Mavzu: O‘simliklarning


-rasm. Payvandlash usullari


Download 1.25 Mb.
bet5/13
Sana23.04.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1383284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
203 O’simliklarda jinssiy ko’payish7777

1-rasm. Payvandlash usullari:
A - ablaktirovka (yaqinlashtirib bog’lash); B - kopulirovka (qalamcha payvand); C - okulirovka (kurtak payvand); 1-payvandust; 2-payvandtag.
4. Payvandlash. Payvandlash (transplantatsiya) deb, bir o’simlik kurtagining yoki qalamchasining boshqa bir o‘simlikka o’tkazish bilan qo‘shilib o‘sib ketishiga aytiladi. Payvandlash usuli kishilik jamiyati rivoji va dehqonchilik tarixi bilan bog’liq. Antik davr tabiatshunoslari Aristotel, Teofrast, Platon, Pliniy va ularning shogirdlari payvandlashning turli usullarini yozib qoldirganlar. O‘tqaziladigan o‘simlik (kurtak yoki qalamcha) payvandust, payvandlanadigan o‘simlik payvandtag deb ataladi. Payvandlash usuli bilan asosan qo‘shimcha ildiz chiqarishi qiyin bo‘lgan mevali daraxt, rezavor va manzarali o‘simliklar ko‘paytiriladi (1-rasm).
Payvandlashda albatta o’simliklarni foydali xususiyatlari e’tiborga olinadi. Payvandlash yo’li bilan o’simlikka bir necha payvandustlar o’tkazish ham mumkin. Avvalo, payvandlanadigan o’simliklar o’zaro yaqin turlar navlari o’rtasida o’tqaziladi. Payvandlashning muvaffaqiyatli chiqishi payvandtag va payvandustlarning po’stlog’i ostidagi kambiy to’qimasining bir-biriga yaqinlashtirib joylashtirishga bo’gliq. Payvandlash juda tez va toza holda olib borilishi kerak. Namlik va harorat etarli darajada bo’lishi kerak. Payvand qilingan joy rafiy deb atalgan material yoki polietilen lenta bilan bog’lab quyiladi.
Payvandlash muddati yil davomida o’tkazilishi mumkin. Lekin qulay vaqt bu bahor faslidir. Kurtak payvand yozning o’rtalarida olib boriladi.
Payvandlashning bir qancha usullari mavjud bo‘lib hamma usullari ham o‘simlikning navini yaxshilash va undan yuqori hosil olishga qaratilgan. Ulardan eng muhimlari quyidagilardir:
1. Kurtaklar yordamida payvandlash (okulirovka). Bunda kurtak payvandtagning po’stlog’i ostiga o’tkaziladi. Odatda kurtaklar bir yillik novdalardan tayyorlanadi. Kurtak po’stlog’i bilan birga kesib olinadi. Payvandtagga kurtakni joylashdan oldin uning yoshi kattaroq shoxlaridan biri tanlanib, uni maxsus pichoq bilan T shaklida po’stloq qirqiladi. Unga kurtak joylanib bog’lanadi. Payvandlashni 10 kundan keyin tekshirib ko’riladi. Kurtak payvand yozning o’rtalarida (iyul oyining oxirlari va avgustning boshlarida) o’tkaziladi.
2. Qalamchalar yordamida payvandlash (kopulirovka). Qalamchalar bilan payvandlashning yuzdan ortiq usullari ma’lum.
3. Yaqinlashtirish yordamida payvandlash (ablaktirovka). Bunda yonma-yon ikki daraxt shoxlari yaqinlashtirilib, ularning birikkan joylari kesiladi, bir-birlariga mustahkam biriktirib quyiladi.

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling