Mavzu: O’rta
Download 119.41 Kb.
|
4-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Z a x i r i dd in M u h a m m ad B ob u r
Alisher Navoiy (1441-1501) ijodida ham iqtisodiy g’oyalar muhim o’rinni egallaydi. Uning asarlarida va faoliyatida ayniqsa tijorat, savdo masalalari ancha mukammal yoritilgan. A.Navoiy asarlarida savdogarlik ishi ma’qullanadi, lekin tovlamachi va chayqovchi faoliyati qattiq tanqid qilinadi. A.Navoiy davlat arbobi sifatida mamlakatni tinch saqlash, obodonlashtirish ishiga katta hissa qo’shdi. U tirikligida mingta inshoot qurishga va’da bergan va va’dasining ustidan chiqqan, ko’pgina madrasa, shifoxona, hammom, ko’prik, rabot va boshqalarni o’z hisobidan qurdirgan. Mehnatning inson va jamiyatdagi o’rniga, do’stlikka yuksak baho bergan.
Davlat arbobi va qomusiy olim Zaxiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) va uning avlodlari tomonidan ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy masalalarda katta ishlar amalga oshirilganligi bizga tarixiy bitiklardan ma’lum. Xususan, Boburning «Boburnoma» asarida, «Mubayyin» kabi to’plamlarida iqtisodiyotga oid ma’lumotlarga, shu jumladan soliq siyosatiga katta o’rin berilgan. «Zakot to’g’risidagi katta kitob» da esa o’sha davrdagi soliq, uning turlari to’g’risida qimmatli fikrlar bildiriladi. Bu asarlarni mutaola qilar ekanmiz, ulardan mamlakatimizning bugungi hayotida ro’y berayotgan iqtisodiy islohotlarni, o’zgarishlarni tahlil qilish, xulosalar chiqarish va amaliyotda foydalanish uchun yangi fikrlar, maslahatlar topamiz. Ayniqsa, iqtisodiyotga oid, uning umumiy asoslari bo’lmish ishlab chiqarish, shuningdek savdo va tijoratga oid, soliq va boj to’lovlari bilan bog’liq bo’lgan qarashlari bizni qiziqtiradi. E’tirof etish kerakki, garchi bizning hayotimizda Boburning davlatni boshqarish, ishlab chiqarish va savdoni tashkil etish masalalariga doir alohida asari yoki uning o’z hukmronligi davrida yurgizgan iqtisodiy siyosatiga oid birlamchi manbalar bo’lmasa ham, ilmiy bilish va idrok etish kuchiga suyangan holda shunday xulosaga kelamizki, u buyuk mutafakkir, qomusiy olim sifatida iqtisodiy qonunlarning mohiyatini, iqtisodiyotning jamiyat va davlat hayotidagi belgilovchi ahamiyatini chuqur tushungan. Shuning uchun ham u dolzarb va adolatli farmonlar va xukmlar chiqarib, ilmiy jihatdan asoslangan iqtisodiy siyosat yurgizgan, buning oqibati o’laroq u hukmronlik qilgan davrda davlatda osoyishtalik, milliy totuvlik, siyosiy-ijtimoiy taraqqiyot qaror topgan. Shu bois ham Bobur asos solgan saltanat bir necha asr davomida yashadi va tarixda o’chmas iz qoldirdi. Bobur va uning vorislari davrida soliq masalalari muhim o’rinni egallagan . Boburning «Mubayyin» asari to’la ravishda qonunlar va iqtisodiy masalalarga bag’ishlangan. Asarning nomi ham «qonunlar izohi» ma’nosiga ega. O’rta asr utopiyalari Kapitalistik, ya’ni munosabatlarining shakllanish davrini manufaktura ishlab chiqarishi va dastlabki kapital jamg’arilishi bilan bog’lash mumkin, bu davr XIV-XV asrlarni o’z ichiga oladi, ya’ni er egaligi susayishi bilan bog’liq. Bu munosabatlarning shakllanishi dastlabki kapitalning jamg’arilishi jarayoni bilan ham bog’liq. Adam Smitning fikricha, ko’p sonli ishlab chiqarish tarmoqlarining o’zaro bog’lanish yo’li bilan rivojida mehnat unumdorligi o’sishining sharti dastlabki kapital jamg’arilishidir. Bu jarayon ob’ektiv, oddiy bir voqea sifatida ta’riflanadi. To’g’ri, bu jarayon real tarixiy voqeadir, ammo u amalda beshafqat sinfiy kurash, aholining bir qismini iqtisodiy va ijtimoiy ezish, zo’rlik va aldov bilan bog’liq bo’ldi. Bu jarayon davomida ob’ektiv tarixiy qonuniyat o’ziga yo’l ochdi, natijada ishlab chiqarish nisbatan o’sdi, sanoat va savdo shaharlari ko’paydi, fan va texnika rivoj topdi. Bu uyg’onish davri bo’lib, ming yillik turg’unlikdan so’ng iqtisodiyot madaniyat va san’atning ravnaqiga olib keldi. Download 119.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling