Mavzu: O’rta


Download 119.41 Kb.
bet3/4
Sana09.05.2023
Hajmi119.41 Kb.
#1448950
1   2   3   4
Bog'liq
4-мавзу

Temur tuzuklari»da to’la bayon etilgan. Tuzuklar Amir Temurning 1342-1405 yillar oralig’idagi faoliyatini aks ettiradi va ikki qismdan (maqoladan) iborat. Birinchi qismda asosan yagona davlat barpo etish, uni mustahkamlash, qo’shni (27) yurt va mamlakatlarni zabt etish masalalari yoritilgan bo’lsa, ikkinchi qismda sohibqiron nomidan aytilgan o’ziga xos vasiyat, pand-nasihat, turli sohalardagi, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiyotga oid fikr-mulohazalar keltirilgan.
A.Temur mamlakatda gadoylar bo’lmasligi kerak, degan qat’iy qoidaga amal qilgan va uning yo’lini ham belgilab bergan. Gadoylarning barchasi to’plangan va ularga bir yillik kerakli yemish, kiyim-kechak berilgan, ularni biror foydali ish bilan shug’ullanishga jalb etilgan. Odatda, ko’pchilik gadoylikni tark etib, biror faoliyat bilan kun ko’rgan. Gadoylikni tark etmaganlar qul qilib sotilgan yoki mamlakatdan chiqarib yuborilgan.
A.Temur vafotidan keyin Shoxrux va Ulugbek (1394-1449) podsholigi (1409-1449) davrida iqtisodiyot yaxshi rivojlandi. Ayniqsa qo’shni mamlakatlar bilan savdo-sotiq munosabatlari o’sdi. Bu Movarounnahrda (arabcha «daryo ortidagi» (mamlakat) degani) 1428 yilda Ulug’bek tomonidan o’tkazilgan pul islohoti bilan bog’liqdir. Jamiyatda pulning ahamiyatini yaxshi tushungan holda uning qadr-qimmatini oshirish uchun harakat qilingan. O’sha davrda muomaladagi fulusiy chaqa pullar engil vaznda bo’lib, savdo rivojiga to’siqlik qilgan. Ulug’bek engil vaznda zarb etilgan va muomalada yurgan barcha oltin va kumush chaqa pullarni man etdi. Eski chaqalarni yangisiga almashtirib, ichki savdoning mayda mis pullarga bo’lgan talabini qondirish uchun u bir vaqtning o’zida Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Toshkent, Shoxruxiya va Andijon shaharlarida zarbxonalar tashkil etib, bir xil vazndagi salmoqli mis fuluslarni zarb ettirib, muomalaga kiritdi. Eski chaqalar qisqa vaqt davomida yangi pullarga almashtirilib olingach, mis pullar zarbini markazlashtirish maqsadida boshqa shaharlardagi zarbxonalarga barham berildi. Faqat Buxoro zarbxonasi (poytaxt Samarqandda emas) saqlab qolindi. Xalq orasida «fulusi adliya», ya’ni adolatli chaqa nomi bilan shuhrat qozongan bu yangi mis fuluslar mamlakatning barcha shahar va qishloqlarida keng muomalaga kirib, davlatning ichki savdosini nakdina bilan to’la ta’minlay boshladi. Ichki chakana savdo-pul munosabatlaridagi tanqislikni fulusning vazni va qiymatini oshirish bilan hal etilishi o’rta asrlar sharoitida nodir va favqulodda voqea bo’lsa-da, har holda Ulug’bekning bunday islohoti mamlakatda hunarmandchilik buyumlarining ichki chakana savdosi uchun keng yo’l ochib berdi. Ayni vaqtda tashqi savdodan keladigan daromadni oshirish maqsadida «tamg’a» boji ham birmuncha oshirildi, ya’ni hozirgi til bilan aytilganda protekstionizm siyosatidan foydalanildi.
Buyuk mutafakkir
Download 119.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling