Mavzu: O’rta Osiyo renesansi(uyg’onish) davridagi iqtisodiy g’oyalar Reja: Al-Farobiy va Abu Ali ibn Sino ning uyg’onish davridagi iqtisodiy g’oyalari


Download 30.54 Kb.
bet1/8
Sana31.07.2023
Hajmi30.54 Kb.
#1664156
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mustaqil ish O’rta Osiyo renesansi(uyg’onish) davridagi iqtisodiy g’oyalar


Mavzu: O’rta Osiyo renesansi(uyg’onish) davridagi iqtisodiy g’oyalar
Reja:
1.Al-Farobiy va Abu Ali ibn Sino ning uyg’onish davridagi iqtisodiy g’oyalari
2.Abu Rayhon Beruniy va Yusuf Xos Xojiblarning renesans davridagi iqtisodiy g’oyalari
3.Alisher Navoiyning uyg’onish davridagi iqtisodiy g’oyalari va “Max’bub-ul-qulub” asaridagi qarashlar
1.Abu-Farobiy va Abu Ali ibn Sino ning uyg’onish davridagi iqtisodiy g’oyalari
Sharq jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biridir. Sharq Uyg‘onish davri shunday
qomusiy olimlarni dunyoga keltirdiki, ularning jahon madaniyati va ilmu faniga
qo‘shgan hissasi hanuzgacha hayrat bilan e’tirof etiladi. Ma’lumki, Moveronnahr
xalqlari bizga katta buyuk falsafiy, madaniy, tarixiy-huquqiy meros qoldirgan.
X-XII asrlarda Markaziy Osiyo Sharqdagi ilg‘or ijtimoiy tafakkurning yirik
markazlaridan biriga aylandi. Bu davrda birinchidan feodal davlat markazlashgan
va eng rivojlangan bosqichga kirdi, ikkinchidan esa, Markaziy Osiyo Evropani
Osiyo bilan bog‘lovchi yirik moddiy, madaniy va savdo markaziga aylandi.
Natijasida bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar o‘rtasidagi
iqtisodiy munosabatlar shakllandi va rivojlandi.Markaziy Osiyoda mustaqil davlatlarning tashkil topishi, Yaqin va O‘rtaSharq mamlakatlari bilan aloqalarning mustahkamlanishi ularning fan vamadaniyatining yanada rivojlanishiga jiddiy turtki berdi. X—XII asrlarda O‘rta Osiyo Sharqdagi ilg‘or ijtimoiy tafakkurning yirik markazlaridan biriga aylandi.
Bu davrda butun dunyoga tanilgan Al-Farg‘oniy, Al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy,
Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Nizomulmulk va boshqa ko‘plab mutafakkirlar yashab,
ijod qilishdi.
Yurtimiz allomalarining asarlaridagi g‘oyalar insonlarni komillikka, o‘zaro mexr
oqibatga, insonparvarlik, yurtparvarlikka etaklaydi. Ularning asarlarida iqtisodiy
g‘oyalar ham o‘z aksini topgan. To‘g‘ri, ular hali falsafiy va butun ijtimoiy
bilimlardan ajralmagan, ammo ular juda katta qiziqish uyg‘otadi.
Sharq renessansi davridagi olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdorlik hunari
sirlarini bayon etganlar.


Download 30.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling