Mavzu: O‘simliklar fiziologiyasi fanining qisqacha rivojlanish tarixi


MAVZU. O’SIMLIKLARNING SUVGA BO’LGAN MUNOSABATIGA KO’RA EKOLOGIK GURUHLARI


Download 117.05 Kb.
bet9/13
Sana31.01.2024
Hajmi117.05 Kb.
#1832273
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Мустақил иш

MAVZU. O’SIMLIKLARNING SUVGA BO’LGAN MUNOSABATIGA KO’RA EKOLOGIK GURUHLARI

O’tgan asrning oxirida A. Shimper va Ye. Varming suv rejimiga munosabatiga ko’ra, o’simliklarni 3 ta ekologik guruhga gigrofitlar, mezofitlar va kserofitlarga bo’lishni taklif etganlar. Biz yuqorida aytib o’tgan quruq iqlim sharoitida o’sadigan o’simliklar uchun tipik bo’lgan morfologik belgilar bu guruhlarning har qaysisi uchun u yoki bu darajada xosdir. Quyida bu guruhlarga mansub o’simliklarning gigromorf, mezomorf va kseromorf tuzilishi haqida fikr yuritamiz..


A.P. Shennikov (1950) SHimper va Varmingdan keyin o’simliklarni quyidagi guruhlarga bo’ladi:
1. Gigrofitlar soya va yorug’da o’sadigan;
2. Kserofitlar bular sukkulentlarga - suv zaxira qiladigan to’qimalari bo’lgan seret, sersuv o’simliklarga va sklerofitlarga quruqroq, ingichka, qattiq o’simliklarga bo’linadi;
3. Psixrofitlar- shimolda yoki baland tog’li xududda nam va sovuq joylarda o’sadigan o’simliklar;
4. Kriofitlar - shimolda yoki baland tog’li xududda quruq va sovuq joylarda o’sadigan o’simliklar;
5. Mezofitlar-namgarchilik o’rtacha bo’ladigan sharoitda o’sadigan, gigrofitlar bilan kserofitlar orasidagi o’simliklar.
Ushbu klassifikatsiyaga asoslanib, o’simliklarning quyidagi asosiy tiplari bilan tanishamiz.
Gigrofitlar. Gigrofitlarga quruqlikda o’sadigan o’simliklar kiradi, ularning ontogenezi suv bilan yaxshi ta’minlangan va havo namligi yetarli bo’lgan sharoitda o’tadi. Shuning uchun ular quruqlikda yashash uchun hech qanday alohida anatomik-morfologik yoki fiziologik moslashuvga ega emas. Tropik o’rmonlarning nam va issiq sharoitida o’sadigan, Shuningdek, bizdagi salqin o’rmonlarda tarqalgan o’simliklar gigrofitlarning tipik vakillari hisoblanadi. “Gigrofitlar” degan nomning o’zi ular suv bug’i bilan to’yingan havo sharoitida o’sishini ko’rsatadi. Mo’tadil xududdagi gigrofitlarni 2 guruhga bo’lish mumkin:
a) soya o’rmonlarda o’sadigan yupqa bargli gigrofitlar (adoksa, cho’pxina va boshqalar) havoning yerga yaqin qatlamidagi namni saqlaydi. Havo quruq bo’lsa, ular tez so’lib qoladi;
b) ochiq joylarda o’sadigan yorug’sevar gigrofitlar uchun tuproq va havo doim nam bo’lishi kerak (kalujnitsa, boltiriq va boshqalar).
Ular suv rejimining o’zgarib turishiga kam moslashgan bo’lib, tez so’lib qoladi va suv bilan yaxshi ta’minlanmagan sharoitda ularning hayot faoliyati keskin pasayib ketadi. Bu o’simliklariing kam shoxlanadigan ildizi va barglari parenxima bilan ta’minlangan bo’ladi. Barglaridagi ustunsimon parenxima va sklerenxima kuchsiz rivojlangan, kutikulasi esa bilinmaydi. Og’izchalari ko’pincha barglarining har ikkala tomonida joylashadi, lekin ular orqali transpiratsiyaning tartibga solinishi kuchsiz ifodalangan. Bularning hammasi barglarning va butun o’simlikning gigromorf tuzilish belgilaridir.

Download 117.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling