Mavzu: O‘simlik bargidagi suv miqdorini kunlik o‘zgarishini aniqlash Darsning maqsadi
Download 14.37 Kb. Pdf ko'rish
|
6- amaliy o\'simliklar fiziologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy ma’lumot
- О‘simlik bargidagi suvning miqdorini aniqlash № О‘simlik nomi Har 2 soatdagi og‘irligi Quruq og‘irligi
- Nazorat uchun savollar
6-AMALIY MASHG‘ULOT Mavzu: O‘simlik bargidagi suv miqdorini kunlik o‘zgarishini aniqlash Darsning maqsadi: O‘simlik bargidagi suv miqdorining kunlik o‘zgarishini aniqlashni kun davomida tajribalar asosida о‘rganishdan iboratdir. Nazariy ma’lumot: О‘simlik barglaridan suvning bug‘lanishi kun bо‘yi bir xil bо‘lmay, u har xil tashqi sharoit omillari ta’sirida о‘zgarib turadi. Shuning uchun barglardagi suvning miqdori kun bо‘yi bir xil bо‘lmay, balki о‘zgarib turadi. O’simliklar tanasiga suvning kirishi va sarflanishi suv muvozanati deyiladi. Laboratoriyaga о‘simlik (о‘rtacha 10 ta о‘simlikdan namuna) hо‘l lattaga о‘ralgan holda olib kelinadi. Ish odatda 8 00 da boshlanadi. Olib kelingan namunadan foydalanilgan holda barglardagi suvning miqdori aniqlanadi. Ushbu amaliy mashg‘ulot davomida talaba о‘simlik uchun suvning ahamiyatini tushunadi, kun davomida suvning miqdori qanday о‘zgarishini bilib oladi, suv miqdori (S.M.) ni aniqlaydi va hisoblay oladi. Kerakli asbob va reaktivlar: termostat yoki quritkich shkafi, tarzion tarozi, qog‘oz xaltachalari, qaychi, daftar, qalam, chizg‘ich. Ishni bajarish tartibi: Barg va assimilyatsion novdalardagi suvning miqdori (% da) umumiy qabul qilingan tortish usuli bilan aniqlanadi. Buning uchun 5-10 tacha barg bо‘laklari tarozida tortiladi (3 takrorlikda), og‘irligi daftarga yozib olinadi, oldindan raqamlangan qog‘oz xaltachalarga solinadi. Xaltachadagi material (namuna) termostatda 105 0 C da о‘zgarmas og‘irlik bo’lguncha quritiladi. Qurigandan keyingi og‘irligi ham tortilib, daftarga yozib olinadi. Suvning umumiy miqdori (% da) formula asosida hisoblab, ish jadvalni tо‘ldirish bilan yakunlanadi. % 100 ) ( . . A B A M S 5–jadval О‘simlik bargidagi suvning miqdorini aniqlash № О‘simlik nomi Har 2 soatdagi og‘irligi Quruq og‘irligi Transpi ratsiya jadalligi Dastlabk i og‘irligi 8 10 12 14 16 18 20 1 2 Nazorat uchun savollar: 1. O’simlik uchun suv qanday ahamiyatga ega? 2. O‘simlik bargidagi suv miqdori deb nimaga aytiladi? 3. O‘simlik bargidagi suv miqdori qanday aniqlanadi? 4. Suv muvozanatiga ta’rif bering? 5. O‘simlik barglaridan suvning bug‘lanishi kun bо‘yi bir xil bо‘lmasligini misollar orqali tushintiring. Download 14.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling