Mavzu: O'rta osiyoda islom. R e j a


Islomiy  qadriyatlar  va  hozirgi  davr


Download 64.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana09.01.2022
Hajmi64.33 Kb.
#264176
1   2   3   4
Bog'liq
O'rta osiyoda islom.

Islomiy  qadriyatlar  va  hozirgi  davr.  Kishilarni  o'tmishga,  undagi  qadriyatlarga,  ma'naviy 

madaniyatga  hurmat  bilan  qarash  ruhida  tarbiyalash  ularga  shaxsiy  va  ijtimoiy  hayotda 

to'g'ri  yo'l  topishda  yordam  beradi.  Bunday  yo'l  topa  olmagan  kishilar  o'zlarini  qiyin 

ahvolga  solib  qqo'yadilar.  Haddan  tashqari  chetga  chiqishlar  esa  ko'pincha  haqiqatning 

ayon bo'lmay qolishiga olib keladi. 

Dinda  umuminsoniy  qadriyatlar  juda  ko'p.  Hozirgi  zamon  ruhoniylari  ham  dahriylar  kabi 

unutgan  bu  qadriyatlarni  tiklamoqdalar;  zamona  ehtiyoji  va  manfaatlariga  xizmat 


qiladiganlarni  qayta  tilga  kirgizmoqdalar.  Biz  ularga  bu  xayrli  ishda  ittifoqchi  va 

xayrixohmiz. 

Hozirgi  diniy  uyushmalar  rahbariyatining  xalq  ommasi,  jumladan  oddiy  dindorlar  orasida 

hurmat va obro'ga tobora ko'proq ena bo'lib borayotganligining o'z sabablari bor. Bulardan 

biri,  ular  dunyoviy  bilim,  ilm-fan,  madaniyat,  ma'naviyat,  e'tiqod  va  imonni  tan  olib,e'tirof 

etmoqdalar. 

 

Hozir oliy  islom  o'quv  yurtlarida  19  -20 turdagi  fanlardan dars  o'tilib, imtihon olinadi. Bu 

o'quv  predmetlarining  yarmidan  ko'pi  dunyoviy  bilimlar  ekanligi  hammamizga  ma'lum.  Bu 

hol  hozirgi  zamon  ruhoniylarining  ilm-fandan  iborat  qadriyatlarga  har  qachongidan  ham 

katta  e'tibor  berayotganliklarining  ishonchli,  diqqatga  sazovor  dalilidir.  Yana  bu  – 

Muhammad  (s.a.v.)ning  «Ilmga  nisbatan  go'yo  cho'pon  kabi  posbon  bo'linglar,  lekin  ilmni 

faqat rivoyat qiluvchi bo'lmanglar», «Ilm o'rganish har bir mo'min uchun farzdir», «Shahid 

qonidan  ko'ra  olimning  siyohi  muqaddasdir»,  «Ilm  ibodatdan  afzaldir»  -  degan  da'vatu 

hikmatlariga  hozirgi  zamon  din  ahllari  sobitqadamlik  bilan  amal  qilmoqdalar.  Biz  ham 

ularni targ'ib qilamiz. 

 

Islomning muhim talablaridan biri har bir inson imonli, e'tiqodli bo'lishi lozimligidir. 

Biz  xalqimizning  diniy  e'tiqodini  endi  g'oyat  hurmat  qilamiz,  uni  umuminsoniy  ma'naviy 

madaniyatning  uzviy  qismi,  deb  qadrlaymiz.  Chunki  hozirgi  diniy  ta'limotda  birinchi 

navbatda insoniy elementlar ustun turadi. 


Hadislardagi  da'vat,  pand-nasihatlarning  hozirgi  zamon  bilan  hamohang  bo'lgani,  ayniqsa 

mamlakatimizdagi turli millatlar orasida noxush voqealar yuz berib turgan davr taqozosiga 

muvofiq  keladigan  odamlarni  do'stliq  hamkorlikka  chaqiriqlardir.  Hadislarning  birida 

«Salomlashib yuringlar, odamlarga taom yediringlar… uzaro birodar bo'linglar» deyilgan. 

Ularning yana birida, «Mo'minlar uzaro do'stlashishda, rahm-shafqatda va mehru-oqibatda 

go'yoki  bir  tananing  a'zolaridir.  Uning  biror  a'zosi  og'risa,  unga  qo'shilib  qolgan  a'zolari 

ham bedorlik va og'riq bilan alam chekadi». 

Hadislarda xayriya, ya'ni saxovat, muruvvat, shafqat, hadya, xayru sadaqa kabi masalalarga 

juda ko'p o'rin va e'tibor berilgan. Ularning birida «sadaqa va xayru ehson qtltsh yuli bilan 

rizqu  nasibalaringizga  baraka  tilanglar»,  deyilsa,  ikkinchisida,  «Tangri  g'am-tashvishli 

odamlarga  yordam  beradiganlarni  do'st  tutadi»  deb  ta'kidlanadi;  uchinchisida  «ochlarga 

ovqat bering, bemorlarni borib ko'ring va hojatmandning hojatini chiqaring» deyiladi. Yana 

birida  «bir-biringizga  ehson  qilinglar,  chunki  ehson  muhabbatni  oshiradi  va  dildagi 

g'amliklarni yo'qotadi», degan da'vatlar, hikmatlar olg'a suriladi. 

Shuni  e'tirof  etishimiz  kerakki,  dingina  emas,  balki  ilm-fanning  birgina  o'ziyoq  insonni 

yuksak  fazilatli  qilishga  qodir  emas.  Buning  uchun  ijtimoiy  tuzum,  moddiy  omil,  iqtisodiy 

zamin,  ahloqiy  tarbiya,  boy  ma'naviy  hayot  va  hokazolar  mavjud  bo'lishi  kerak.  Bunda 

dinning real qadriyatlari ishtirok etishi mumkin. 

 


Download 64.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling