Mavzu: O’rta


Download 119.41 Kb.
bet1/4
Sana09.05.2023
Hajmi119.41 Kb.
#1448950
  1   2   3   4
Bog'liq
4-мавзу


Mavzu: Orta Osiyo muttafakirlari iqtisodiy goyalari

Mavzu rejasi:

1. Forobiy hamda Ibn Sino asarlaridagi iqtisodiy qarashlar 2. Yusuf Xos Xojib va Navoiyning iqtisodiy g’oyalari


3. Amir Temur iqtisodiy qarashlari va temuriylar davrida iqtisodiy siyosat 4. Bobur va boburiylar davridagi iqtisodiy g’oya va qarashlar

X-XII asrlarga kelib O’rta Osiyo ilg’or ijtimoiy tafakkurning Sharqdagi yirik markazlaridan biriga aylandi. Bu davrda feodal davlat markazlashgan va eng rivojlangan pallaga kirdi. O’rta Osiyo Evropani Osiyo bilan bog’lovchi yirik moddiy, madaniy va savdo markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni shakllantirdi.
Bu davrda butun dunyoga tanilgan Al-Fargoniy, Al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Nizomulmulk va boshqa ko’plab mutafakkirlar yashab, ijod qilishdi. Ularning asarlarida iqtisodiy g’oyalar ham o’z aksini topgan. Sharq renessansi davridagi olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdorlik hunari sirlarini bayon etganlar. Ularning asarlaridagi umumbashariy iqtisodiy taffakkur bugungi kunda ham dolzarbligi bilan muhim o’rin tutadi.
Ibn Sino (980-1037)ning fikricha: «Hayvon tabiat ne’matlariga qanoat qiladi, odamlarga esa tabiat nematlari kamlik qiladi, u ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga extiyoj sezadi. Hayvon tabiat nematlarini ozlashtirib oladi, odam esa oz mehnati bilan oziga ovqat, kiyim, joy yaratadi. Shu maqsadda inson dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shugullanishi kerak».
Forobiy (873-950) O’rta asr davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarning qariyib barcha sohalarini o’z ichiga oluvchi 160 dan ortiq risola yaratgan «qomusiy olim sifatida tan olinadi. Uning Sharq olamidagi shuhrati shu darajaga etdiki, uni Aristotel (Arastu)dan keyingi yirik mutafakkir- «muallimas -«soniy» - «ikkinchi muallim» deb atay boshladilar.
Olimning ayniqsa «Fozil odamlar shaxri» asari diqqatga sazovar bo’lib, unda mamlakatni boshqarish, xoqimlar faoliyati, iqtisodiyotni olib borish bilan bog’liq bo’lgan muhim g’oyalar keltiriladi. Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, Forobiy o’z ustozi Arastu g’oyalarini har tomonlama talqin etadi va uni to’ldirishga harakat qiladi, jamiyat shakllanishi uchun moddiy ehtiyojlarning ahamiyati haqidagi ta’limotni yaratdi, iqtisodiyot fanida muhim bo’lgan «Ehtiyoj»

ni ta’riflab berdi. U moddiy boyliklar yaratishda mehnatning va mehnat qurollari o’rnini aniqlab berdi. Ayniqsa, «mehnat taqsimoti» masalalari mutafakkir asarlarida yaxshi yoritib berilgan. Mehnat taqsimoti tufayli ishlab chiqarish rivojlanadi, chunki vaqtdan yutiladi, ishlovchilarning kasb-mahorati ortadi, texnik moslamalar kiritish uchun asos yuzaga keladi, ya’ni o’z davrida hamma ishni bir odam (usta) bajarishi mumkin bo’lgan holatdan, har bir operastiyani maxsus kishilarga bo’lib berish afzalligi ko’rsatiladi («Qushni so’ysa ham, qassob so’ysin»). Mehnat taqsimoti to’g’risidagi g’oya taniqli iqtisodchi Adam Smit ta’limotining (XVIII asr) asosidir.
Forobiyning fozil (ideal) davlat, hokimlar to’g’risidagi g’oyalari nihoyatda ahamiyatlidir, o’zaro yordam va dustlikning zarurligi ko’rsatiladi. Masalan, shahar tartibotida eng asosiy narsa mulk, noz-ne’matlarni to’g’ri taqsimlash ekanligi qayd etilgan. Arastu g’oyalari rivojlantirilib, avvalo er va joylarning miqdori, keyin ularning egalari va tutgan o’rinlari, so’ngra nihoyatda zarur hisoblanuvchi oziq-ovqat, ekin ekiladigan erlar, saroy va shaxsiy uylarning miqdori hisobga olinishi kerakligi ko’rsatiladi.
Fozillar shaxri xoqimining fazilatlari haqidagi fikrlar nihoyatda qimmatlidir. Forobiy tadqiqotlarining yana bir muhim jihati shuki, u ko’p (yunon, arab va b. ) tillarni bilgan, boshqa olim asarlarini tahlil etgan, sharxlagan va izohlagan.
Tarixda shunday voqea bo’lib o’tganligi qayd etiladi. Qomusiy olim Ibn Sino Arastuning «Metafizika» asarini 40 marta o’qib ham tushuna olmagan ekan. U surunkali mutaoladan charchagan , bozor aylanishni ixtiyor etadi. Baxtli tasodifni qarangki, bozordan harid qilgan kitobi Forobiyning Arastu asariga yozgan sharxlari ekan. Ibn Sino kitobni bir marta o’qib chiqishdayok Arastuning «Metafizika» asari mohiyatiga to’la tushunib etadi.
Donishmand hikmatlarida insonning kasb-hunar, san’atdagi fazilatlari har doim ham tug’ma bo’lavermasligi, ko’pincha ular mehnat mashaqqati va iroda yo’li bilan ruyobga chiqishi qayd etiladi. Shubhasiz, bu ikki qobiliyat o’zaro uyg’unlashganda rivojlanish bo’ladi.
Forobiy fikricha , baxtga erishish maqsadida o’zaro yordam bergan xalq fazilatli xalqdir. Shu tartibda barcha xalqlar baxtga erishish uchun bir-biriga yordam berishsa, butun er yuzi fazilatli bo’ladi. O’ylashimizcha, yangi XXI asrda turgan deyarli barcha davlatlar ham shu to’xtamga kelmoqdalar.
«Kim rahbar bo’la oladi?»degan savol bundan ming yillar avval ham buyuk donishmandlarni qiziqtirgan ekan. Abu Nasr ibn Muhammad Forobiy «Fozil odamlar shahri» nomli asarida bo’lajak rahbarlarning asosiy fazilatlari to’g’risida oqilona mushoxada yuritgan, 12 fozilat berilgan.
Musulmon huquqshunosligida tovarning iste’mol qiymati tan olingan, tovarning qiymati bilan so’ralayotgan baho (bozor narxi) farqlangan. Yirik din peshvosi Bahouddin Naqshbandning (1318-1389) «Dil ba yoru, dast ba kor», ya’ni «dil yor (Allox) bilan, qol ish
bilan (band bolsin)» degan tezisi o’sha davr va hozirgi kun uchun muhim edi, chunki ilgari xudoga faqat e’tiqod qilishning o’zi kifoya deb bilingan. Nizomulmulk (1018-1092) «Siyosatnoma» asarida hukmdorlar, amirlar, amaldorlar va qozilarning mansabni suiiste’mol qilishini, soliqlarning og’irligi, davlat mablag’larini saqlash va sarflashda hisob-kitob zarurligini qayd etgan. Saljuqiylar davlati arbobi sifatida iktoni tanqid qilgan. Iqto’ - o’rta asrlarda O’rta Sharq, shu jumladan O’rta Osiyoda hukmdor tomonidan ayrim shaxslarga katta xizmatlari evaziga in’om qilingan chek yer (Temuriylar davlatida suyurgol).
XIII asrning boshidan XIV asrning 70-yillarigacha bo’lgan davr bu mug’ullar istilosi davri bo’lib, ko’p sohalarda orqaga qaytish (regress) bo’ldi. Ammo bosqinchilar mahalliy xalq urf-odati, madaniyati, tili, dinini, xo’jalik tarzini qabul qilishga va ular bilan aralashib ketishga majbur bo’ldilar. Shu davrda boj, bojxona, bojxona solig’i yuzaga keldi. Hozirgi ruscha «tamojnya» so’zi aslida mug’ulcha, keyinchalik turkchadagi «tamga» so’zidan olinganligi ma’lum.
Buyuk qomusiy olim Abu Rayxon Beruniy (973-1048) 150 dan ortiq asar yaratgan bo’lib, ularda mehnat boylikning asosi ekanligi to’g’risidagi g’oya asosiydir. Uning ko’pgina fikr va qarashlari bugungi kun uchun ham ahamiyatini yo’qotmagan.
Olim yashagan davrdagi munosabatlar, ishlab chiqarishning yuksalganligi, savdo-sotiqning rivojlanishi, sug’orish inshooatlarining ishga tushirilishi ana shu davr uchun xos edi.
Shu asosda Beruniyda kishilik extiyojlarining paydo bo’lishi va uni qondirish asoslari, mehnat va xunarga munosabatlari uyg’unlashib ketadi. Uning fikriga ko’ra, kishilar o’z zaruriy extiyojlarini qondirish uchun uyushgan xolda yashash va ishlashga majburdirlar. Extiyojlar turli-tuman va ko’p bo’lganligi uchun insonlar birlashgan xolda turar joy va shaharlar yaratishga intiladilar, deb xisoblaydi. Shuningdek, u davlatning paydo bo’lishini ham extiyoj tufayli deb uylagan. Eng muhim g’oya shuki, barcha qimmatli narsalar inson mehnati bilan yaratiladi va insonning qadr-qimmati uning avlod-ajdodlarining kim bo’lganligi emas, balki uning mehnati, aqliy va jismoniy maxorati bilan belgilanadi. Har bir davrning urf-odatlari o’ziga xos bo’ladi va inson axli ularga rioya qilmog’i darkordir, aks xolda nizom va bir xillik yo’qolsa, tartib ham yo’q bo’ladi, deb uqtiradi buyuk donishmand.
Olimning fikrlariga tayanib shunday muhim xulosa chiqarish mumkinki, inson erdagi bunyodkor va yaratuvchi kuchdir. Inson avvalo xalol mehnati bilan ulug’lanadi, kishilik jamiyatining asl ibtidosi ham mehnatdandir.
Beruniy qayd etishicha, bilimlarni egallamoq va xunar o’rganmoq uchun mehnat qilish zarur, bu esa doim davom etadigan va takomillashib boradigan jarayondir. U mehnatni turlarga ajratib, ularning har qaysisi aloxida talab va ehtiyojlar asosida vujudga kelishini ko’rsatib berdi. Binokor, ko’mir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari mehnatini og’ir mehnat deb biladi. Ilm,
ma’rifat zahmatkashlari mehnatiga ta’rif berish, ilm olish, o’qish eng kerakli mehnat ekanligini isbotlaydi. Shunga ko’ra olimlarning mehnatini qadrlash turli ilmlar ko’payishiga olib keladi. Olim jamiyatning asosini moddiy ne’matlar uchun bo’lgan harakatlarda, mehnatda deb biladi.
Qo’l mehnati, majburiy mehnatdan erkin kishilarning faoliyati usutunligi isbotlab beriladi (erkin bozor munosabatlarining asosi). Mehnatkashlarning xohish-irodasiga qarshi, ularni majburlab ishlatishga qarshi bo’lgan, chunki bunday mehnat samarasi pastdir. Meros bo’lib avloddan avlodga o’tib keladigan hunarlar yuqori baholangan.
Beruniy og’ir jismoniy mehnat qiluvchilar, ya’ni konda ishlovchilar, er ostida gavhar qidiruvchilar, dehqonlar to’g’risida, ularga berilishi kerak bo’lgan imtiyozlar va ish haqi xaqida «Minerologiya» asarida keng mulohaza yuritadi. Ayniqsa ochiq va er ostidagi kon ishlariga alohida e’tibor beriladi, er osti konlarini mustahkamlash (falokat oldini olish uchun), er osti suvlarini chiqarib tashlash, olingan rudani yuqoriga olib chiqish uchun maxsus moslamalardan foydalanish tavsiya etiladi. Kon atrofida konchilar qishlog’ini barpo etish zarurligi ko’rsatiladi.
Er osti boyliklarini qazib olish ishlari katta jismoniy mehnat, ixtirochilik, aqliy mehnat va bilim sarflashni talab etadi. Bu murakkab va og’ir ishlarni bajarish maxsus maktab, ularda ta’lim-tarbiya berish asosida yo’lga qo’yilmog’i kerak, deydi olim. Xuddi shu o’rinda Beruniy ilm ahllari, olimlar, tarbiyachilarning mehnati jamiyat uchun naqadar kerakli va zarurligini alohida uqtiradi. Beruniy ustalarning ahvoli, shogirdlarning faoliyati, ish haqlari borasida ham qimmatli g’oyalarni ilgari suradi, ish haqi miqdori samaradorlik bilan bevosita bog’lanadi.
Olimning yozishicha: «Basrada billurdan idish-tovoq va boshqa narsalar yasaydilar. Ish joyida belgilab-o’lchab beruvchi usta bo’lib, uning oldida billurning mayda va katta bo’lakchalari to’plangan. U ana shulardan chiroyli va keraklisini olib, undan eng chiroyli va yaxshi buyum yasashni uylab ulchab belgilab chiqadi. Shundan keyin uni yasovchi hunarmandga beradi, bu birinchi usta aytganidek qilib buyumlarni yasay boshlaydi. Olim shu erda mehnat taqsimoti va uning ahamiyatini ko’rsatadi.
Olim va mutaxassislar mehnatini mamlakat boshqaruvchilari tomonidan rag’banlantirib turish foydali ekanligi alohida ta’kidlanadi. Bu aslini olganda manfaatdorlik tamoyilining xuddi o’zidir. Uningcha, ayniqsa, erga ishlov berib, rizq-ro’z yaratuvchilarga mexribon bo’lish kerakligi ko’rsatiladi. Ana shu g’amxo’rlik oqibatida erga yaxshi ishlov beriladi va er hosildor bo’ladi, moddiy ne’matlar yaratiladi, ishlovchi va jamiyat manfaatlari bab-baravar himoya qilinadi (bu fikr XVIII asrda Adam Smit tomonidan to’laroq isbotlab berilgan). Moddiy ne’matlar esa tiriklik asosidir.
Ana shunday qilinganda hoqimiyat ham mustahkam bo’ladi, deydi olim (bu erda davlatning iqtisodiyot bilan munosabati masalasi ko’tariladi). Agar kishilar to’q bo’lsa, davlat ham kuchlidir. Hukmdorlarning vazifasi yuqori tabaqalar bilan quyi tabaqalar o’rtasida
xaqiqatni, kuchli bilan kuchsiz o’rtasida tenglikni o’rnatishdan iboratdir, deb uqtiradi olim. Mehnatning ixtiyoriyligi, ozodligi, erkinligi kishilar o’rtasida xulq-atvor, hurmat-e’tibor uchun muhim va zarurdir. Bozor iqtisodiyotining eng zarur tamoyillaridan biri-bu tanlash va tadbirkorlik erkinligi masalasi ilgari surilgan.
Atoqli davlat arbobi, ilk turkiy dostonnavis Yusuf Xos Xojib 1020 yili Qoraxoniylarning markaziy shaharlaridan biri Bolasog’unda tug’ildi(olamdan o’tgan yili noma’lum). Bo’lajak mutafakkir o’z davridagi barcha bilimlarni, arab va forsiy tillar hamda undagi adabiyotlarni puxta egallaydi.
U 1069-1070 yillar orasida «Qutadg’u bilig» (qutga, ya’ni baxt- saodatga eltuvchi bilim) asarini turk tilida yozib, Qoraxoniylar hukmdori Tabg’ochxon Bug’roxonga taqdim etadi. Xon Yusufga «Xos Hojib» (eshik og’asi) degan martabani in’om etadi. Bu falsafiy didaktik asarda markazlashgan davlat tuzish, uni mustahkamlash, nizo va adolatga barham berish kabi ma’muriy-xo’jalik hamda ma’rifat, obodonchilik, moddiy-ma’naviy va boshqa adolatli hukmron, davlatni tadbir bilan boshqarish ishini o’rganish, kasb-hunar egallash, xalq g’amini eyish haqidagi fikrlar ilgari suriladi.
Bizgacha donishmandning faqat bir asari etib kelgan, ammo bu asarda shunday durdonalar to’planganki, ularga qoyil qolmay iloj yo’q. Asar 13 ming misra (nasriy va nazmiy muqaddimadan tashqari)-73 bobdan iborat. Unda inson tafakkurining barcha jabhalari bo’yicha so’z yuritiladi va nihoyatda qimmatli fikrlar bayon etilgan. Kitobda berilgan bu g’oyalar o’z davri uchun ham , hozirgi davr uchun ham nihoyatda qadrlidir.
Ayniqsa iqtisodiyot masalalari bo’yicha davlat va raiyat munosabatlari sinchiklab o’rganilgan. Asar 18 oy-bir yarim yilda yozib tugallangan (Bolasog’unda boshlangan va Qashqarda nihoyalangan) bo’lsa ham, uni yaratish uchun juda uzoq vaqt tayyorgarlik ko’rilgan. Donishmand fikricha, ezgu orzularga faqat toat- ibodat bilangina etishib bo’lmaydi. Buning uchun talay ezgu ishlar qilish, foydali faoliyat ko’rsatish kerak, degan fikrni ilgari su’radi.
Borlik haqidagi bilimlarga to’qnashib, odam bilishi mumkin bo’lmagan narsa, bilim bilan yechilmaydigan jumboq yo’q, bilim tufayli osmon sari ham yo’l ochiladi, deydi. Bilish uchun esa tinmasdan o’rganish lozim, deb uqtiradi.
Taniqli iqtisodchi Adam Smitning iqtisodiy ta’limotiga ko’ra (XVIII asr), mamlakatni iqtisodiy bo’xrondan chiqarish uchun 3 narsa:
Tinchlik-osoyishtalik; Me’yoridagi soliqlar va
Iqtisodiy erkin faoliyat yuritish imkoni talab etiladi. Ana shu g’oya aslida bizning mutafakkir tomonidan yetti asr avval bayon etilgan.
Xalq, raiyat (soliq to’lovchilar) mamlakat hukmdoridan uch narsani kutadi, deb uqtiradi Yusuf Xos Xojib, bular: 1) pulning qadrini ko’tarish yoki (ushlab turish); 2) xalqka xususiy mulk huquqini ta’minlovchi qonunlarni joriy etish va 3) yo’llarni o’g’ri-qaroqchilardan muhofaza qilish. Shox esa fuqarolardan soliqni vaqtida to’lashni (hozirgi kunda ham nihoyatda dolzarb), chiqargan farmon qonunlarini bajarish hamda do’stiga do’st, dushmanga dushman bo’lishni talab qiladi, deb yozadi. Ko’rinib turibdiki, bunda jamiyat va siyosiy hokimiyat o’zaro mutanosib bo’lishi zarurligi g’oyasi aniq ifoda etiladi.
Pulning qadrli bo’lishi haqidagi g’oya, aslini olganda inflyastiya muammosi bilan chambarchas bog’liq, baholarning mo’’tadilligi ham ta’min etiladi. U o’z navbatida inhirozsiz iqtisodiyot, erkin muomaladagi valyuta masalalariga borib taqaladi.
Xususiy mulk huquqini ta’minlash bozor munosabatlarining bosh unsuridir, mulkka egalik hissi taraqqiyot omili sifatida butun jahon rivoji asosida isbotlangan va hozirgi davrda respublikamizda ham jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Davlat, umumxalq mulkiga ommaviy o’tishning salbiy oqibatlarini sobiq sho’rolar davrida boshimizdan kechirganmiz.
Yo’llarni o’g’rilardan muhofaza qilish ichki va ayniqsa tashqi savdo (eksport-import)ni ta’minlash va qo’llab-quvvatlashning o’zginasidir. Bu erda savdoning xalq xo’jaligi uchun ustuvor ahamiyati to’g’risida gap yuritiladi. Hozirgi davrda bu g’oyalar mustaqil O’zbekiston iqtisodiy siyosatining asosini tashkil etadi. Bu g’oyalarning amaliy ahamiyati ayniqsa Sohibqiron Amir Temur faoliyatida yorqin namoyon bo’lgan.
Yusuf Xos Hojib barcha imtiyozlardan maxrum kambag’al tabaqalar ahvoliga achinish hissini izxor qiladi. Donishmand hokimlarni quyi tabaqa vakillarini ularga nisbatan mehr-shafqatli, insof-adolatli, marhamatli bo’lishiga, ayni paytda raiyatni xoqimlarga bo’ysunuvchi, sadoqatli bo’lishiga chaqiradi. Mana shunday kelishtirish yo’li bilan osoyishta hayotga erishishga umid bildiriladi (bu esa iqtisodiy rivoj uchun ham zaruriy shartdir).
Kitobdagi g’oyalar dunyodagi hamma ishlarda qo’l keladi. Unda mulk to’tishning siru-asrorlari, mamlakatni idora qilish tartibi, sharti, shuningdek, molu-mulk, el-yurtning mangu qolishi, gullab- yashnashi va uning harob bo’lish belgilari berilgan.
Mutafakkir ayniqsa kasb-xunar ahlining faoliyatini yuqori baholaydi. «Bir yigitga qirq hunar oz» bobi xuddi shu masalaga bag’ishlangan.
Vazir, qo’mondon, elchi va boshqa hukmdorlarning faoliyat mezonlari diqqatga sazovordir. Masalan, «Vazir ko’zining to’q bo’lishi uni har xil mol-mulk oldida suqlanishdan asraydi. Ko’zi och odam bor olamni esa ham to’ymaydi», deydi olim.
Dehqon, savdogar, chorvador, oddiy mehnatkash ahli to’g’risida nodir fikrlar bildiriladi. «Bular bilan yaqin bo’lgin hamisha, to tomoq tashvishin bilmasdan yasha», deb aytiladi.
Ayniqsa bilim va aql-idrokka, shu soha sohiblariga katta e’tibor beriladi. «Odamzod naslining ulug’ligi bilimdan. U aql-idrok tufayli ne-ne tugunlarni echishga qodir», deb yozadi alloma.
Amir Temur va uning avlodlari davrida markazlashgan davlat barpo etildi, iqtisodiyotning barcha sohalarida (hunarmandchilik, qurilish, qishloq xo’jaligi, ayniqsa savdoda) muhim yutuqlar qo’lga kiritildi. Bunga to’g’ri tanlab olingan iqtisodiy g’oyalar va iqtisodiy siyosat yordam berdi.

Download 119.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling