Mavzu: O’rta


Download 119.41 Kb.
bet2/4
Sana09.05.2023
Hajmi119.41 Kb.
#1448950
1   2   3   4
Bog'liq
4-мавзу

Amir Temur (1336-1405) davlat va iqtisodiyotni boshqarishda o’ziga xos maktab yaratgandi. Sohibqiron davlatida devoni buzurg (bosh vazir) dan tashqari har bir viloyatda Devon deyiluvchi boshqarma bo’lgan. U davlatning butkul ishlarini: soliq yig’ish, tartib saqlashni, ijtimoiy binolar - bozorlar, hammomlar, yo’llar, suv inshootlari tarmoqlarini nazorat qilardi. Xalqning xulq-atvori kuzatib turilardi. Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan so’roq, tekshirish, taftish va tergov ishlarini olib borishardi. Ayniqsa, toshu-tarozi to’g’riligi, odil baho tekshirilgan, qallob va tovlamachilar qat’iy jazolangan, eng muhimi bu ish to’ppa-to’g’ri bozorda, xalq oldida amalga oshirilgan. Savdogarlarga olib kelingan mol ustiga 10 foizgacha narx quyish mumkin bo’lgan. Temur saltanatini idora qilish uchun turli vazirlar faoliyat ko’rsatgan. Shunday vazirlardan birinchisiga yer soliqlari, boj, o’lpon-soliq undirish hamda mirshablik yumushlarini boshqarish yuklatilgan. Bu vazir mamlakatdagi muhim ishlarni, kundalik muammolarni hal qilgan, raiyat ahvolini kuzatgan, viloyatlardan olingan hosil, soliq, o’lponlarni taqsimlagan.
Ikkinchi vazir sipox vaziri hisoblanib, sipoxiylarning maoshlari va tanxo (bu erda - toju-taxt uchun qilgan xizmatlari evaziga beriladigan in’om ma’nosida)larni boshqargan.
Uchinchi vazir esa egasiz qolgan, o’lib ketgan va qochganlarga tegishli mollarni, kelib-ketayotganlar, savdogarlar mol-mulkidan olinadigan zakot va bojlarni, mamlakat chorvasini boshqarib, bularning barchasida to’plangan daromadlarni omonat tarzida saqlagan. Agar g’oyib bo’lganlar va vafot etganlarning mol-mulki bo’lsa, ularni o’z merosxo’rlariga topshirgan.
To’rtinchi vazir saltanat ishlarini yurituvchi vazir bo’lib, u saltanatdagi jami idoralarning kirim-chiqimlari, xazinadan sarf qilingan harajat, xatto otxona va saroydagi boshqa jonzotlarga qilingan harajatlardan ogox bo’lib borgan. Vazirlar Devonbegiga bo’ysungan.
A.Temurning davlat va iqtisodiyot sohasidagi asosiy fikrlari «
Download 119.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling