Mavzu: O‘rta Osiyo xonliklari ma'muriy hududiy chegarasi. Tarixiy geografiyasi


Download 36.3 Kb.
bet2/3
Sana26.12.2021
Hajmi36.3 Kb.
#182926
1   2   3
Bog'liq
Mavzu

X U L O S A

O‘rta Osiyo xonliklarida davlat boshqaruvi va yer egaligi munosabatlari, soliq va majburiyatlar tarixini o‘rganish natijasida quyidagi yakuniy xulosalar qo‘lga kiritildi:

1. O‘rta Osiyo xonliklaridagi davlat tuzilishi va yer egaligi munosabatlari ko‘pchillik soha xodimlarini o‘ziga jalb etib kelgan. Bu soha tarixi arxiv hujjatlari, sayyohlar kundaligi va boshqa manbalardan foydalanilgan holda o‘rganilmoqda. O‘zbekiston tarixida O‘rta Osiyo xonliklari davri o‘ziga xos tarzda o‘rganilib, tarix sahifalari yangi ma’lumotlar bilan boyitilmoqda.

2. Asrlar davomida bir butun bo‘lib kilgan mamlakat uchga bo‘lindi va ularning har biri ma’lum hudud o‘rtasidagi hudud uchun tuxtovsiz urushlar, nizolar mamlakatning xonavayron bo‘lishiga olib keldi. Uchala xonlikdagi boshqaruv tuzimi ko‘p jihatdan bir-biriga o‘xshasada, biroq ularning farq qiladigan tomonlari ham mavjud edi. Xonliklar hududi bekliklarga bo‘linib boshqarilgan. Bek va xonlar o‘z hududi va urug‘-qabila xususiyatlaridan kelib chiqib turli huquq va majburiyatlarga ega edi. Xonliklardagi tarqoqlik guruhbozlikni keltirib chiqarib, qabilalarning etnik aralashuviga, bir butun xalq bo‘lib qovushishiga tusqinlik qildi. Davlat darajasida ham, viloyatlar darajasida ham yagona xalq , yagona vatan tushinchasining qadri anglab olinmadi.

3. O‘rta Osiyo xonliklarining har birida nihoyatda xilma-xil mansab va lavozimlar bo‘lib, ularning vazifasi qat’iy qilib belgilangan va ularning aksariyatiga davlat xazinasidan maosh to‘langan. Lavozimlar ikki yo‘nalishda mavjud bo‘lib, bular dunyoviy va dinniy mansablardir. O‘rta Osiyo xonliklarida ba’zi davlat lavozimlari bir xil harakterga ega bo‘lgan, ammo ularga to‘lanadigan maosh turlicha edi.


Download 36.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling