Mavzu: O‘rta asrlar g‘arb va sharq adabiyoti. Reja
Download 64 Kb.
|
1-MAVZU
Ritsarlik romani. Ritsarlik lirikasi kabi ritsarlik ham Fransiyada vujudga kelib, keyin boshqa yerlarga tarqaldi. Ritsarlik lirikasida bo‘lgani kabi romanda ham sevgi, turmush quvonchlari asosiy mavzu edi. Sevgi ko‘tarinki ruhda, fantastik bo‘yoqlarda aks ettirilgan. Shuningdek, qahramonlar psixologik kechinmalarini tasvirlashga ham katta eotibor berilgan. Ritsarp xonimga bo‘lgan sevgisi tufayli jangovar sarguzashtlarga (avantyura) otlanadi, lekin endi ritsarp vatan manfaatlarini emas, balki o‘z shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab safarga chiqadi.
Ritsarp romanlari syujetlariga ko‘ra 3 ta asosiy turkumga bo‘linadi: antik, bretan va vizantiya turkumlari. Dastlabki ritsarlik romanlari yartilgani uchun antik adabiyot asarlari qayta ishlangan. Ana shunday asarlardan biri «Aleksandr haqida roman»dir. Aleksand Makedonskiy ham o‘z yurishlari davrida ritsarga xos sarguzashtlarni boshidan kechiradi. Lekin bu asar tom maonoda ritsarp romani bo‘la olmaydi, chunki unda muhabbat mavzusi va xonimga ritsarcha xizmat etish aks ettirilmagan edi. Roman Aleksandr Makedonskiyning hayoti va qahramonliklari haqida hikoya qilinadi. XII asr oxirlarida paydo bo‘lgan bu romanning mualliflari Lamber Le Tor (Lambert Le Tort) va Aleksandr de Berne (parijlik) (Alexandre de Raris) lardir. Bu roman yozilgan sheoriy o‘lchov keyinchalik asar nomi bilan aleksandr vazni deb atala boshlandi. Antik turkumga kiruvchi romanlardan yana biri «Eney haqida roman» (Roman d’Eneas» XII asr) hisoblanadi. Nomaolum avtor Vergiliyning «Eneida» dostonining sevgi va romantik lahzalarini tasvirlagan. Bretan turkumidagi romanlarda esa V yoki VI asrlarda yashagan qirol Artur asosiy qahramon hisoblanadi. Kurtuaz shoirlari kelpt din arbobi Golpfrid Momutskiyning «Britaniya qirollari» kitobi syujetlarini qayta ishlaydilar. Qirol Artur saroyi ritsarlar olamining markaziga, qirolning o‘zi ritsarlarning barcha ishlarida odil xakam bo‘lib gavdalanadi. Artur saroyida 12 ta mashhur ritsarp bo‘lib, ularni «yumaloq stol» ritsarlari deb atalgan. Bu stol atrofidagilarning barchasi barobar mavqyega ega bo‘lgan. Keyinchalik Qirol Artur haqidagi voqyealarga boshqa voqyealar ham qo‘shiladi. Shundaylardan biri «Tristan va Izolpda» haqidagi romanlardir. Kelpt rivoyatlari asosida yaratilgan Tristan va Izolpda haqidagi syujet XII asr o‘rtalarida juda ko‘p arablar tomonidan ishlangan. Ammo bizga yetib kelmagan. Bizgacha yetib kelgan parchalar, syujetlar, tarjimalarni jamlash orqali XII asr o‘rtalaridagi fransuz romanining fabulasini tiklash mumkin bo‘ladi. *Gyunter de Broynning, «Tristan va Izolpda» asari mustaqil o‘qishga beriladi. Download 64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling