston», «Minerologiya», «Ma'sud qonuni», «qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarlari o‘zbek va rus tillariga tarjima qilingan. Maxmud G‘aznaviy saroyda ham xizmatda bo‘lgan. U Ibn Sino bilan ham zamondosh edi.
Abu Ali Ibn Sino (980-1037 yil) U falsafa, mantiq ruxshunoslik, adabiyotshunoslik, she'riyat, musiqa, geologiya, minerologiya, fizika, matematika, tibbiyot, astronomiyaga oid yuzlab asarlar yaratdi. Abu Alining ilmiy qiziqishlari doirasi shu qadar keng bo‘lganki, uning 40 dan ziyod tibbiyotga, 30 ga yaqin astronomiya va tabiatshunoslik fanlariga, 185 ta falsafa, mantiq va ilohiyotga bag‘ishlangan asarlar yaratgani ma'lum.
Rus professional musiqasi aynan xonandalik san’atining rivojida katta o`rin egalladi. Glinka “Musiqani xalq yaratadi, bastakorlar unga sayqal beradilar” - degan edi. Haqiqatdan ham rus xalq qo`shiqlari rus bastakorlarining ilxomlanish manbai bo`lgan. Uning asosida birinchi rus opera asarlari yaratila boshlandi. Rus professional xonandalarining yetishib chiqishiga Rossiyada cherkov qo`shiqchiligi katta hissa qo`shdi. Kiyev Rusida xristian dinining to`la qabul qilinishi nafaqat dinga xizmat qiluvchilarga, balki musiqiy savodi bor xonandalarga bo`lgan talabni keltirib chiqardi. Manastirlar qoshidagi maktablarda xonandalar Musiqiy savodni to`liq o`rganishar edi. Qadim rus cherkov musiqasi to`liq jo`rsiz kuylashga asoslangan edi. (Musiqiy sozlar jo`rligida ijro etish taqiqlangan). Shu tariqa - rus xalq qo`shiqlari va cherkov qo`shiqchiligi, xonandalik madaniyati, professional akademik qo`shiqchiligining dunyoga kelishida va rivoj topishida muhim o`rin egalladi.

XVI asr o`rtalarida va XVIII asr boshlarida musiqiy teatrlar tashqil etish uchun ilk harakatlar bo`ldi. Pyotr davrida Kunst boshchiligidagi 7 kishidan iborat aktyorlar guruhi taklif qilindi va ilk bor ariya, ariozolar kiritilgan tomoshalar namoyish etila boshlandi.

1735 yilda Rossiyaga F.Arayya boshchiligidagi italyan opera truppasi doimiy faoliyat uchun taklif etildi. Italyan operasi rus zaminida ildiz ota boshladi. Bu davrda Rossiyada opera yangilik bo`lsa, Italiyada yarim asr maboynida ijro etilib kelmoqda edi.

Opera yangi janr sifatida uyg‘onish davri ta’sirida dunyoga keldi. O`sha davrga xos polifonik uslub kuylovchiga hissiyotlarni bildirishga imkoniyat bermas edi. So`z ko`povozli musiqa sayqali ichida yo`qolib, ma’nosiz bo`lib qolar edi. Ilg‘or musiqachilar guruhi o`z ijodlariga gomofon uslubni qaytarib musiqa so`zga asoslanishi kerakligini ko`rsatdilar. Bu izlanishlar zaminida yangi musiqiy gomofon shakldagi jo`rli opera, kantata, yakka ovozlar uchun asarlar yaratildi. Rossiyaga italyan operasi kirib kelayotgan vaqtda italyan byelkantosi - yuqori xonandalik mahorati ikkinchi davrni o`z boshidan o`tkazayotgan edi. Bu betakror kastrat-xonandalarining, o`ziga xos kuylashning yuqori cho`qqisini egallagan ustalarining sahnadagi hokimligi davri edi.

Italiya xonandalik san’atining ulkan rivoji boshqa davlatlarning musiqiy va qo`shiqchilik san’ati rivojiga o`z ta’sirini ko`rsatmay qolmas edi. G’arb durdonasi - opera Rossiyaga kirib kelgan davrda juda qiyinchilik bilan saroy ahli tomonidan qabul qilina boshladi. Jiddiy opera zerikarli tuyilar, mahorat bilan ijro etilayotgan kuylash odatiy emasdek edi. Ko`proq xor musiqasiga ahamiyat berilar edi. Bu ajablanarli holat emas, chunki Italiya operasi paydo bo‘lish davrigacha xor san’ati yuqori rivoj topgandi, Yevropaning hech qaysi davlatida xor asarlari bu tariqa ko`p bo`lgan emas edi.

Bastakor Arayya Rossiyada 25 yil faoliyat ko`rsatdi. Yelizaveta Petrovna davrida operaga borishga odamlar majbur etilardi, Yekaterina davriga kelib operaga borish sevimli madaniy xordiqqa aylandi. Musiqa va kuylashni o`rganish tarbiyaning muhim bo`lagi sifatida qabul qilindi. Mahalliy xonanda va musiqachilarni tayyorlashni taqazo etuvchi shox farmonlari chiqarildi, “Gluxov qo`shiqchilik maktabi” tashqil etildi, bu yerda diniy qo`shiqchilik san’ati o`rganilishi bilan birgalikda, dunyoviy qo`shiqchilik ham o`rganila boshlandi.

Rus bastakorlarining dastlabki asarlari qarama - qarshi fikrlar davrida yaratildi. Saroy ahli yangi san’atni rivojiga to`sqinlik qilardilar. Rus madaniyati arboblari yangi opera yaratilishiga behisob hissa qo`shdilar. Yangi san’at milliy demokratik, ayrim hollarda esa Krepostnoy tizimiga qarshi edi. Operalarning bunday tavsiflanishi, ularni yaratgan avtorlarning sobiq Krepostnoy yoki past tabaqadan chiqqan insonlar ekanligidandir. Bular Ye.Fomin, M.Sokolovskiy, M.Matinskiy, D.Kashin va boshqalar.

Rus opera xonandalari o`ziga xos tarzda edilar. Ammo lekin Italiya qo`shiqlik maktabining rus qo`shiqchilariga ta’siri shubhasiz katta edi. Buning oqibatida XVIII asrning 30-yillariga kelib Italyan vokal musiqasi ijrochilari har yili Rossiyaga ijodiy safar qila boshladilar, rus xonandalari mukammal nafasga tayangan holda ovozda cho`ziq ohang hosil qilish, kalorotura ovozi va boshqa texnik usullar bilan ishlashni o`rgandilar.

Rossiyada milliy opera yaratgan bastakorlar–xonandalikdan dars beruvchi birinchi o`qituvchilar bo`lganlar. Yevstigney Fomin “Ямщики на подставе” milliy operasi avtoridir. M.Stepanova, I.Samoylova va O.Petrovalarni opera sahnasiga tayyorlagan Ivan Alekseyevich Rutin eng yaxshi o`qituvchilardan bo`lgan.

Bastakor Bortnyanskiy saroy qoshidagi kuylash kapellasida katta pedagogik faoliyat ko`rsatgan. Uning asarlaridagi bosiq kuychan ohang, yuqori notalarning yo`qligi, ovoz hosil qilishdagi qulay tessitura ovozning rivoj topishiga yordam bergan. Bu xonandalik san’ati rivojida katta ahamiyat qozongan.

XVIII asr oxirida Rossiya xonandalik pedagogikasi tashqil topishiga, bastakor, dirijyor va xonandalik o`qituvchisi Katerino Kavaso katta hissa qo`shdi. U nafaqat ijrochilarni, balki mutaxasislik o`qituvchilarini ham tarbiyaladi. Bular Kovalyova, Shelexov, Turik va boshqalar. Rus xonandalik maktabining poydevori o`rnatilishida rus xonandalarining artistik faoliyati ham o`rin egallaydi.

O`zining a’lo darajadagi qobiliyati, texnik jihati va ma’noli ijrosi bilan tinglovchilarni lol qoldira olgan aktyorlar A.Mixaylova, N.Semyonova, A.Krutitskaya, Ya.Vorobyova, N.Zlov, N.Lavrov va boshqalarni sanab o`tish mumkin. Rus xonandalarining ijrochilik uslubini shakllanishi va bastakorlarning dasturlarini targ‘ib etilishi tilga olingan. XVIII asr II-choragida Moskva katta teatri rahbari A.Verstovskiyni eslamay bo`lmaydi. Verstovskiy obrazning yaratilishida-oddiy, keng va mazmunli kuy - ohang asosiy omil deb hisoblaydi. Verstovskiy operalari rus xonandalik uslubini shakllantirdi, xonandalarni milliy ruhda tarbiyaladi.

Shunday qilib xonandalik san’ati o`zining 100 yillik, Italyan operasi kirib kelgan davrdan, birinchi rus klassik operasi “Ivan Susanin” yaratilgunga qadar, davrida juda qiyin va o`ta zarur bosqichni bosib o`tdi. Rus xonandalari italyan va franso`z maktablarining texnikasi, madaniyatini o`rgangan holda milliy ijrochilikka sodiq qoldilar. Rus milliy qo`shiqchilik maktabining asosiy xususiyatlarini tavsiflab beruvchi omillarni uning gullagan davri, XIX asr oxirlarida ijod qilgan xonandalar asarlarida yaqqol ko`rishimiz mumkin.

XX asr musiqa san’ati rivojida tubdan burilish yasadi. Uning obe’ktiv sabablari sifatida tarixiy hodisalar sabab bo`ldi. Jumladan, jahon urushi va dunyoning boshqa xududlarida inqiloblarning yuzaga kelishi, odamlarning o`ta ashaddiy vaxshiylashi, insoniylikka xos bo`lmagan qonli va fojeali onlari odamlarni yovvoyilik, vaxshiylik, tubanlikning tubiga uloqtirdi. Buning oqibatida daxshatdan uyg‘ongan odam insoniyatni ulug‘lovchi, insonni kadrlashni, kelajakka ishonchni uyg‘otuvchi, kalb (ruh) va fikrning yuksalishiga davat etuvchi his tuyg‘ularni qo`zg‘atuvchi musiqa san’atiga murojaat etishga olib keldi. Bu davr dialektik karama – qarshiliklar, ya’ni yuksaklik va tubanlik, qahr va g‘azab, mehr va shavqat, o`tmish va kelajak musiqa san’atida yangi ko`rinishning asosi bo`lib qoldi va unda bugungi kunning butun dramatizmini aks ettirdi.

Avvalambor, musiqa turli har-hil qatlamlarga bo`linib ketdi jiddiy akademik-zamonni imkoni boricha rost va aniq aks ettirishga harakat qiluvchi; ko`ngil ochar (yyengil submadaniyat). Ular orasida esa professionalizmning regional chetlanishlari bo`lib, ular jiddiy janrlardagi emotsional-pozitiv boshlanishdagi bo`shliqni to`ldirib turardi.

Bilamizki ko`pgina izlanishlarning yangi yo`nalishlari antiromantizm bayrog‘i ostida olib borilgan. Shuni ta’kidlash kerakki, jiddiy akademik musiqaga bo`lgan qiziqish kamayib bormoqda. Ko`ngil ochar san’at ommaviy qiziqishni, unga nisbatan kamroq qiziqishni esa ijodning regional ko`rinishlari uyg‘otyapti.

Tinglovchi ongida jiddiy zamonaviy kompozitorlarning novatorlik izlanishlari o`tgan asr akademik ijodiyoti oldida orqaga tashlandi. Tinglovchining estetik talablari bu izlanishlar bilan mos tushmadi va natijada krizis vaziyat yuzaga keldi.

Agar asrning birinchi yarmida omma istaklaridan ozod bo`lgan mustaqillik kayfiyati ustun bo`lib, o`zlarining haq ekanliklariga bo`lgan ishonch kelajakda tan olinishiga bo`lgan umidlar bilan sug‘orilgandi. Asrning ikkinchi yarmida esa boshqa tamoyillar va shu bilan bir vaqtda mahorat va mazmundorlik darajasini pasaytirmagan holda “tinglovchiga tomon yo`l” ni izlashda aks etdi.


XX asr san’atining o`ziga xos tomoni shundaki, unda bir butun usulning asosi yo`q. Ijod qiluvchi bir usulga asoslanib o`z usuli tamoyillarini ko`ra olmaydi. Shuning uchun musiqada novotorlik yozuvining atonallik, atematizm, nomantiqlik kabi tavsiflari juda uzoq saqlanib keldi. Buning natijasida musiqiy til eski tizimini yangilashga bo`lgan harakat ko`rinmadi.

Professional yozuvdagi bunday burilish turidir. Bu falsafa va musiqiy estetikada olam va san’atni bilishning mumtoz nazariyasi o`z imkoniyatlarini tugatdi. Romantizm mumtoz logika asarlari bilan-ki o`zilmagan holda uni yangilab, uning imkoniyatlarini ichidan kengaytirdi. Ammo XIX asrning oxiriga kelib, bu qudratli konsepsiya yangi konsepsiyaga yo`l bo`shatib berishga majbur bo`ldi.

Buyuk burilish davri albatta yangi san’atning ko`p sonli deklaratsiyalarini keltirib chiqardi. Ular o`tmish bilan aloqalarini o`rganliklarini e’tirof etdilar. An’ana qonunga bo`lgan munosabat teskari tomonga o`zgarib, birlamchi bo`lib eksperiment oldinga chiqadi. Bu jarayon XIX asrning oxirgi yillarida boshlanib: simvolizm, impressionizm - ular yangi san’atning boshlovchilari edi. Xuddi shu vaqtda “san’atning ichini bo`shatishdan bosh tortish”, “badiiy matndan muallifning intim muammolarini olib tashlash” kabi shiorlar oldinga chiqdi.

Badiiy fikr vositasida hissiyotlarni tavsiflashning xayoliy yoki epik ko`rinishlariga murojaat qiladi. Ana shunday zaminda ham folklorizm, ham neoklassitsizmning yo`nalishlari bo`lgan - neobarokko, afsona ijodiyoti, urbanizm, fovizm paydo bo`ladi.

Musiqiy yozuvdagi burilish musiqiy vositalar ifoda bo`yoqlarini boshqatdan ko`rib chiqish yo`lidan borardi.

Agar mumtoz matn asosini kuy va garmoniya tashqil etgan bo`lsa, yangi musiqiy tilda faktura, tembr, dinamika, artiqo`lyatsiya va agogikaning roli kuchaydi. Melos bilan bog‘liq bo`lmagan ritmning mustaqil funksiyasi o`sib boradi. Bunday ko`rib chiqish ladogarmonik yangiliklar asosida bajarilib, avvalambor, dissonansni, bo`shatish (raskrepogsat), garmoniyaning ladlar tovushqatori 12 tonligini major - minorli markazlashgan funksionallikdan voz kechishdan boshlandi. Mumtoz garmoniyaning qudratli tashqiliy imkoniyatlari boshqa tashqiliy faktorlarga joy bo`shatib berishga majbur bo`ldi. Bunga yozuv texnikalarini misol qilish mumkin. Bu texnikalarning turli hil bo`lishlariga qaramay, ularning kesishish nuqtalari va tekis qutlashish tizimlari sezilib turadi. Bu texnikalarning hammasida intonatsion - melodik boshlanish rolining kamayishini ta’kidlash lozim. Uning o`rniga fonizm yoki ratsional tashqilotchilik rolining o`sishi bilan to`ldirildi. Vaziyatning qiziqligi shundaki, ma’lum bir texnika tarafdorlari individuallashtirishga intilishib, ammo individual yagonalikka erisha olmadilar. Bu musiqani tashqil qilish intonatsion qatlamini ikkinchi darajaga o`tkazishdan kelib chiqadi. Butun keyingi musiqa tarixi bu vaziyatdan chiqib ketish yo`lini izlashga, musiqiy ifodaviylik bo`yoqlarini kengaytirishga olib keldi.


Download 28.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling