Mavzu: oshqozon osti bezining hazm hususyatlari
Download 257.77 Kb.
|
1 2
Bog'liqZAMONAVIY O‘ZBEK SHOIRLARI. U. AZIM, XURSHID DAVRON, SH. RAHMON
- Bu sahifa navigatsiya:
- ZAMONAVIY O‘ZBEK SHOIRLARI. U. AZIM, XURSHID DAVRON, SH. RAHMON. Reja
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INOVATSIALAR TA‘LIM VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI FAKULTET FILOLOGIYA O’ZBEK TILI YO’NALISHI 22/34-GURUH TALABASI: NEGBAXTOVA XOSIYATBEGIM HOZIRGI ADABIY JARAYYON FANIDAN MAVZU: OSHQOZON OSTI BEZINING HAZM HUSUSYATLARI ZAMONAVIY O‘ZBEK SHOIRLARI. U. AZIM, XURSHID DAVRON, SH. RAHMON. Reja: Xurshid davron Usmon azim Xurshid davron Xurshid Davron (asl ismi: Davronov Xurshid, 1952-yil 20-yanvarda Samarqand shahri yaqinidagi Chordara qishlogʻida tugʻilgan) — oʻzbek shoiri, dramaturgi, tarixchisi, yozuvchisi va tarjimoni. Oʻzbekiston xalq shoiri (1999). Adabiyot sohasida beriladigan Mahmud Koshgʻariy nomidagi Xalqaro mukofot (1989), Xalqaro „Oltin qalam“ mukofoti (2009), Ozarbayjonning „Mikoyil Mushfiq“ mukofoti (2013) bilan taqdirlangan. Oʻzbekiston Respublikası Oliy Majlisining deputati (2000). „Doʻstlik“ ordeni (1997) bilan mukofotlangan. Xurshid Davronning ilk sheʼriy toʻplami ("Sheʼrlarim") nomi bilan 1976-yilda chop etilgan, birinchi kitobi("Qadrdon quyosh") 1979-yilda bosib chiqarilgan. Shundan soʻng shoirning "Shahardagi olma daraxti" (1979), "Tungi bogʻlar" (1981), "Uchib boraman qushlar bilan" (1983), "Toʻmarisning koʻzlari" (1984), "Bolalikning ovozi" (1986), "Qaqnus" (1987), "Bahordan bir kun oldin" (1989), "Bibihonim" singari kitoblari dunyoga keldi. Hayoti va ijodiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash] Samarqand tumanidagi 2-sakkiz yillik, 1-oʻrta maktabda tahsil olgan (1959-1969).1969-yilda Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan.1971-1973 yillarda harbiy xizmatni oʻtagan. Uzoq yillar (1974-1989) nashriyot sohasida, Maʼnaviyat va maʼrifat markazida faoliyat yuritgan. 1996-2014 yillar Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi OʻzTV Bosh muharriri, „Toshkent“, „Yoshlar“, „Oʻzbekiston“ telekanallari direktori vazifasida ishladi. Dastlabki sheʼrlar toʻplami — „Qadrdon quyosh“ Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-02-22). (1979). „Shahardagi olma daraxti“ Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-02-22). (1979), „Tungi bogʻlar“ Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-02-22). (1981), „Uchib boraman qushlar bilan“ Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-02-22). (1983) „Toʻmarisning koʻzlari“ Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-02-22). (1984), „Bolalikning ovozi“ (1986), „Qaqnus“ Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-02-22). (1987) va „Bahordan bir kun oldin“ Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-02-22). (1997) kabi sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. Sheʼrlarida voqelikka yangicha nigoh bilan qarovchi, tabiat, jamiyat va kishilar hayotida yuz berayotgan oʻzgarishlarni sinchkovlik bilan kuzatuvchi, ayni paytda bokira yoshlikka xos hayrat hissini saqlab qolgan zukko shoir sifatida gavdalanadi. X.Davron soʻzga, ifoda vositalari va sheʼriy shakllarga yuksak mezonlar asosida yondashadi. Xurshid Davron 90-yillarda sheʼriyatdan koʻra nasriy janrlarda samarali ijod qildi. U oʻtmishda yashagan unutilmas tarixiy siymolar hayoti va faoliyati bilan qiziqib, ular haqidagi moʻtabar qoʻlyozma manbalar bilan tanishdi. Bu qiziqish natijasida 'Samarqand xayoli' Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-02-22). (1989), 'Sohibqiron nabirasi' Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-02-22). (1995), 'Shahidlar shohi yoxud Shayx Kubro tushlari' Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-02-22). (1998,2008), 'Bibixonim qissasiʼ Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-02-22). (2006), kabi tarixiy-maʼrifiy qissa va 'Algʻul' Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-02-22). (1995), 'Boburshoh sogʻinchi' Wayback Machine saytida arxivlandi (2013-10-15). (1996) pyesalarini yaratdi. Xurshid Davron bu asarlari bilan 90-yillarda Oʻzbekistonda tarixiy oʻtmishga boʻlgan munosabatning yana ham qizgʻin tus olishiga munosib hissa qoʻshdi. Adib ayni paytda Samarqandda boʻlib oʻtgan Amir Temurning 660, Ulugʻbekning 600-yilligiga, Parijda YUNESKO qarorgohida, „Odeon“ teatrida namoyish etilgan Buxoro va Xivaning 2500 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan teatrlashtirilgan tomoshalar va 21 qismli „Temurnoma“, 2 qismli „Buxoroyi Sharif“ videofilmlari ssenariylari muallifi. Sharq va Gʻarb shoirlarining asarlaridan iborat „Qirq oshiq daftari“ Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-02-22). (1989) va yapon shoirlarining sheʼrlaridan tarkib topgan „Dengiz yaproqlari“ (1988) toʻplamlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Xurshid Davron sheʼrlari 40 dan ortiq xorijiy tillarga tarjima qilingan. Uning kitoblari va sheʼrlari Ozarbayjon, Polsha, Xitoy, Bolgariya, Rossiya, Turkiya, Eron, Fransiya, Ispaniya, AQSh, Yaponiya, Moʻgʻuliston, Hindiston, Germaniya, Latviya, Litva, Tojikiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston va boshqa davlatlarda nashr etilgan. Rus tilida 2 kitobi („Drevniy napev molodogo dojdya“. Moskva., Molodaya gvardiya, 1982 va „Polet odinokoy ptitsi“. Toshkent., 1989) nashr etilgan. Xurshid Davron 1993-yilda Turkiyaning Bursa shahrida boʻlib oʻtgan Birinchi Turkiy shoirlar anjumanida, 1996-yilda Vashingtonda boʻlib oʻtgan Osiyo adiblari kongressida, Rossiya, Polsha, Bolgariya, Janubiy Koreyada oʻtkazilgan poeziya festivallarida ishtirok etgan. O‘tgan asrning so‘nggi choragida yuzaga chiqqan istiqlol adabiyoti, ta’kidlash joizki, o‘zgarib borayotgan milliy ongning, yangilanayotgan estetik tafakkurning mahsuli edi. Ayniqsa, Rauf Parfi, Halima Xudoyberdiyeva, Azim Suyun, Shavkat Rahmon, Usmon Azim, Ikrom Otamurod, Muhammad Yusuf, Faxriyor, Abduvali Qutbiddin, Aziz Said, Bahrom Ro‘zimuhammad, Iqbol Mirzo kabi shoirlar she’riyatida olamni poetik idrok etish yangi bosqichga ko‘tarilgani yaqqol namoyon bo‘ldi. Ushbu sirada Shavkat Rahmon nomini sira unutib bo‘lmaydi, albatta. Qalbi bezovta, ruhi uyg‘oq shoir asarlari inson irodasini toblovchi og‘riqlar, po‘rtanavor ruhiy to‘lg‘oqlar va qilichday o‘tkir fikrlarga boy. Shoirning tili keskir so‘zlardan qonaydi, so‘rashishga uzatilgan qo‘li ham o‘rni kelsa tig‘day yaltirab ketishi mumkin. Zotan, “…bilmoqchi bo‘lsangiz agar, shoirlik – jasorat so‘zining tarjimasidir”. Shavkat Rahmon ellik yil ham yashamadi. Umrining asosiy qismi esa mustamlaka davrida o‘tdi. Buyuk ajdodlari dunyoni lol qoldirgan millatning kamsitilishi, qadr-qimmati yerga urilishi shoir yuragini pora-pora qiladi. Shu bois uning satrlari orasidan, ta’bir joiz bo‘lsa, qamchilar zarbidan tomchilayotgan qon sizib turadi. “Iqror” she’ridan bir parcha tinglab ko‘ring-a: Men jangchi emasdim, men shoir edim, nihoyat shoirdan ko‘ra zobitman, har nafas musulmon millatim dedim, Nafsiga kuyganlar keldi oqibat, Haromni xush ko‘rgan malakfurushlar zig‘irday himmatin qilganda minnat, yaproqdan sarg‘aydim, buyuk urushda musulmon yo‘q edi, yo‘q edi millat. Bu munglig‘ she’r “Voh, yalang shoxlarim qilichday keskir, bir yaproq qolmadi shivirlayturg‘on”, deya tugallanadi. Shavkat Rahmon ijodida yuksak san’atkorona bitilgan muhabbat, tabiat lirikasi alohida ajralib turadi. Ammo shoir poeziyasida bunday asarlar ulushini keskir she’rlar salmog‘i bosib ketadi. Sababini sal avvalroq ham aytdik. Ijodkor davr taqozosiga ko‘ra millatning iztirobli kuychisiga aylangan, ezilgan xalqining cho‘ng dardi shoir qalamiga siyoh vazifasini o‘tagan. Shu bois “Darchadan mo‘ralab turgan go‘zal so‘zlarni qoldirib ketaman endi barchaga”, deydi va yana “Aslida atirgul bo‘yin taratgan bu o‘ynoqi so‘zlar menikimasdir. Menga nonday zarur, qilichday keskir, zaharday mard so‘zlar bo‘lsayoq basdir”, deya qo‘shimcha qiladi. Sayladim so‘zlarning saralarini, kurashlar shamoli kirdi nazmimga. Yurtimni kezaman, endi har narsa – Egilgan narsalar tegar g‘ashimga. Endi ishlash kerak bu kengliklarda, tokim so‘ylamasin yolg‘onni hech kim, tokim buyuk tog‘lar saltanatida egilgan boshlarni qilichlar kessin. Xalqimizda egilgan boshni qilich kesmaydi degan maqol bor. Aslida bobolar uqtirmoqdaki, odam aybiga ochiq iqror bo‘lishi, jazodan qochib qutulishni ko‘zlamasligi, aksincha, bunga tik bora bilishi kerak. Mazkur maqol hargiz mutelikni targ‘ib qilmaydi. Biroq xalqda qullik psixologiyasi kuchayib ketsa, zulm qilichiga bo‘yin egib borish, bo‘yin egib yurish odatga aylanib qolishi hech gap emas. Tarki odat esa amri maholdir. Shavkat Rahmon she’rlarida bu holatga o‘zgacha ahamiyat qaratadi. Yovqur shoir qilich kesmasin deb egilgan boshlardan nafratlanadi va nafratini satrlariga singdiradi. “Turkiylar” she’ri Shavkat Rahmon ijtimoiy lirikasining sara namunalaridan sanaladi. Shoir istibdod ezgan millatning boshi birikmasligidan, tobe bo‘lib yashashga ko‘nikkanidan ozorlanadi. Turkiy xalqlarda faqat egilgan boshlar qolganidan, o‘zligidan bexabar qullar tug‘ilayotganidan yuragi yonib, ko‘ksi pora-pora bo‘ladi. Murosasiz shoir bu holat bilan kelisholmaydi, millatni uyg‘otishni istaydi, shu maqsadda achchiq so‘zlar aytadi: Bormi er yigitlar, Bormi er qizlar, bormi gul bag‘ringda jo‘mard nolalar, bormi gul tufroqda o‘zligin izlab, osmonu falakka yetgan bolalar, Bor bo‘lsa, alarga yetkarib qo‘ying, Bir boshga bir o‘lim, bir qarab tuying: Yovga ters qaragan musulmon emas! Yovga ters qaragan musulmon emas! Yovga ters qaragan musulmon emas! Yovga ters qaragan musulmon emas! Yovga ters qaragan musulmon emas! Shavkat Rahmon turkiylar tomirida azal-azaldan jo‘sh urib turgan erk qoni keyingi asrlarga kelib to‘ng‘ib qolganidan iztirobga tushadi, endi esa bu muz qotgan qonni faqat keskir so‘zgina yana-tag‘in vulqonday qaynatishiga umid bog‘laydi. Shundanmi, she’rdan she’rga so‘zlarini qayrab boraveradi. Ey beklar, zahar ich – o‘zbeging qolib, o‘zgaga bo‘ysunding, o‘lganing shuldir. Shundanmi, boshida teridan qolip, Saksovul singari mayishgan budun… “Kenglik sog‘inchi” she’ridan ko‘rinib turibdiki, shoirning nazdida qullik o‘limdan-da qattiqroqdir. Zero, qullarda hech qachon hur fikr, ozodlikka intilish, jonini xatarga qo‘yish, zarurat tug‘ilsa, qurbon qilish tuyg‘usi bo‘lmaydi. Shavkat Rahmon kitoblarini varaqlab, keskir satrlaridan qalbingiz qonab, bedorlik qonlari gul tufroqqa sachrab, erta ko‘klamda ona tabiatday uyg‘onganingizda, qora toshlarday gullaganingizda… bir gap hadeb tilingizda yeru ko‘kni quchgan qaldirg‘ochlarday aylanaveradi: “Shavkat Rahmon degan bir o‘jar shoir bir kuni qaytadan yaraladimi?”. Yaralmaydi! Shavkat Rahmon singari iste’dodli shoirlarimiz ham ko‘p tug‘iladi, ammo u kabi ko‘ngli iztirob og‘usiga to‘lgan shoirimiz bo‘lmaydi. Chunki xalqimiz yelkasini endi qullik qamchilari yaralamaydi. Chunki xalqimiz bundan bu yog‘iga bosh egib yashamaydi. Chunki bul vatanda er yigitlar bor, er qizlar bor, o‘zligin izlab osmonu falakka yetgan bolalar bisyor! Alarga shoirning bezovta qalbidan bir uchqun yetgan, keskir she’riyatidan bir bahra yetgan. Shukrki, Shavkat Rahmonga ham vatan mustaqilligini ko‘rish nasib etdi, ozod havolardan to‘yib-to‘yib nafas olish nasib etdi. Erku muhabbatning muxtor elchisi – yotmasman tuproqqa do‘nib, tinchlanib, jasadim tirikdir yorug‘ dunyoda, oyning sinig‘iday chaqnar sinchlarim. Agar yetti qavat yerning qa’rida yotsam-da, larzaga solib havoni, elimning yuragin topar baribir jismimni kuydirib uchgan ovozim. Download 257.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling