Mavzu: O‘simlik tarkibidagi nitratlarni aniqlash(2soat) Umumiy ma’lumot
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
10-Amaliy mashg`ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning maqsadi
- Ishni bajarish tartibi
- О‘simliklar shirasi tarkibidagi elementlar miqdori О‘simlik nomi Analizga olingan о‘simlik qismi Element
10-AMALIY MASHG‘ULOT Mavzu: O‘simlik tarkibidagi nitratlarni aniqlash(2soat) Umumiy ma’lumot: О‘sib turgan о‘simliklarning ozuqa moddalarga bо‘lgan ehtiyoji qay darajada ekanligini tezkorlik bilan aniqlashda, tо‘qima shirasini analiz qilish usulidan keng foydalaniladi. Anorganik birikmalarning eng kо‘p miqdori о‘simliklarning о‘tkazuvchi naylar qismida bо‘ladi. Shuning uchun ham о‘simliklarning barg bandi va uning tomiridan yoki uning poyasidan siqib olingan shipaga, har bir elementning о‘ziga xos bо‘lgan reaktivlaridan ta’sir qildirilsa, har xil darajada bо‘yalgan ranglar hosil bо‘ladi. Mana shu ranglar darajasini Magnitskiy qutichasidagi ranglar shkalasiga yoki standart eritmalarga solishtirib kо‘rish orqali 1 litr shira tarkibida qancha miqdorda element borligini ularning qancha balga tengligini aytib berish mumkin. Magnitskiyning dala laboratoriyasi yelkaga osib yuradigan yog‘och va karton qutichadan tashkil topgan asbob. Yog‘och qutichada qо‘l iskanjasi, probirka va ularni qо‘yadigan shtativ, tomizg‘ich, qaychi, standart eritmalar bо‘yicha bо‘yalgan qog‘oz shkalasi va laboratoriyadan foydalanish uslublari yozilgan qо‘llanma mavjud. Karton qutichada reaktivlar va boshqa zaruriy materiallar bо‘ladi. Magnitskiyning dala laboratoriyasidan foydalanish orqali о‘simliklar tо‘qimasidan siqib olingan shira tarkibidagi azot, fofor, kaliy va magniy kabi elementlarning taxminiy miqdorini aytib berish mumkin. Azot o‘simliklar hayoti uchun eng kerakli elementdir. U hayotiy muhim birikmalar - oqsillar, fermentlar, nuklein kislotalar va boshqa bir qator birikmalar tarkibiga kiradi. Azot o‘simliklar quruq og‘irligining 1-3% ni tashkil etadi. Tabiatdagi asosiy azot manbasi atmosfera tarkibida bo‘lib, uning umumiy miqdori 75,6% tashkil etadi. Bir kvadrat metr yer ustida 8 tonnagacha azot bor. Agar tuproqda azot yetishmasa o‘sish sekinlashadi, barglar maydalashib, sarg‘aya boshlaydi, ildiz tizimi jarohatlanadi, gullar va yosh meva tugunlari to‘kila boshlaydi. Azot juda kam bo‘lsa, o‘simliklar qurib qoladi. Darsning maqsadi: O’simlik shirasi tarkibidagi nitratlarni aniqlashni tajribada o’rganish. Kerakli asbob va reaktivlar: Tabiiy sharoitda о‘sayotgan о‘simliklar (bug‘doy, loviya, geran, tradeskansiya), azotni aniqlashda ishlatiladigan quruq reaktivlar, Bufer eritmasi, ammoniy molib eritmasi, 10% li natriy gidroksid eritmasi, 1% li kraxmal, konsentrlangan HCl, Magnitskiyning dala laboratoriyasi, Kalan tayoqchasi. Ishni bajarish tartibi: Ikkita bir-biridan keskin farq qiladigan sharoitda о‘stirilgan 5-6 о‘simliklarning ma’lum yaruslaridan bittadan barg olib, ularning bandi va tomirlari 2-3 sm uzunlikda qaychi bilan qirqiladi. Sо‘ngra esa ularni qо‘l iskanjasi ostida siqib, shirasi olinadi. Siqib olingan shira toza probirkalarga solinadi. Mabodo, olingan shira rangdor bо‘lsa, har 2 g namuna hisobiga 6 ml distillangan suv va 0,2-0,5 g aktivlangan kо‘mir qо‘shib, chinni hovonchada yanchiladi va filtrlanadi. Agar olinayotgan barg bandi juda yо‘g‘on bо‘lsa, uni uzunasiga kesiladi va iloji boricha pastki ingichka qismidan olinadi. Rangsizlantirilgan tо‘qima shirasida azot elementi aniqlanadi. Nitratlarni aniqlash ularning sulfanilat kislotasi va alfa-naftilamin bilan beradigan och pushti rangning hosil bо‘lishiga asoslangan. Ma’lumki, nitratlar Mo elementi ishtirokida nitritgacha qaytariladi. Nitritlar sulfanilat kislotasi va alfa-naftilamin bilan och pushti rang beradi. Shuning uchun ham о‘simlik tо‘qimasidan olingan shira tarkibida nitratlar miqdori qancha kо‘p bо‘lsa, rangning hosil bо‘lishi darajasi ham shuncha kuchli bо‘ladi. О‘simlik tо‘qimasidan siqib olingan shira tarkibidagi nitratlarni aniqlash uchun salgina chuqurlashtirilgan chinni plastinka ustiga skalpel uchida bir chimdim quruq reaktivdan olib, uning ustiga 3 tomchi bufer eritmasidan, keyin esa tо‘qima shirasidan 1 tomchi tomiziladi va shisha tayokcha bilan aralashtiriladi. Chinni plastinka ustida rang hosil bо‘ladi. Plastinkaning 3-4 nuqtasiga yuqoridagi reaktivlardan solib, ularning ustiga standart eritmalardan 1 tomchidan tomizilsa ranglar hosil bо‘ladi. Tо‘qima shirasi tomizilganda hosil bо‘lgan rangni bu ranglar bilan solishtirib, bir litr shira tarkibida qancha miqdorda azot borligini aytib berish mumkin. Shira tarkibidagi nitratlarni difenilamin reaktivi yordamida ham aniqlanadi. Nitrat bor sharoitda kо‘k rang hosil bо‘ladi. Tajriba natijasida olingan ma’lumotlar tubandagi 8-jadvalga yozib olinadi. 8-jadval О‘simliklar shirasi tarkibidagi elementlar miqdori О‘simlik nomi Analizga olingan о‘simlik qismi Element Elementlarning miqdori mg yoki ball hisobida 1 kg shirada mg hisobida ball Topshiriq 1. Tajribani bajaring va xulosalang. Nazorat uchun savollar 1. Azotning kimyoviy tavsifi qanday? 2. Tuproqda azot yetishmasa о‘simlikka qanday ta’sir etadi? 3. O‘simlik tarkibidagi nitratlarni qanday aniqlanadi? Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling