Mavzu: O‘simliklarning


-rasm. O’simliklarni spora hosil qilishi


Download 1.25 Mb.
bet7/13
Sana23.04.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1383284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
203 O’simliklarda jinssiy ko’payish7777

2-rasm. O’simliklarni spora hosil qilishi:
1-Mog’orning bir hujayrali sporangiysi; 2-paporotnikning ko’p hujayrali sporangiysi; 3- uning sporangiysidan sporalarni to’kilishi; 4- Ulothrix suvo’tining zoosporangiysi va uning zoosporalari
Ona o‘simlikdan ajralgan spora yoki zoospora qulay sharoitga tushsa, bemalol o‘sadi, urug‘lanish jarayoni o‘tmasdan yangi o‘simlik hosil bo‘ladi. Shuning uchun ham bunday ko‘payish jinssiz ko‘payish deb ataladi. Havo harorati, chirindi va suv yetarli bo‘lgan muhit sporaning o‘sishi uchun yaratilgan qulay sharoitdir.
Spora va zoosporalar hujayraning meyoz bo’linishi natijasida hosil bo’ladi va ular gaploid xromosomga ega bo‘ladi. Sporalar o’lchami nihoyatda kichik bo’ladi.
1.3 JINSIY KO‘PAYISH
Bu usul jinssiz ko’payishdan tubdan farq qilib, turlarning evolyutsiyasida muhim biologik ahamiyatga ega. Jinsiy ko’payishda maxsus jinsiy hujayralar, ya’ni gametalar qatnashadi. Jinsiy ko‘payishda qo‘shiladigan hujayralar jinsiy hujayra -gametalar deb ataladi. Gameta grekcha “gamete”-xotin, “gametes”-er degan so‘zdan olingan. Gametalar orasidagi fiziologik farq shundan iboratki, bir gameta urg‘ochi, ikkinchisi esa erkak hisoblanadi.
Gametalar gaploid bo’lib, bir yoki har xil organizmda paydo bo‘lishi mumkin. Ular qo‘shilib bitta hujayra - zigotani vujudga keltiradi va diploid nabor tiklanadi. Yangi organizm bu zigotaning rivojlanishidan hosil bo‘ladi. Agar gametalar bir-biri bilan qo‘shilmasa, yangi organizmni hosil qiluvchi zigota vujudga kelmaydi va ular halok bo‘ladi.
Jinsiy ko‘payishning izogamiya yo‘li bilan ko‘payishida bir xil kattalikdagi va bir xil harakatdagi gametalarni qo‘shilishi natijasida zugota hosil bo‘ladi. Masalan: suv o‘tlaridan ulotiriksda va zamburug‘larda.
Ayrim suv o‘tlarida otalik va onalik gametalari shakli jihatidan bir biridan farq qiladi. Masalan: xlomidomonada o‘simligining onalik gametasi shakl jihatidan otalik gametasiga nisbatan yirik bo‘lib kam harakat qiladi. Bunday usulda ko‘payish geterogamiya deyiladi.
Oogamiya yo‘li bilan ko‘payish tuxum hujayrasini spermatozid bilan qo‘shilishi asosida ro‘y beradi. Tuxum hujayrasi hosil bo‘ladigan hujayra, oogoniy, spermatozoid hosil bo‘ladigan hujayra anter- idiy deyiladi. Oogamiya yo‘li bilan ko‘payish dastlab yashil suv o‘tlarida keyin qo‘ng‘ir suv o‘tlarida hosil bo‘lgan. Maxsimonlar, poporotniklar oogomiya yo‘li bilan ko‘payadi.
Jinsiy va jinssiz yo‘l bilan ko‘payish bir biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, jinssiz ko‘payishda turlar soni ortsa, jinsiy yo‘l bilan ko‘payganda to‘rning sifati yaxshilanib boradi.
Кo‘pchilik o‘simliklarda jinsiy va jinssiz usulda ko‘payish doimiy ravishda almashinib boradi.
Jinsiy ko‘payish o‘simliklar dunyosining tuban va yuksak vakillari uchun xosdir. O‘simliklarda jinsiy ko‘payish konyugatsiya va kopulyatsiya deb ataladigan ikki tipga bo‘linadi.
Konyugatsiya yo‘li bilan ko‘payishda o‘zaro yaqin turgan ikki hujayraning qarama-qarshi tomonidan maxsus o‘simta hosil bo‘lib, ular bir-biriga qarab o‘sadi. O‘simtalar uchrashishi bilan ular o‘rtasidagi parda erib kanalchani hosil qiladi.
Hujayraning biridagi protoplast ikkinchisiga kanalcha orqali o‘tadi va yadro bilan yadrosi, sitoplazma bilan sitoplazma qo‘shiladi, natijada zigota hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan zigota ustidan yangi qalin po‘st qoplanadi hamda noqulay sharoitdan o‘zini saqlaydi. Qulay sharoitning hosil bo‘lishi bilan undan yangi organizm vujudga keladi. Bunday ko‘payish ko‘pincha spirogira suv o‘tida uchraydi.
Kopulyatsiya yo‘li bilan jinsiy ko‘payish xologamiya, izogamiya, geterogamiya va oogamiya kabi shakllarida o‘tadi. Kopulyatsiya lotincha so‘z bo‘lib juftlashish degan ma’noni bildiradi.
Eng oddiy usuldagi jinsiy ko‘payishda ba’zi bir hujayrali suvo‘tlarda hujayra maxsus po‘stga ega bo‘lmagani uchun taraqqiyotning ma’lum davrida ushbu hujayra gametalar rolini bajarishi mumkin. Bu usuldagi jinsiy ko‘payish xologamiya deb ataladi.
Izogamiya grekcha so‘z bo‘lib “izos”-teng, “gomeo”- nikohlanaman, degan ma’noni bildiradi. Kattaligi va shakli bir-biridan farq qilmaydigan erkak va urg‘ochi gametalarning xivchini bo‘lib, uning yordamida suvda tez suzib harakatlana oladi.. Ular bir-biri bilan qo‘shilganda xivchinsiz bitta hujayra - zigota hosil bo‘ladi. Bu hujayra keyinroq qalin po‘stga o‘ralib, o‘zini noqulay sharoitdan asraydi. Bunday ko‘payishni yashil suvo‘tlaridan ulotriksda ko‘rish mumkin.




Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling