Mavzu: O‘rta asrlarda Islom davlatlarida arxivlar
Download 224.22 Kb.
|
MAVZU ISLOM
Mahalliy boshqaruv apparati forslar namunasi asosida tuzilgan. Mamlakat viloyatlarga bo‘linib, harbiy noiblar – amirlar, sultonlar va ayrim hollarda mahalliy zodagonlar tomonidan boshqarilgan. Amirlar faqat xalifa tomonidan tayinlangan. Amirning asosiy vazifasi soliqlarni yig‘ish, qo‘shinga qo‘mondonlik qilish hamda mahalliy ma'muriyat va mirshablarga rahbarlik qilishdan iborat bo‘lgan. Amirlarning yordamchilari noiblar deb atalgan.
Somoniylar davlatida IX asr oxiri va X asrlardagi yer mulklari barcha islom mamlakatlaridagi kabi avvalo, kimga tegishligiga, undan keyin esa soliq to‘lash tartibiga ko‘ra, mulklar quyidagi uch turga bo‘lingan• Mulki Mamloki Sultoniy – Sulton (hukmdor) va davlat boshliqlariga qarashli yerlar. Ulardan keladigan daromad davlat muassasalari bo‘lgan devonlar tomonidan boshqarilganligi uchun ham davlat yerlari (mulki) hisoblangan.• Vaqf yerlari, ya'ni diniy tashkilotlarga vaqtincha yoki doimiy foydalanishga o‘tkazilgan yerlar. Somoniylar davridan qolgan vaqf yorliqlarining bizgacha yetib kelganligi bu mulkning ham taraqqiy qila boshlaganligini ko‘rsatadi.Download 224.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling