Mavzu: O‘rta Osiyo xonliklarida davlat boshqaruvi va yer egaligi munosabatlari Kirish I bob. O‘rta Osiyo xonliklarida davlat tuzilishi va ma’muriy boshqaruv


Download 68.21 Kb.
bet7/9
Sana11.07.2023
Hajmi68.21 Kb.
#1659768
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O‘rta Osiyo xonliklarida davlat boshqaruvi va yer egaligi munosa

X U L O S A
O‘rta Osiyo xonliklarida davlat boshqaruvi va yer egaligi munosabatlari, soliq va majburiyatlar tarixini o‘rganish natijasida quyidagi yakuniy xulosalar qo‘lga kiritildi:
1. O‘rta Osiyo xonliklaridagi davlat tuzilishi va yer egaligi munosabatlari ko‘pchillik soha xodimlarini o‘ziga jalb etib kelgan. Bu soha tarixi arxiv hujjatlari, sayyohlar kundaligi va boshqa manbalardan foydalanilgan holda o‘rganilmoqda. O‘zbekiston tarixida O‘rta Osiyo xonliklari davri o‘ziga xos tarzda o‘rganilib, tarix sahifalari yangi ma’lumotlar bilan boyitilmoqda.
2. Asrlar davomida bir butun bo‘lib kilgan mamlakat uchga bo‘lindi va ularning har biri ma’lum hudud o‘rtasidagi hudud uchun tuxtovsiz urushlar, nizolar mamlakatning xonavayron bo‘lishiga olib keldi. Uchala xonlikdagi boshqaruv tuzimi ko‘p jihatdan bir-biriga o‘xshasada, biroq ularning farq qiladigan tomonlari ham mavjud edi. Xonliklar hududi bekliklarga bo‘linib boshqarilgan. Bek va xonlar o‘z hududi va urug‘-qabila xususiyatlaridan kelib chiqib turli huquq va majburiyatlarga ega edi. Xonliklardagi tarqoqlik guruhbozlikni keltirib chiqarib, qabilalarning etnik aralashuviga, bir butun xalq bo‘lib qovushishiga tusqinlik qildi. Davlat darajasida ham, viloyatlar darajasida ham yagona xalq , yagona vatan tushinchasining qadri anglab olinmadi.
3. O‘rta Osiyo xonliklarining har birida nihoyatda xilma-xil mansab va lavozimlar bo‘lib, ularning vazifasi qat’iy qilib belgilangan va ularning aksariyatiga davlat xazinasidan maosh to‘langan. Lavozimlar ikki yo‘nalishda mavjud bo‘lib, bular dunyoviy va dinniy mansablardir. O‘rta Osiyo xonliklarida ba’zi davlat lavozimlari bir xil harakterga ega bo‘lgan, ammo ularga to‘lanadigan maosh turlicha edi.
4.O‘rta Osiyo xonliklarida siyosiy vaziyatning notinchligi davlat boshqaruv ishlariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatib keldi. Mahalliy hokimiyat rahbarlari markaziy hokimiyatga bo‘ysunishni hohlamadalar. Umuman uchala xonlikda ham boshqaruv tizimi inqirozga yuz tutgan edi. Buning oqibatida mahalliy boshqaruvda zo‘ravonlik, aholiga zulm ko‘satish, o‘z mansablarini suiiste’mol qilish kabi hollar kuchayib borgan.
5. O‘rta Osiyo xonliklarida ma’muriy tuzilishi, mazkur hududda yashagan xalqning mentaletidan kelib chiqib o‘ziga xos unvon va lavozimlar mavjud bo‘ldi. Ba’zi lavozimlar har uchala xonlikda ham mavjud bo‘lgan bo‘lsa, boshqalar faqat birgina xonlikda uchraydi. Buxoro amirligi davlat muassasalari ma’muriy, moliya, qozilik, mirshablik va harbiy idoralarining o‘z amaldorlari bo‘lgan.
6. Xonliklarining siyosiy-manaviy hayotida din peshvolarining o‘rni va ta’siri nihoyatda kuchli bo‘lib, eng yuqori lavozimda shayxulislom to‘rgan. Shayxulislom amir va xondan keyingi darajadagi mavqeiga ega edi. Shayxulislom xonliklardagi dunyoviy va diniy ishlarga faol qatnashib, ular mamlakatda shariat qoidalariga qay darajada amal qilinayotganligini nazorat qilib turgan. Ular davlatdagi adliya tizimini boshqaruvchi qozikalon bo‘ysungan.
7. O‘rta Osiyo xonliklarida yer egaligi munosabatlari bir xil xarakterda bo‘lib, ular ko‘p jihatdan bir-biriga o‘xshash bo‘lgan. Mulkchilikning asosini tashkil etgan yer-suv xonliklarda oliy hukmdor hisoblanmish amir va xonning izmida bo‘ldi. Uchala xonlikda ham yerlar asosan davlat, xususiy va vaqf yerlariga bo‘lindi. Aholining turmush darajasi past bo‘lib, yerga egalik qilish shakli yuz yillar davomida o‘zgarmay kelganligi, soliq va tulovlarning haddan tashqari ko‘pligi mamlakatda hunarmandchilik, savdo-sotiq va boshqa sohalarning rivojlanishiga to‘sqinlik qildi.
8. O‘rta Osiyo xonliklarida hokimiyat vakillarining aholiga bo‘lgan munosabati ko‘p asrlar davomida o‘zgarishsiz qolib keldi. Davlatlar ma’muriy jihatdan bekliklarga bo‘linib, tarqoq holda yashash davom etdi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojiga to‘sqinlik qiluvchi omillar hali ham mavjud bo‘lib, uning asosiy og‘irligi oddiy xalqning yelkasiga tushdi. O‘rta Osiyo xonliklari hukumatining yuqori lavozimidagi mutasadilar mehnatkash xalqning ahvoli og‘ir ekanligini ko‘ra-bila turib, mamlakatda biror marta ham iqtisodiy islhotlar o‘tkazishga, xalqning ahvolini yaxshilashga urinmadi.
9. Majburiyatlar – davlatdagi eng og‘ir jismoniy mehnatlar shaklida namoyon bo‘ldi. Ariq tozalash, kanal qozish va boshqa shu kabi ishlar majburiyatlar tarzda amalga oshirilgan. Markaziy hokimiyatdagi amaldorlar joylarda sharoit og‘irligini bilsalar-da, mahalliy boshqaruv tizimidagi tartibsizlik va o‘zboshimchaliklarni nazorat qilishni istamasdi. Mamlakatda soliq turlarining haddan tashqari ko‘pligi oddiy mehnatkash ommaning xo‘jaligini izdan chiqarib, ularning jiddiy noroziliklariga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning boshlariga kelganda xalqning noroziligi kuchayib, bu hatto qonli to‘qnashuvlarga ham olib keldi.
10.Xonliklarda amal qilingan soliq turlari va miqdorining qandayligini shariat qonunlarda belgilangan tarzda amalga oshirsada, lekin har bir xonlikning soliq siyosatda o‘ziga xos tomonlari va jihatlari bor edi. Masalan, biz Buxoro xonligidagi soliq siyosatini va u yerdagi siyosatni amalga oshirish jarayonini ko‘rishimiz mumkin. Mamlakatning himoyasiz oddiy fuqoralari davlat soliqlari va amaldorlarning doimiy zulmi ostida bo‘lgan. Bu aholining erkinroq yashashi va turmush darajasi yaxshilanishiga imkon bermadi.
11.O‘rta Osiyo xonliklari davrida mahalliy aholining qishloq xo‘jaligidagi asosiy mashg‘uloti dehqonchilik va chorvachilikdan iborat bo‘ldi. Dehqonchilik vohaning tog‘ va tog‘ oldi hamda tekislik qismlarida yaxshi rivojlanib, dehqonchilikda bug‘doy, arpa, jo‘xori, tariq, no‘xat, sholi, paxta; yog‘li o‘simliklardan zig‘ir, kunjut, kungaboqar; oziq-ovqat ekinlaridan kartoshka, piyoz, sabzi, turp, lavlagi; poliz mahsulotlardan, qovun, tarvuz, bodring, pomidor va boshqalar yetishtirildi.
12.Xonliklarda soliq tizimi ikki xil tartibda olingan. Bu birinchi soliqni mahsulot shaklida olish, ya’ni bu dehqonchilik hududlarida uni amalga oshirish o‘rim-yig‘im, xirmon ko‘tarish paytiga to‘g‘ri kelgan. Ikkinchi soliqni pul shaklida olgan. Pul shaklida olish ko‘proq shaharlik aholisiga nisbatan qo‘llanilgan.


Download 68.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling