Mavzu: O'rta osiyoda islom. R e j a


Download 64.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana09.01.2022
Hajmi64.33 Kb.
#264176
1   2   3   4
Bog'liq
O'rta osiyoda islom.

Tasavvuf  tariqati.  Tasavvuf  (arab.),  uni  sufiyliq  sufizm  deb  ham  yuritiladi.  Tasavvuf  – 

islomdagi  diniy-falsafiy  oqim  bo'lib,  u  VIII-asrda  arab  mamlakatlarida  vujudga  kelgan. 

Tasavvuf musulmon mamlakatlari ijtimoiy taqqiyotining xususiyatlari bilan bog'liq ravishda 

paydo bo'lgan. 

Tasavvuf  ta'limotining  asosiy  mazmuni  inson  va  uning  xudoga  munosabatidir.  Yangi 

odamlarni  xalolikka,  tenglikka,  inson  qadr-qimmatini  yerga  urmaslikka,  barcha 

musulmonlarni  teng  bo'lib  yashashga  chorlagan.  Ayniqsa  bu  ta'limot  boshqalarning 

kuchidan foydalanmasdan o'z halol mehnati evaziga yashashni talab qiladi. 

Tasavvuf ta'limotining yuzaga kelishining yana muhim sabablaridan biri ko'p mamlakatlarni 

birlashtirgan arab imperiyasida fanlarni rivojlantirish, diniy ta'limotni hayotga tatbiq qilish 

borasida turli xil yondoshuvlar bo'ldi. 

Tasavvuf  vaxdat-ul  mavjud  va  vaxdat-ul  vujud  diniy-falsafiy  g'oyalar  hamda  Arastu 

qarashlaridan  oziq  olib  rivojlangan  Sharq  falsafasi  ta'sirida  islomning  alohida  oqimi 

sifatida vujudga keldi. U murakkab diniy-falsafiy oqim bo'lib, xilma-xil shakllarga, mazmun 

va  yo'nalishga  ega.  Tadqiqotchilarning  fikricha,  uning  17  ta  asosiy  suluki  (yo'nalishi) 

mavjud. 


Tasavvufda  ikkita  asosiy  g'oyaviy  yo'nalish  ko'zga  yaqqol  tashlanadi:  bu  o'tkinchi  dunyo, 

mol-mulq mansabga ixlos qo'yish Allohni unutishga, imonsizlikka olib keladi, degan g'oyaga 

tayanganlar  tarkidunyochilikni  targ'ib  etganlar;  azro'i  azalda  peshonaga  yozilgan  taqdir 

borligiga,  odam  undan  qochib  qutula  olmasligiga  ishontirishga  intilganlar.  Ikkinchi 

yo'nalish  bu  dunyo  Alloh-taolo  tomonidan  odamlar,  ularning  insonlardek  yashashi  uchun 

yaratilgani,  odam  shu  dunyodagi  ezgu  ishlari  bilan  u  dunyoda  visoliga  musharraf  bo'la 

olishiga, binobarin, undan qo'rqish asosida emas, Allohni sevish, uning visoliga yetish uchun 

og'ir, mashaqqatli poklanish yo'lidan borishni tashviq etganlar. 

Tasavvufning  so'l  qanoti  diniy-falsafiy  ta'limot  sifatida  aqidaparastlik  islomga  nisbatan 

muxolifiyat  bo'lib,  Yaqin  va  O'rta  Shprqda,  ayniqsa  O'rta  Osiyoda  tabiiy  va  falsafiy  fanlar 

rivojida  o'z o'rni  va mavqeiga  egadir. O'rta  Osiyo  mutafakkirlarini sho'rolar davrida o'sha 

davrdagi  islom  aqidalariga  qarshi  qo'yildi.  Ijtimoiy  hodisa,  ma'naviyatga  sinfiy(partiyaviy) 

munosabat tarixiy jarayonlarga shunday g'ayriilmiy yondoshuvni, ularni mafkura va siyosat 

talablariga bo'yosundirishni taqozo etardi. 

Shu  yo'sinda  rivojlangan  tasavvuf  Sharqda,  shu  jumladan  Turkiston  musulmonlari  orasida 

tafakkur tarzi va axloq me'yorini belgilaydigan ijtimoiy hodisaga aylangan. 


Download 64.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling