Mavzu: O'rta osiyoda islom. R e j a


Download 64.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana09.01.2022
Hajmi64.33 Kb.
#264176
  1   2   3   4
Bog'liq
O'rta osiyoda islom.



Mavzu: O'rta osiyoda islom. 

 

R e j a :

 

 

1. 



Islomni O'rta Osiyoga kiritilishi, uning o'ziga xos rivojlanish yullari. 

2. 


Tasavvuf. 

3. 


Islomiy qadriyatlar va hozirgi zamon. 

 



 

Islomning O'rta Osiyoga kiritilishi, uning o'ziga xos rivojlanish yullari.O'rta Osiyo 

arab  istilochilari  tomonidan  zabt  etilishi  VII-asr  oxiri  va  VIII-  asr  boshlarida  ummaviylar 

sulolasi  hukmron  bo'lgan  661-750-yillarda  arablar  harbiy  yurishining  ikkinchi  bosqichiga 

to'g'ri keladi. O'rta osiyo xalqlari hayotiga islom ta'limotining kiritilishi muayyan darajada 

ijobiy  rol  o'ynadi.  Jumladan,  arablar  hukmronlik  qilgan  dastlabki  asrlarda  ilohiyot,  fan, 

falsafada  arab  tili  hukmron  bo'lgan.  Ammo  keyinchalik  mahalliy  xalqlarning  o'z  tillarida 

ham madaniyat rivojlanib, unga islomning ta'siri kuchli bo'lgan. 

 

O'rta Osiyo xalqlari madaniyati, ilohiyot va fanlarning rivojlanishiga islomning ta'siri kuchli 

bo'lgan.  IX-XII  Va  XIV-XV  asrlardagi  uyg'onish  davrida  undan  keyingi  hayotda  jahonga 

mashhur olim, mutafakkirlar, ilohiyot sohasining yirik namoyondalari yetishib chiqqanlar. 

XIX asrning 70-yillarida Turkiston boshqa taraqqiy etgan mamlakatlarga nisbatan ijtimoiy-

iqtisodiy,  madaniy  rivojlanish  darajasidan  ancha  orqqada  edi.  Yagona  markazlashgan 

davlat emas edi. Turkiston 3 ta xonlikka: Qo'qon, Buxoro va Xiva xonliklariga bo'lingan edi. 

Ular  o'rtasidagi  nizolar  mamlakatning  iqtisodiy-madaniy  hayotning  rivojlanishiga  katta 

salbiy ta'sir ko'rsatar edi. Bu hham o'z navbatida mehnatkashlar ommasi ongining o'sishiga 

salbiy ta'sir ko'rsatgan edi. 

XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonni chor Rossiya zabt etgan. Chorizmning Turkistonni 

ishg'ol  etishi  qisqi  muddatli  harbiy  siyosiy  harakat  bo'lmay, qariyb  chorak  asrni  o'z  ichiga 

olgan va Turkiston xalqlari hayotida muayyan iz qoldirgan ziddiyatli tarixiy hodisadir. Istilo 

Qo'qon xonligining g'arbiy chegarasi hisoblangan. Oqmachit qal'asi (Qizil O'rda)ning 1853 


yilda bosib olinishi bilan boshlangan. Chorizmning Turkistondagi istilochilik harakati 1876 

yilda shu xonlik markazi - Qo'qonning taslim bo'lishi bilan tugallangan. 

1900  yili  Turkiston aholisining  4,15  foizi ko'chib kelganlar edi. Ular  eng  yaxshi  yerlarning 

2659 ming desyatinasini o'z qo'llariga olganlar. Ushbu o'zgarishlar natijasida o'lkani siyosiy 

hayotida ham o'zgarishlar yuz bergan, jamiyatning sosial tabaqalanishi keng tus olgan. 

O'lkada  tarih  arxeologiya, etnografiyaga  oid  muzeylar  ochilgan. Ilmiy  jamiyatlar to'zilgan. 

1870  yilda  Toshkentda  kutubxona  (hozirgi  A.Navoiy  nomidagi  kutubxona)  ochilgan.  Yirik 

shaharlar  –  Farg'ona,  Xiva,  Andijon,  Samarqand,  Toshkentda  bir  qancha  bosmaxona  va 

litografiyalar  ochilgan.  Navoiy,  Fuzuliy,  Mashrab,  Muqimiy,  Furqat  kabi  shoirlarning 

she'riy to'plamlari nashr qilina boshlagan. O'zbek tilida gazeta chiqa boshlagan. O'lkada bu 

paytga  kelib  mahalliy,  diniy  maktablar  soni  ham  ortib  borgan.  3  ta  viloyatda  (Sirdaryo, 

Farg'ona,  Samarqand)  jami  masjidlar  11964,  imomlar  11680,  maktablar  4632,  undagi 

o'quvchilar 44783, madrasalar 277, undagi o'quvchilar 7935, eshonlar – 391 ta bo'lgan. Bu 

shuni  ko'rsatadiki,  Chorizmning  zulmiga  qaramasdan  islomga,  uning  qadriyatlariga 

munosabat xalqda so'nmagan. 

XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkistonda g'oyaviy-siyosiy kurash yanada kuchayib, uchta 

yo'nalish vujudga kelgan: 

a) 

feodal-klerikal, 

 

b) 

jadidliq 

v) demokratik yo'nalish. 


Mamlakatda  islom  mafkurasi  hukmronlik  qilib  turgan  paytda  ular  o'lkaning  iqtisodiy, 

ma'naviy,  madaniy  jihatdan  qoloqligini  tugatish,  xalq  ommasini  iqtisodiy  va  ma'naviy 

zulmdan  ozod  etish,  uni  ma'rifatli  qilish  yullarini  axtardilar.  Ma'lumki,  ular  o'zlarining 

ijtimoiy-falsafiy  qarashlarini,  ilg'or  g'oyalarini  badiiy  adabiyotda,  poeziya  janrida 

ifodaladilar.  Bu  ma'rifatparvarlar  mehnatkashlar  ahvolini  yaxshilash,  ilm-ma'rifat, adolatli 

tuzum  o'rnatish,  xalqlar  do'stligi  g'oyalarini  targ'ib  etish  kabi  masalalarga  katta  e'tibor 

berganlar. 


Download 64.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling