Mavzu: O’rta Osiyo renesansi(uyg’onish) davridagi iqtisodiy g’oyalar Reja: Al-Farobiy va Abu Ali ibn Sino ning uyg’onish davridagi iqtisodiy g’oyalari


Download 30.54 Kb.
bet5/8
Sana31.07.2023
Hajmi30.54 Kb.
#1664156
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mustaqil ish O’rta Osiyo renesansi(uyg’onish) davridagi iqtisodiy g’oyalar

Yusuf Xos Xojibning o‘rni katta bo‘ldi. U «Qutadg‘u bilig» («Baxt ato etuvchi bilim») (1069) asarida iqtisodiy qarashlarini bayon qilgan. Unda inson
tafakkurining barcha jabhalari bo‘yicha so‘z yuritiladi va nihoyatda qimmatli fikrlar bayon etilgan. Umumiy holda olganda bu falsafiy asarda markazlashgan davlat tuzish, uni mustahkamlash, nizo va adolatga barham berish kabi ma’muriy-xo‘jalik
hamda ma’rifat, obodonchilik, moddiy-ma’naviy va boshqa adolatli hukmron,
davlatni tadbir bilan boshqarish ishini o‘rganish, kasb-hunar egallash, xalq g‘amini
eyish haqidagi fikrlar ilgari suriladi. Uning iqtisodiy qarashlari asosan Beruniy
g‘oyalariga to‘g‘ri keldi, garchi muallif uning asarlari bilan tanish bo‘lmasa ham.
Yusuf Xos Xojib mehnatning jamiyat taraqqiyoti uchun tutgan o‘rnini ta’kidlab,
“Insonga naf keltirmagan odam o‘lgan”, “YAshagan yillari uchun emas, balki
sarflagan mehnat uchun afsus” deb ta’kidlagan.
Yusuf Xos Xojib mehnatni yaxlit tavsiflash bilan cheklanib qolmay, dehqonlar,
chorvadorlar, hunarmandlar tomonidan yaratilgan moddiy ne’matlarning
xususiyatlari va xarakterini qayd etib, mehnat taqsimotining ahamiyatiga e’tibor
qaratdi. Aynan dehqonning mehati barcha tiriklarni boqishi va kiyintirish
ta’kidlanadi. Chorvadorlarning ko‘chmas mulki bo‘lmasa-da, oziq-ovqat va kiyim
kechak uchun ishlatiladigan va transport vositasi sifatida foydalaniladigan ot, tuya
va boshqa hayvonlar podalarini takroror ishlab chiqaradi. SHu bilan birga,
hunarmandlar hayot uchun zarur bo‘lgan narsalarni yaratadilar. Olimlarning
mehnati yuksak bahoga loyiq. Biroq, savdogarlar faqat foyda haqida o‘ylashadi,
ularning asosiy maqsadi -shaxsiy boylikni oshirishdir. Ular turli mamlakatlar
bo‘ylab kezib, faqat o‘z foydalarini o‘ylab ish qiladilar. Savdogarlar uchun oltin va
kumush eng qadrli hisoblanadi. To‘g‘ri, tillaning yordami bilan tarbiyasiz odamni
odobli, qaysar odamni esa ongli odamga aylantirish mumkin.
Yusuf Xos Xojib pulning qiymat o‘lchovi, muomala vositasi, xazina vositasi
sifatidagi vazifalarini qayd etgan. Uning fikricha, davlatning qudrati nafaqat
armiya soniga, balki xazina resurslariga xam bog‘liq. Ammo shoxlar qimmatli
narsalarni to‘plash bilan o‘tkazib yubormaslik kerak, davlat mablag‘larini xalq
manfaatlariga sarflash kerak. Muallif hech qanday ziddiyatlar va qaramaqarshiliklar bo‘lmagan, har kim o‘z o‘rnida xarakat qiladigan, ijtimoiy burchini bajaradigan ideal davlatni yaratishning o‘ziga xos utopik loyihasini tariflab berdi. Buning uchun faqat davlat ishlarini kerakli darajada olib borish kerak. Bunga xukmdorning aqli, bilimlari bo‘lganda erishish mumkin. Xalq, raiyat mamlakat
hukmdoridan uch narsani kutadi, deb uqtiradi YUsuf Xos Xojib, bular:
1) pulning qadrini ko‘tarish yoki (ushlab turish);
2) xalqka xususiy mulk huquqini ta’minlovchi qonunlarni joriy etish ;
3) yo‘llarni o‘g‘ri-qaroqchilardan muhofaza qilish.
SHox esa fuqarolardan soliqni vaqtida to‘lashni, chiqargan farmon
qonunlarini bajarish hamda do‘stiga do‘st, dushmanga dushman bo‘lishni talab
qiladi, deb yozadi. Ko‘rinib turibdiki, bunda jamiyat va siyosiy hoqimiyat o‘zaro
mutanosib bo‘lishi zarurligi g‘oyasi ilgari surilmoqda.


Download 30.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling