Mavzu: O’rta Osiyo renesansi(uyg’onish) davridagi iqtisodiy g’oyalar Reja: Al-Farobiy va Abu Ali ibn Sino ning uyg’onish davridagi iqtisodiy g’oyalari


Download 30.54 Kb.
bet2/8
Sana31.07.2023
Hajmi30.54 Kb.
#1664156
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mustaqil ish O’rta Osiyo renesansi(uyg’onish) davridagi iqtisodiy g’oyalar

Al-Farobiy (872-950) uning taxallusi bo‘lib, to‘liq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn O‘zlug‘ Tarxon — jahon madaniyatiga katta hissa qo‘shgan Markaziy osiyolik mashhur faylasuf, qomusiy olim. O‘rta asrning bir qancha ilmiy yutuqlari, umuman Forobiy o‘z zamonasi ilmlarining barcha sohasini
mukammal bilganligi va bu ilmlar rivojiga katta hissa
qo‘shganligi, yunon falsafasini sharhlab, dunyoga keng tanitganligi tufayli Sharq mamlakatlarida uning nomi ulug‘lanib, «Al-Muallim assoniy» — «Ikkinchi muallim» (Aristoteldan keyin), «Sharq Arastusi» deb yuritilgan.
Forobiy o‘rta asrlar sharoitida birinchi bo‘lib jamiyatning kelib chiqishi,
maqsad va vazifalari haqida izchil ta’limot yaratdi. Bu ta’limotda ijtimoiy
hayotning ko‘p masalalari — davlatni boshqarish, ta’lim-tarbiya, axloq, ma’rifat,
diniy e’tiqod, urush va yarash, mehnat va boshqalar qamrab olingan. Forobiyning
iqtisodiy va boshqa ijtimoiy qarashlari Arastu va Aflotun asarlarini tushuntirishga
qartilgan bir qancha asarlarida bayon etilgan, jumladan, uning iqtisodiy
dunyoqkarashi «Fozil shahar aholisining maslagi» asarida o‘z ifodasini topgan.
Forobiy fikricha, inson ehtiyojlari jamiyat shakllanishining asosiy sababidir. «Har
bir inson tabiatan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi etuklikka
erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi, u bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga
kirita olmaydi, ularga ega bo‘lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi…
Bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda, ularning har biriga yashash va
etuklikka erishuv uchun zarur bo‘lgan narsalarni etkazib beradi. SHuning uchun
inson shaxslari ko‘paydilar va erning aholi yashaydigan qismiga o‘rnashdilar,
natijada inson jamoasi vujudga keldi». Jamiyat shakllanishi uchun moddiy
ehtiyojlarning ahamiyati haqidagi bu tezis, shubhasiz, diniy qarashlar bilan
solishtirganda progressiv ahamiyatga ega edi. ajdod yoki urug‘ birligi bilan
jamiyatda birlashgan odamlar. Ayni paytda moddiy ne’matlar ishlab chiqarishda
mehnat va mehnat qurollarining rolini, turli hunarmandchilik turlari mavjudligini
ta’kidlab, quldorlikka keskin qarshi chiqdi. Abu Nasr Forobiy asarida mulkchilik va mulkdor bo‘lish xosiyati xususida fikryuritib, mulkka ega bo‘lish yomon odat emasligini, qashshoqlikda (mulksiz) yashagandan ko‘ra badavlat yashamoq, afzaldir degan fikrni ilgari suradi. Faqat boshqalar uchun zarar keltiradigan boylik to‘plash, mol-mulk- ka ega bo‘lish yomon odatdir. «Mulk orttirishda unchalik xavf yo‘q, ammo ehtiyot qilib saqlamoq kerak. Agar boshqa birovlar xisobiga mulk orttirganlar jazolanmasalar, u xolda shahar aholisidan insof va shuxrat yo‘qoladi. Mulkni ehtiyot qilib saqlab o‘z extiyoji uchun ishlatsa, bu yomon hisoblanmaydi...»
Farobiyning taqsimot jarayoniga bo‘lgan munosabati o‘ziga xosligi bilan
ajralib turadi. U shunday yozadi ”Avvalo er va joylarning miqdori, keyin ularning
egalari va tutgan o‘rinlari, so‘ngra nixoyatda zarur narsalar bo‘lgan oziq- ovqatlar,
ekiladigan erlar, saroy va shaxsiy uylar miqdori xisobga olinishi zarur”. Farobiy
samarali taqsimotini amalga oshirish uchun mavjud bo‘lgan boyliklar to‘g‘ri xisobga olinishi kerakligini takidlamoqda. Forobiy Aflotunning quyidagi fikrlarini
alohida ajratib keltiradi: «Taqsimotning ishi juda qiyin, lekin juda zarur ishdir».
Buyuk daxolarning taqsimot va mulkni tasarruf etish masalalariga bu qadar chuqur qarashlari bejiz emas. Chunki u taqsimot muammosining murakkabligi natijasida qiyinligi, uni maqsadga muofiq to‘g‘ri va samarali xal etilishi jamiyat hayotiga ijobiy ta’sir etishini tushungan. Biroq Forobiy jamiyat vujudga kelishida inson mehnat faoliyatining hal qiluvchi rolini tushunmagan. U kelajak haqida orzu qilib, baxtga erishishning zarur va asosiy sharti bo‘lgan o‘zaro yordam va do‘stlik tufayli mavjud bo‘lgan shaharni ideal deb bildi; er yuzida barcha xalqlarning o‘zaro yordami, mahsulotlarni adolatli taqsimlash asosida yagona jamiyat yaratish imkoniyati g‘oyasini bildirdi. Ammo
Forobiyning tezislari bu o‘zaro yordamning iqtisodiy asosini — mehnat mahsulini
ayirboshlash zaruriyatini ochib bera olmadi. SHuni ta’kidlash kerakki, Forobiy
iqtisodiy masalalarni ikkinchi o‘ringa qo‘ygan. Bu, ayniqsa, uning asosiy vazifalari
adolat o‘rnatish va xalqni ma’rifatli qilish bo‘lgan davlat haqidagi talqinida yaqqol
seziladi.

Download 30.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling