Mavzu: O’simliklarga abiotik omillar ta’sirini farqlash Kerakli jihozlar
Download 132.94 Kb.
|
2-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning borishi
- Bajarilgan ish yuzasidan go’shimcha topshiriglar
- Bilaman Bildim (mavzudan olingan yangi malumotlar) Bilishni istayman
Mavzu: O’simliklarga abiotik omillar ta’sirini farqlash Kerakli jihozlar:1. Dunyo va Yevrosiyo kontur xaritasi 2. leneyka. 3. o’chirgich. 4. qora galam,5. rangli galam,6. Sirkul, 7. o’simlik gyerbariylari.8. Subtropik va tropik zona o’simliklarining rasmlari. 9. albom. Ishning borishi: 1.Abiotik omillar haqida tushunchaga ega bo’lish. 2. Abiotik omillarning turlarini va o’simliklarga tasirini o’rganish. 3. Rasmlarini albomga chizib o’rganish. O`simliklarning yer yuzasida tarqalishiga ta'sir etuvchi faktorlar (omillar) Yerda hayot bundan 1 milliard 700 million yil ilgari paydo bo`lgan deb taxmin qilinadi. Shu davr ichida dastlabki hujayragacha bo`lgan nihoyatda sodda organizmlar - bir hujayrali getyerotrof va avtotrof organizmlar, taraqqiyotning so`nggi va eng yuksak bosqichida turgan gulli o`simliklar tashqi muhitning ta'siri hamda aksincha shu organizmlarning tashqi muhitga ko`rsatadigan ta'siri asosida rivojlanib kelgan. Ya'ni tashqi muhitning o`zgarishiga moslasha olgan o`simlik saqlanib qoladi. Demak, tashqi muhitning ta'sirisiz Yer yuzidagi tirik organizmlarning (shu jumladan o`simliklar) hayotini tasavvur etish mumkin emas. Tashqi muhit o`simliklarga uch xil - minimal, optimal va maksimal darajada ta'sir etadi. Optimal darajada ta'sir etuvchi tashqi ta'sir o`simlik hayotini normal o`tishini ta'minlaydi. Tashqi muhit odatda ekologik faktor deb yuritiladi. O`simliklarning Yer sharida tarqalishiga va rivojlanishiga ta'sir ko`rsatuvchi har bir tashqi muhit elementi ekologik faktordir. Ekologik faktor 3 gruppaga bo`lib o`rganiladi: 1. Abiotik faktorlar. Bunga iqlim (issiqlik, yoruglik, havo oqimi yoki shamol, suv), tuproq va relef kabi faktorlar kiradi. 2. Biotik faktorlar. Bunga o`simliklarning o`zaro ta'siri, shuningdek, o`simliklarning hayvoplarga va hayvonlarning esa o`simliklarga ta'siri kiradi. 3. Antropogen faktor. Bunga o`simliklarga kishilarining ta'siri kiradi. Ba'zan tarixiy faktor ham alohida faktor sifatida ko`rsatiladi. Shuni ta'kidlash kerakki, birinchidan barcha ekologik faktorlar o`simliklar hayotiga doimo birgalikda (kompleks ravishda) ta'sir ko`rsatadi: ikkinchidan ularning ba'zilari bevosita, ba’zilari bilvosita (vositali) ta'sir etadi. Masalan, yorug`lik, issiqlik, suv, tuproqning kimiyoviy tarkibi, havo, o’simliklarning o`rilishi, mol boqilishi va yong’in kabilar bevosita ta'sir etuvchi faktorlardir. Bilvosita ta’sir etuvchi faktorlarga esa muayyan hududda umumiy iqlim sharoitining o`zgarishi, relef, tor jinslari va tuproq sharoitining o’zgarishi, boshqa o’simliklar guruhiining ta’siri va hokazolar kiradi. Bajarilgan ish yuzasidan go’shimcha topshiriglar Yuqorida nomlari keltirilgan o’simliklar areallarining uzilganligini xaritada aks ettiring va bu o’simlikiarning hayotiy shakllari va yashash muhiti haqida ma’lumot bering. Vazifa: Quyidagi jadvalni daftaringizga chizib to’ldiring.
Download 132.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling